• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Dubaydagi sirli o‘lim: hind kinosi afsonasi Shridevining bevaqt vafotiga nima sabab bo‘lgan edi?

    Shridevi Bollivudning eng go‘zal va yorqin yulduzlaridan biri edi – u 4 yoshga to‘lib-to‘lmay filmlarda rol ijro eta boshlagan, qo‘shiq kuylab, raqs tushib, muxlislarning eʼtiborini o‘ziga qaratgandi. Aktrisa ijodiy faoliyati mobaynida naq 300 ta filmda turli rollarni ijro etgan. Shridevi nafaqat Hindiston, balki dunyoning turli burchaklarida yashovchi kino shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan aktrisa hisoblanadi. Sohibjamol ijodkorning kutilmagan vafoti uning yaqinlari va muxlislari uchun haqiqiy zarba bo‘lgani mubolag‘a emas. Ijodkorning o‘limiga doir tergov ishlari haligacha yakuniga yetmagan: Shridevining Dubay shahriga to‘y marosimida ishtirok etish uchun borib, to‘satdan vafot etishi bilan bog‘liq masala hamon jumboqligicha qolmoqda.

    Foto: Cosmopolitan

    1963-yilda dunyoga kelgan tamil millatiga mansub aktrisaga oila aʼzolari Shri Amma Yanger Ayyapan deb ism berishgan. Aktrisaning onasi oddiygina uy bekasi, otasi esa advokat bo‘lib, qo‘g‘irchoqdek tashqi ko‘rinishga ega qizidagi aktyorlik mahoratini uning bolalik yillaridanoq payqagan. Qizaloq o‘ta yoqimtoy bo‘lish bilan birga ziyrak va uquvli edi: u tamil tilidan tashqari hind, telugu, malaya tillarida ham so‘zlasha olgan. Bu esa aktrisaga kelgusida faqat hind tilidagi filmlar ishlovchi kinostudiyalar bilan hamkorlik masalasida cheklanib qolmaslikka imkon bergan. Aktrisa o‘z davrining eng kelishgan aktyorlari – Rami Rao, Anil Kapur, Amitabh Bachchan, Mitxun Chakrabortilar bilan rollar ijro eta boshladi. “Karma”, “Qasos”, “Janob Hindiston”, Muhabbat lahzalari” kabi muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etdi. Hind kinosi muxlislari tomonidan haligacha sevib ko‘riladigan “O‘g‘ri Chandu” filmidagi roli uchun aktrisa bir nechta nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi.

    Shridevining tashqi ko‘rinishi har tomonlama benuqson edi: uning yuz tuzilishi qadimgi hind mumtoz suratlaridagi go‘zallar qiyofasini yodga solardi.

    Charos ko‘zlar, qalin lablar, chiroyli shaklga ega burun... Aktrisaning dushmanlari uning burni plastik jarrohlar yordamida shu ko‘rinishga keltirilgani haqida mish-mish tarqatgan bo‘lsa-da, Shridevining rasmiy vakillari aktrisa hech qachon plastik jarrohlik amaliyotlaridan foydalanmaganini ta’kidlaydi. Shridevi milliy liboslar, anʼanaviy taqinchoqlarni yaxshi ko‘rgan va umrining oxirigacha Bollivud go‘zallarining haqiqiy timsoli bo‘lib qolgan.

    Foto: Cosmopolitan

    Shridevining shaxsiy hayotida ham barchasi aʼlo darajada edi – har qalay tashqaridan shunday ko‘rinardi. U taniqli prodyuser Boni Kapur bilan oila qurib, ikki nafar qiz farzandni dunyoga keltirdi. Oilasiga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida ijodda bir muddat tanaffus qildi: 1997-yildan keyin 15 yil mobaynida birorta ham filmda rol ijro etmadi. Ammo ijodiy tanaffus aktrisaning mashhurligiga zarracha taʼsir ko‘rsatmadi.

    2015-yilda Bollivud yulduzi o‘zining 300-filmi – “Ona” kartinasida bosh rolni ijro etdi. Shundan keyin filmlarga prodyuserlik qilish bilan shug‘ullandi, faqatgina rol ijro etish bilan cheklanmay, filmlar suratga olish niyati borligini ham maʼlum qildi.

    Foto: Cosmopolitan

    Biroq aktrisa ushbu rejalarini amalga oshira olmadi. 2018-yili jiyanining Dubay shahrida o‘tkazilgan to‘y marosimiga tashrif buyurgan aktrisa do‘konlarni ko‘zdan kechirish uchun yana bir necha kun BAAda qolishga qaror qildi va tez orada... xonasidagi hammomdan suvga cho‘kkan holda topildi. Ekspertiza tekshiruvi aktrisaning qonida alkogol bo‘lganini aniqladi. Ushbu maʼlumot Shridevining yaqinlarini ham, unga mehr qo‘ygan muxlislarni ham hayratga soldi – aktrisa har doim odob-axloq qoidalarini mahkam tutar, hech qachon spirtli ichimliklar isteʼmol qilmasdi.

    Tergov aniq xulosa taqdim eta olmadi va bir necha bor qayta tiklandi. Shridevining yaqinlari haligacha uning o‘limi baxtsiz hodisa bo‘lganiga ishonmaydi. Ommaviy axborot vositalari esa ijodkor turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgan degan taxminni ilgari surdi. Bunga Boni Kapurning so‘nggi kunlarda o‘zini shubhali tutgani sabab bo‘ldi: u har doim sayohatlarga rafiqasi bilan birga borgan, ammo bu safar to‘y marosimiga kelmagan. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lishidan avval esa kutilmaganda Dubayda paydo bo‘lib qolgan. Aktrisaning jonsiz tanasini vannaxonadan topgan ham Boni Kapur edi – u rafiqasi hammomga kirib ketganda televizorda kriket o‘yinini tomosha qilgan, qimmatli vaqtni boy bergan va hech narsani eshitmagan.

    Foto: Cosmopolitan

    Tergov aktrisaning kuch ishlatish natijasida o‘ldirilgani haqidagi taxminni rad etdi, Boni Kapurga qarshi ayblov eʼlon qilinmadi. Tergov ishlari bugungi kunga qadar davom etmoqda, ammo anchadan beri ishga doir yangi maʼlumot eʼlon qilinmadi. Aktrisaning sirli o‘limi sababi hali beri topilmasa ham kerak...

    29.08.2024, 14:40   Izoh (0)   69440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bollivud yulduzlarining kino olamida faoliyat yuritishni istamagan farzandlari (foto) 

    25.06.2024, 15:45

    Hindcha dabdaba: Bollivud yulduzlaridan tortib boy merosxo‘rlargacha bo‘lgan juftliklarning eng qimmat to‘ylari 

    20.07.2024, 11:48

    Real hayotda malika bo‘lgan Bollivud kino yulduzlari (foto)

    24.07.2024, 20:05

    “Oila qurish rejalarimning oxiriga o‘tib qolgan”. Nojo‘ya takliflar tufayli 18 yil “zapret”da bo‘lgan teleboshlovchi, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova 43 yoshda (...

    29.08.2024, 13:40

    “Odamlarning munosabatlaridan ko‘p yig‘layman”. “Osiyo go‘zali” Shahrizoda Madaminova modellik sohasining mashaqqatlari haqida (video)  

    29.08.2024, 12:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.