• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Pensiya uchun davlat byudjetidan ko‘p mablag‘ ajratilayotgani xavotirli” — iqtisodchilar

    O‘zbekistonda pensiya taʼminoti uchun davlat byudjetidan yildan yilga ko‘proq mablag‘ ajratilayotgani xavotirli. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga o‘tish vaziyatni yaxshilaydi. Bu haqda iqtisodchilar Abdulla Abduqodirov va Otabek Bakirov YouTube’dagi “Dialog” loyihasida fikr bildirdi.

    Skrinshot: YouTube / Otabek Bakirov

    Otabek Bakirovning aytishicha, mamlakatda pensiya xarajatlari tez o‘sayotgani jiddiy signal hisoblanadi.

    “Yildan yilga pensiya uchun byudjetdan ajratilayotgan transfertlar summasi oshib borayotgani xavotirli. Bugun pensiya bilan bog‘liq xarajatlar miqdori iqtisodiyotimiz va byudjet daromadlarimizdan tezroq o‘smoqda”, dedi iqtisodchi.

    Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov fikriga ko‘ra, respublikada pensiya va nafaqa oluvchilar soni daromad solig‘i to‘lovchilar sonidan tez o‘smoqda.

    “Bugungi kunda 37 million nafardan ortiq aholimiz bor. Shundan 19 million nafari mehnatga layoqatli. Hozirda o‘zini o‘zi band qilgan aholi soni 3,5 million kishi. Daromad solig‘i to‘laydiganlar esa 5,5–6 million kishi atrofida. Qolgan aholi qayerda? Qanday tirikchilik qilyapti? Mayli, 3–4 million nafari chet elga ishlagani chiqib ketgan, deylik. Qolgani yashirin iqtisodiyotda tirikchilik qilyapti. Umumiy pensiya oluvchilar soni 3,5 million nafardan ortiq, buning ustiga nafaqa oluvchilar ham alohida hisoblanadi. Daromad solig‘i to‘lovchilar bilan pensiya va nafaqa oluvchilar sonidagi farq torayib boryapti. Pensiya va nafaqa oluvchilar soni daromad solig‘i to‘lovchilar sonidan tezroq o‘smoqda”, dedi mutaxassis.

    Suhbat davomida Otabek Bakirov jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminotiga o‘tish g‘oyasi haqida gapirdi.

    Otabek Bakirov
    Skrinshot: YouTube / Otabek Bakirov
    “2004-yili jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ilk tamal toshi qo‘yilgan paytda ish haqidan 1 foiz o‘tkazilardi. 2017-yilgacha bu miqdor 2–3 foizga yetgandi. Yildan yilga oshirib borish rejalari bor edi, deb o‘ylayman. Hozir, adashmasam, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiyaga 12 foizli daromad solig‘i ichidan 0,1 foizi o‘tkaziladi. Bu hech qanaqa effekt yasamaydi. Xalq bankidagi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti pullarining asosiy qismi ham 2018-yilgacha yig‘ilgan. Chunki undan keyingi yillarda ajratma miqdori keskin tushirib yuborilgani hisobiga uning o‘sishi sekinlashgan. Pensiya islohoti deyilganda jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminotiga o‘tish g‘oyasi bormi?” deya savol qo‘ydi iqtisodchi.

    Abdulla Abduqodirovning taʼkidlashicha, hukumatda bunday g‘oya mavjud.

    “Bu masala 2019-yilda prezident tomonidan qo‘yilgandi. O‘rtada koronavirus pandemiyasi bo‘lib qoldi. Keyin ushbu masala ikkinchi darajaga tushdi. Hozir yana qayta ko‘tarilyapti, kun tartibiga qo‘yilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning qoshidagi Pensiya jamg‘armasi bu ishni amalga oshiryapti”, dedi agentlik rasmiysi.
    Abdulla Abduqodirov
    Skrinshot: YouTube / Otabek Bakirov

    Otabek Bakirovning taʼkidlashicha, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga to‘liq o‘tish uchun 25 yil ketadi.

    “Jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminotiga o‘tishni bugun 18–20 yoshga to‘lib, mehnat bozoriga kirayotgan fuqarolar bilan boshlasak, tizim 2050-yilda to‘la-to‘kis ishlab ketishi mumkin. Ungacha parallel ravishda davlat pensiya taʼminoti ham ishlaydi. Biroq uning ulushi kamayib boradi. Jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti ulushi esa ortib boradi. Men buni shunday tasavvur qilaman”, dedi iqtisodchi.

    Abdulla Abduqodirov ham mazkur fikrni qo‘llab-quvvatladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, pensiya uchun ajratmalar va jamg‘arma mablag‘lari miqdorini banklar orqali ko‘paytirish mumkin.

    “Davlat tomonidan bir yilda, masalan, 5 trillion so‘m pulni pensiya jamg‘armasi qilamiz, kim buni maksimal miqdorda ko‘paytirib bera oladi, degan masala qo‘yilishi kerak. Bu mablag‘larni 5 yoki 10 yilga oladigan banklar o‘rtasida tender o‘tkazish lozim. Va pullarni ijtimoiy shartnoma asosida banklarga topshirish kerak. Bir necha banklarga topshirilsa, bitta boshqaruvchiga ishonib qolmaysiz”, dedi Abdulla Abduqodirov.

    Avvalroq Otabek Bakirov Telegram’da aholining “Xalq banki”da saqlanayotgan shaxsiy pensiya jamg‘armalarini yuqori daromadli shartlarni taklif etadigan tijorat banklariga auksion tarzida kamida 5 yilga joylashtirilishi zarurligini yozgandi. Shu bilan birga, Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston pensiya tizimini takomillashtirish uchun qator takliflar bergan.

    08.08.2024, 17:07   Izoh (0)   19559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Go‘sht va guruch qimmatlashib, shakar arzonlashdi: bozor narxlaridagi asosiy o‘zgarishlar

    02.08.2024, 18:03

    O‘zbekistonda avgustdagi pensiya va nafaqa to‘lovlari bo‘yicha maʼlumot berildi

    07.08.2024, 12:10

    Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti va davlat qarzi qancha? 

    07.08.2024, 18:11

    O‘zbekistonda ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi tushirildi

    06.08.2024, 13:52

    O‘zbekistonda iste’mol va avtokreditlar berish hajmi ikki baravarga kamaydi

    04.08.2024, 13:30

    Bepul tibbiy xizmat tizimining 3 ta salbiy oqibatlari 

    02.08.2024, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Reshford “Barselona”da asosiy tarkib uchun qaysi futbolchi bilan raqobatlashishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 iyul, 09:55

    Rossiya estradasining eng badavlat san’atkorlari: ular qancha pul ishlab topadi?

    Layfstayl | 23 iyul, 09:50

    Tramp Yaponiya, Filippin va Indoneziya bilan savdo bitimlarini tuzdi

    Dunyo | 23 iyul, 09:20

    Andijonda ayolni “samosud” qilgan do‘kon egasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 09:14

    “Real” hujumchisiga kutilmagan xaridor chiqdi

    Sport | 23 iyul, 09:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.