• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv nimalardan iborat?

    Isroil va HAMAS harakati 460 kundan ortiq davom etgan urushdan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur kelishuv nimalarni o‘z ichiga olishini ko‘rib chiqamiz.

    Foto: AP Photo

    Qatar bosh vaziri shayx Muhammad al-Taniga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim 19-yanvar kuni kuchga kiradi. Tomonlar o‘rtasida bitimni amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Isroil ayrim tafsilotlar hali hal qilinmagani, 16-yanvarda hukumat ovoz berishini bildirdi.

    2023-yil oktyabr oyida G‘azo sektoriga qarshi urush boshlanganidan beri Isroil hujumi tufayli 46 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi.

    Bitim vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni o‘z ichiga oladi, bu hozircha G‘azodagi vayronagarchiliklarga chek qo‘yadi. Shuningdek, G‘azodagi garovdagilar evaziga Isroildagi ko‘plab mahbuslar ozod qilinadi. Bitim ko‘chirilgan falastinliklarga o‘z uylariga qaytish imkonini beradi, biroq urush tufayli aksariyatining uyi vayron bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    Birinchi bosqich

    Dastlabki bosqich 6 hafta davom etadi va cheklangan asirlar almashinuvi, G‘azodagi Isroil qo‘shinlarining qisman olib chiqilishi va sektorga yordamning ko‘payishini o‘z ichiga oladi.

    2023-yil 7-oktyabr kuni HAMAS boshchiligidagi Isroil janubiga hujum paytida ushlangan 33 nafar isroillik asirlar, jumladan ayollar, bolalar va 50 yoshdan oshgan tinch aholi ozod qilinadi. Buning evaziga Isroil ushbu bosqichda ko‘proq falastinlik mahbuslarni, shu jumladan umrbod qamoq jazosini o‘tayotganlarni ozod qiladi. Ozod qilingan falastinliklar orasida 7-oktyabrdan keyin hibsga olingan 1000 ga yaqin kishi bor.

    Isroil o‘z qo‘shinlarini G‘azoning aholi yashaydigan markazlaridan chiqarib, G‘azo-Isroil chegarasidan 700 metrdan oshmagan ichki hududlarga joylashtiradi. 

    Isroil tinch aholiga sektorning qamal qilingan shimoliy qismidagi uylariga qaytishga ruxsat beradi. Bu hududda yordam tashkilotlari ocharchilik yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Isroil anklavga kuniga 600 tagacha yuk mashinasida yordam yetkazib berilishiga ruxsat beradi.

    Bundan tashqari, jarohatlangan falastinliklar davolanish uchun G‘azo sektoridan chiqib keta oladi. Kelishuvning birinchi bosqichi amalga oshirila boshlaganidan yetti kun o‘tgach, Misr bilan Rafah chegarasini ochiladi.

    Egypt to keep Rafah crossing with Gaza open until end of Ramadan | The  Times of Israel

    Isroil kuchlari Misr va G‘azo o‘rtasidagi chegara hududida joylashgan Filadelfiya yo‘lagidagi o‘z ishtirokini qisqartiradi. Kelishuv kuchga kirganidan so‘ng 50 kun ichida bu hududdan to‘liq chiqib ketadi.

    Birinchi bosqichdan so‘ng nima bo‘ladi?

    Ikkinchi va uchinchi bosqichlar tafsilotlari, asosan kelishilgan bo‘lsa-da, birinchi bosqich davomida muzokaralar orqali aniqlanishi kerak. AQSH prezidenti Jo Baydenga ko‘ra, keyingi bosqichlar bo‘yicha muzokaralar birinchi bosqichning dastlabki 6 haftasidan o‘tib ketsa ham, kelishuv davom etaveradi.

    Muhim jihati shundaki, Isroil birinchi bosqich yakunlangach va garovdagilar qaytarilganch, hujumlarini qayta boshlash imkoniyatini istisno qiladigan hech qanday yozma kafolat berilmasligiga turib olgan.

    Biroq, Associated Press axborot agentligi keltirgan Misr manbasiga ko‘ra, muzokaralarda ishtirok etayotgan uch vositachi — Misr, Qatar va AQSH HAMASga og‘zaki kafolatlar bergan. Bu kafolatlarga ko‘ra, muzokaralar davom etadi va uchala vositachi ham dastlabki 6 haftalik muddat tugashidan oldin ikkinchi va uchinchi bosqichlarni amalga oshiradigan kelishuvga erishish uchun harakat qiladi.

