Daryo

“Zelenskiy tinchlik bo‘yicha kelishuvga tayyor emas” — Tramp

“U Oval kabinetda AQSHga hurmatsizlik qildi. U tinchlikka tayyor bo‘lganda yana muzokaralarga qaytishi mumkin”, deb yozdi Tramp

1 daqiqa o‘qish17 606 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan keskin muzokaralardan so‘ng AQSH prezidenti Donald Tramp u “tinchlikka tayyor emasligini” aytdi.

Bu haqda Amerika yetakchisining Truth ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan.

Foto: Reuters

"Men Zelenskiy tinchlikka tayyor emasligini ko‘rdim, chunki u bizning ishtirokimiz muzokaralarda unga katta ustunlik berishini his qilmoqda. Men ustunlikni xohlamayman, men tinchlikni xohlayman. U Oval kabinetda Amerika Qo‘shma Shtatlariga hurmatsizlik qildi. U tinchlikka tayyor bo‘lganda yana muzokaralarga qaytishi mumkin”, deb yozdi Tramp.

Ikki davlat prezidentlari o‘rtasidagi muzokaralar dahanaki jang bilan yakunlangan.

Uchrashuvni jonli efirga uzatgan Associated Press uni “Oval ofisdagi ochiq qarama-qarshilikning yaqqol namoyishi” deb atadi.

“Tramp Zelenskiyni Ukrainaning qimmatbaho minerallariga egalik qilish huquqini beruvchi kelishuvga majburlamoqchi. Shuningdek, uni Amerika rahbarining shartlariga ko‘ra urushni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga undamoqchi”, deb yozadi Associated Press.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar