• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +45°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Hamisha namunali bo‘lishga intilgan va rassomga turmushga chiqqan “o‘zbek Kajoli” — Lola Eltoyeva 52 yoshda (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktrisasi Lola Eltoyeva bu yil 52 yoshni qarshiladi. U nafaqat ijodi balki shaxsiy hayoti bilan ham ko‘pchilik ijodkorlardan ajralib turadi. Aktrisa hind filmlarida Bollivud yulduzi Kajolga ovoz bergani uchun tomoshabinlar uni “o‘zbek kinosining Kajoli” deb ham atashadi. 

    “Hamisha namunali bo‘lishga intilganman”

    Lola Eltoyeva 1972-yilning 4-sentyabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgan.

    Foto: Instagram

    — Sanʼatdan butunlay yiroq bo‘lgan oilada tug‘ilganman. Dadam to‘qimachilik sanoatida ishlardi, ona esa oddiy uy bekasi bo‘lgan. Oilada uch qiz va bir o‘g‘il bo‘lganmiz. Hamma ota-onalar singari menga ham “Sen qanday bo‘lsang, singillaring va ukang sendan o‘rganishadi”, deyishgani uchun hamisha namunali farzand bo‘lishga harakat qilgan. Maktabda va institutda faqat aʼlo baholarga o‘qiganman.

    Sanʼatga bolalikdan qiziqqanman, ammo onam yaxshi o‘qishimni talab qilardi. “Yaxshi o‘qimagan aktrisani rejissyorlar kinoga olishmaydi”, degan gap meni faqat aʼlo bahoga o‘qishga majbur qilardi.

    U paytlarda ham kitobxonlar tanlovlari o‘tkazilardi. Eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar taxtasida albatta, mening ham suratim bo‘lardi. Kitob o‘qishni, monologlar yodlashni yaxshi ko‘rardim, deydi Lola Eltoyeva.

    “Teatrga kelishimga sababchi bo‘lgan inson”

    Lola Eltoyeva ilk roli va ustozi To‘ti Yusupova bilan tanishgan damlarini quyidagicha xotirlaydi.

    Foto: Instagram

    — 1993-yili hozirgi O‘zbekiston sanʼat va madaniyat institutiga o‘qishga kirganman. Ilk rolimni ham talabalik paytimda ijro etganman. “Quyoshi botmaydigan yurt” filmidagi rolim ko‘pchilikka maʼqul kelganidan keyin takliflar yanada ortgan. “Jaholat alangasi” videofilmidagi Gulshod roliga taklif etishgan. Roldagi onamni o‘sha davrning eng mashhur aktrisalaridan biri bo‘lgan To‘ti Yusupova ijro etishi kerak edi. Men oddiy talaba bo‘lsam, bu aktrisa juda mashhur, deb To‘ti opaning yoniga borishga xijolat bo‘lib turganimda yoniga chaqirib gapga solgan. Mana shu videofilm sabab ijoddagi va hayotdagi ustozimni topganman. Institutni bitirgan yilim “Sen teatrda ishlashing kerak”, deb otaxon teatrga olib kelgan ham o‘sha inson bo‘ladi, deydi Lola Eltoyeva.

    “Sanʼat uchun shaxsiy hayotdan voz kechmasdim”

    Aktrisa intervyularining birida ijodni qanchalik sevmasin u uchun shaxsiy hayotidan voz kecholmasligi haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram


    — Sanʼat uchun shaxsiy hayotini qurmagan ayollarni ham bilaman. Ular turmush qurib ishlaydigan ayollarga nisbatan ko‘p mehnat qiladi, yuqoriroq cho‘qqilarni zabt etadi. Bu aniq. Men ularni tushunaman, ular bekorga umrini sanʼatga bag‘ishlamagan. Bunga birovga oshkor qila olmaydigan sanʼatkorga xos dardi sabab. Men bunday yo‘l tuta olarmidim?! Yo‘q. “Farzand lazzati”ni his qilgan har qanday odam xuddi shunday javob bersa kerak.

    Bir yili o‘zaro hamkorlikdagi shartnoma asosida AQSH, Isroil va Germaniyada gastrol safarida bo‘ldik. O‘zbekistondan men va yana bir rus aktrisa borganmiz. Konferensiyalar orasidagi tanaffus, banketlardan mehmonxonaga qochaverganimizdan mehmonlar hayron bo‘lishibdi. Ularga “Bu ayollar oilasi bilan gaplashadi, farzandlariga qo‘ng‘iroq qiladi”, deb tushuntirishsa, hayron bo‘lishibdi, havaslari kelibdi.

    O‘sha yerda bir sanʼatkor juftlikni kuzatdim. Yoshi qirqdan oshsa ham farzandli bo‘lish xayolining bir burchagiga ham kelmagan. Yana “Necha yoshga o‘xshayman?” deb so‘raydi. To‘g‘ri, nisbatan yosh ko‘rinar, chiroylidir, ilg‘ordir, ammo bularning hammasi o‘tkinchi-ku!, deydi aktrisa.

    “Ovozingizda sehr bor, deyishgan”

    Lola Eltoyeva dublyaj sohasiga kirib kelgan ilk kunlarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram

    — Dublyaj alohida bir sanʼat, uning o‘z jozibasi bor. Bu sohani egallashimda dublyaj ustalari Rimma Ahmedova va Hojiakbar Nurmatovlar sababchi bo‘lishgan. Ular teatrimizda ishlashardi va spektakldan keyin shoshib ketishardi. Dublyaj sohasiga qiziqishimni eshitib “Ovozingizda sehr bor, siz, albatta, dublyaj rejissyoriga uchrashingiz kerak”, deyishgan. Albatta, birdan dublyaj aktyori bo‘lib shakllanib qolmaganman. Bu ham katta mehnat va sabrni talab etadigan soha. Uning uchun ham izlanish kerak, deydi Lola Eltoyeva.

    “Rolim orqali o‘zimni Oybekning oilasiga aʼzo qilganim”

    Aktrisa eng sevimli roli va uning ijrosi bilan bog‘liq quyidagi voqealarni esladi.

    Foto: Instagram

    — Aktyorning ham o‘zi mehr bergan roli bo‘ladi. Men “Adibning umri” spektaklidagi domlaning ayoli Zarifa Saidnosirova rolni o‘zgacha yaxshi ko‘raman. Chunki domla kasallikka chalinib, to‘shakka mixlanganida ham shu ayol uni ijod qilishga undagan ekan. U kishining jussasi mendek bo‘lgani va tashqi qiyofamizda o‘xshashliklar bo‘lgani uchun rol menga nasib etdi. Domlaning kuyovlari spektakl premyerasiga kelganda “Zarifa Saidnosirovani ko‘rdim”, degandi. Oila aʼzolarining eʼtirofi katta yutuq. Ammo eʼtirozlar ham bo‘lgan, buni to‘g‘ri qabul qilib tuzatishga harakat qilganman. Naim Karimov “Zarifa opa sekin-sekin gapirardilar”, degan. Men rol taʼsirli chiqishi uchun tez va baland ovozda gapirgan ekanman, deydi aktrisa.

    “Rassom insonga turmushga chiqqanman”

    Aktrisa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq maʼlumotlarni oshkor etishni istamaydi, uning intervyularini ham topish juda qiyin. “Bu sirli ko‘rinishga intilish emas, shunchaki aktyor dilidagilarni roli orqali tomoshabinga ko‘rsatadi”, deydi aktrisa.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im rassom, feʼl-atvori ham shunga yarasha og‘ir vazmin. Men unga nisbatan ancha tezman. Ammo shu kungacha voz kechmaydigan oilaviy anʼanamiz bor. Menga taklif etilgan har bir rolga rozilik berishdan oldin turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashaman. Baʼzi rejissyorlarga, hatto hamkasblarimga ham bu g‘ayritabiiy tuyuladi. Ammo men oilamizning aynan shunday o‘zbekona qadriyatlar asosiga qurilganidan mamnunman va shunday bo‘lishi kerak deb hisoblayman. O‘zbek oilalarida hamma o‘z o‘rni va o‘z mavqeyida. Bu o‘zaro hurmat va izzatni tarbiyalaydi, mehr-muhabbatni oshiradi, deydi aktrisa.

    09.09.2024, 14:54   Izoh (0)   46869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lola Eltoyeva nega reklama va kliplarda suratga tushmasligini izohladi

    05.08.2016, 19:52

    “Bir yil ichida 10 ta uy almashtirganmiz”. Ustozining o‘g‘liga ko‘ngil qo‘ygan, noyob qobiliyat egasi Yulduz Turdiyeva 39 yoshda (foto, video)  

    21.08.2024, 12:35

    Rafiqasi va qizini tuproqqa qo‘ygan hamda “dunyodagi eng g‘amgin inson”ga aylangan Kianu Rivz 60 yoshda (foto)

    04.09.2024, 12:40

    Giyohvand modda sabab qamalgan va bir necha marta o‘limdan qolgan xonanda Abdulla Qurbonov 48 yoshda (foto, video)

    04.09.2024, 16:43

    “Erkaklarga xizmat qiladigan qullarni tarbiyalamang” — 10 yoshida mashhurlikka erishgan, zo‘ravonlikka uchragan va ikkinchi turmushidan baxt topgan Lola 39 yoshda

    05.09.2024, 17:41

    “Qo‘rg‘on sirlari”ga qo‘shilgan yangi aktrisalar, Afra bilan ajrashganini aytgan Mert, turmush qurayotgan yulduzlar — turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar

    09.09.2024, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman. Niko Uilyams “Atletik” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

    Sport | 4 iyul, 14:17

    Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 13:51

    Rayan Reynolds, Natali Portman va shaxsiy sport jamoasiga ega bo‘lgan boshqa taniqli shaxslar

    Shou-biznes | 4 iyul, 13:47

    O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin sotmoqda — Xalqaro oltin kengashi

    Iqtisodiyot | 4 iyul, 13:44

    Oddiy qozonda tayyorlangan krem: kosmetika sohasida inqilob qilgan Este Lauder kim bo‘lgan?

    Shou-biznes | 4 iyul, 13:09

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    “Liverpul” Jotaning 20-raqamini abadiy muzlatib qo‘ydi

    Sport | 4 iyul, 12:46

    “Rossiya Ukraina urushi maqsadlaridan chekinmaydi” — Putin

    Dunyo | 4 iyul, 12:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.