    Foto: Human Rights Watch

    Ikkinchi bosqich uchun nima rejalashtirilgan?

    Agar 2-bosqich uchun shartlar bajarilgani aniqlansa, HAMAS qolgan barcha garovdagilar, asosan erkak harbiylarni, Isroil qamoqxona tizimida saqlanayotgan falastinliklarni ozod qilish evaziga qo‘yib yuboradi. Bundan tashqari, amaldagi hujjatga ko‘ra, Isroil G‘azo hududidan “to‘liq chiqib ketish”ni boshlaydi.

    Biroq, bu Isroil hukumatining, bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning pozitsiyalariga ham zid keladi. U avvalgi pozitsiyalarida mojaroni cho‘zish uchun bir necha bor HAMASning G‘azodagi mavjudligidan foydalangan.

    Uchinchi bosqich

    Uchinchi bosqichning tafsilotlari noaniqligicha qolmoqda. Agar ikkinchi bosqich shartlari bajarilsa, uchinchi bosqichda garovdagilarning jasadi xalqaro nazorat ostida amalga oshiriladigan uch-besh yillik rekonstruksiya rejasi evaziga topshiriladi.

    Hozirda o‘t ochish to‘xtatgandan keyin G‘azoni kim boshqarishi bo‘yicha kelishuv yo‘q. AQSH buni amalga oshirish uchun Falastin ma’muriyatining isloh qilingan versiyasini talab qildi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, vaqtinchalik boshqaruv hokimiyatini shakllantirishga “xalqaro hamkorlarni” taklif qilish mumkin.

    Foto: Getty Images
    Boshqa hamkorlar, xususan, arab davlatlari qisqa muddatda xavfsizlikni ta’minlash uchun kuchlarni taqdim etadi, dedi u.

    Bunday rejaning amalga oshishi uchun u arab davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Ular esa faqat Falastin davlatchiligiga yo‘l ochilsagina bu rejani qabul qilishini aytgan. Bu esa, 1990-yillardagi Oslo bitimlarida Isroil ikki davlat yechimiga rozi bo‘lganiga qaramay, Isroil qonun chiqaruvchilari uchun yana bir bahs-munozarali masalani keltirib chiqaradi.

    16 yanvar, 08:59   Izoh (0)   6717
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #G‘azodagi urush#HAMAS

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Shafqatsiz, ayyor va aqlli” — HAMASning yangi siyosiy rahbari Yahyo Sinvar aslida kim?

    07.08.2024, 11:55

    Eron TIV Falastinda urush tez orada yakunlanishiga ishonch bildirdi 

    12.08.2024, 23:20

    AQSH davlat kotibi Isroilga tashrif buyurdi 

    19.08.2024, 17:00

    Isroil harbiylari G‘azodagi masjidda Qur’onni yoqib yubordi (video)

    25.08.2024, 22:20

    Isroil G‘azodagi muzokaralarni to‘xtatishga harakat qilmoqda

    04.09.2024, 17:38

    “G‘azodagi mojaroning ishtirokchilari uning tugashini istamayapti” — Josep Borrel 

    10.09.2024, 23:35

    “Dunyo ustimizdan kulmoqda”: Kamala Harris va Donald Tramp ilk debatda nimalar dedi?

    11.09.2024, 09:20

    Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi 

    17.09.2024, 21:15

    Bayden BAAni AQSHning asosiy mudofaa hamkori deb atadi

    24.09.2024, 14:10

    “Muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormiz”. Eron Isroildan qo‘rqyaptimi?

    26.09.2024, 21:20

    Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi 

    05.10.2024, 23:20

    Isroil—Eron urushi Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qiladi?

    07.10.2024, 17:31

    Isroil hukumati BMTning yangi hisobotini rad etdi

    11.10.2024, 23:25

    Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi

    14.11.2024, 11:35

    Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi

    19.11.2024, 13:15

    HAMAS AQSHning BMT Xavfsizlik kengashidagi G‘azo bo‘yicha vetosiga munosabat bildirdi  

    20.11.2024, 23:59

    “Isroil va HAMAS teng emas”: Bayden Netanyaxuni hibsga olish orderini qoraladi 

    22.11.2024, 11:30

    G‘azodagi urush tugashi mumkin. HAMAS bayonot berdi

    18.12.2024, 11:20

    Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi

    27.12.2024, 11:15

    “Putin birorta maqsadiga erishmadi”: Bayden tashqi siyosatini sarhisob qildi

    14 yanvar, 11:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.