Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev nodavlat bog‘cha tashkil etib, uni kengaytirish harakatida yurgan fuqaro murojaatini o‘rganib, bog‘chasini kengaytirib, davlat talabini bajarayotgan tadbirkorni mas’ullar sarson qilayotganini tanqid qildi. Hokim bu haqda “Qishloqda bir kun” deb nomlangan tadbir davomida tashkil etilgan sayyor qabulida gapirgan.
Zoir Mirzayev qabuliga borgan murojaatchi xususiy bog‘cha tashkil qilganini, kadastr hujjatida egalik qarori yo‘qligi sabab muammoga duch kelayotganini, hujjat masalasida mas’ullar yordam bersa, bog‘chasini kengaytirish niyati borligini aytib, ko‘mak so‘raydi.
Kadastr boshqarmasi mas’uli hamda Parkent tumani hokimi Sador Isoqulovga yuzlangan viloyat rahbari “Biz bog‘cha qurolmay sarsonmiz. Nega tayyor tadbirkorni futbol qilishyapti?”, deya vaziyatni o‘rganishga harakat qiladi. Hamda tuman prokurorini chaqirib, holatni o‘rganishni topshiradi.
Tuman hokimi Sardor Isoqulov Zoir Mirzayevga “qarori yo‘q ekan”, degan javobni bergach, viloyat hokimi “Ishlab, faoliyat yuritib turgan tadbirkorga ko‘mak berib, hujjatlarini qonuniylashtirib, yordam berish kerak”, deya topshiriq bergan.
Izoh (0)