• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tabrik avvalida davlat rahbari mamlakatdagi taʼlim-tarbiya sohasi xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan muborakbod etgan.

    Muhtaram ustoz va murabbiylar!

    Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi ta’lim-tarbiya sohasi xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga eng ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

    Xalqimiz o‘zining azm-u shijoati, bunyodkorlik salohiyati bilan Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan bugungi kunda ushbu ulug‘ ayyomning mohiyati, muallim va ustozlarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda.

    El-yurtimiz azaldan e’zozlab keladigan o‘qituvchi va murabbiylarning maqomini, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish – biz amalga oshirayotgan davlat siyosatining eng muhim, hal qiluvchi yo‘nalishiga aylangani ham shundan dalolat beradi.

    Zero, donishmandlar aytganlaridek, mamlakat avvalo yerdan rizq-nasiba undiradigan dehqonlar, xalqni yovdan, turli yovuzliklardan himoya qiladigan askarlar, yosh avlodga ta’lim va tarbiya beradigan fidoyi muallimlarning sa’y-harakati bilan obod va farovon bo‘ladi.

    Hurmatli vatandoshlar!

    Keyingi yillarda milliy taraqqiyot strategiyamiz asosida yurtimizda ta’lim va tarbiya tizimida ham tom ma’noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Qisqa fursatda sohaga oid ko‘plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy baza mustahkamlandi. Yangilangan Konstitutsiyamizda o‘qituvchining maqomi alohida belgilab qo‘yildi.

    Respublikamizda har yili yangi-yangi ta’lim maskanlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining zamon talablariga mos yangi avlodi yaratilmoqda.

    Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimi dunyodagi ilg‘or tajribalar asosida mutlaqo yangicha rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Yurtimizdagi bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, salkam 38 mingtaga, jumladan, nodavlat ta’lim muassasalari 250 tadan 29 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76,4 foizga yetgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

    Mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Bu haqda so‘z yuritganda, oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, shu yilning o‘zida esa 608 ta maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilganini ta’kidlash lozim.

    Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv ta’lim joriy etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 288 ming nafardan ortiq boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bepul ovqatlanishi yo‘lga qo‘yildi.

    Xususiy sektor rivoji uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlar natijasida nodavlat maktablar ulushi 5 foizga yetgani diqqatga sazovordir.

    Biz inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan ishlarimiz doirasida o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini munosib baholash va rag‘batlantirishga alohida ahamiyat bermoqdamiz.

    Bugungi kunda o‘qituvchilarning ish haqi 2016-yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 marta, professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi esa 4,5 karra o‘sgani, oktyabr oyidan pedagog xodimlarning ish haqi yana 15 foizga oshirilishi shu boradagi sa’y-harakatlarimiz natijasidir.

    Ta’lim sifatini yuksaltirish maqsadida pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha yagona va vertikal tizim yaratildi. Joriy yilda hozirga qadar 142 nafar o‘qituvchi ilg‘or xorijiy davlatlarda malaka oshirib qaytdi. Maktab direktori lavozimiga tayinlash tizimi takomillashtirilib, ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi o‘rnatildi.

    Ta’lim-tarbiya sohasiga berilayotgan ulkan e’tibor tufayli yoshlarimiz bilim, fan va texnika, madaniyat va san’at, sport sohalarida yuksak marralarni qo‘lga kiritayotgani barchamizni mamnun etmoqda.

    O‘quvchilarimiz 2010—2016-yillarda xalqaro fan olimpiadalarida 73 ta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, so‘nggi yetti yilda 349 ta, 2024-yilning o‘zida esa 122 ta medalga sazovor bo‘lgani ham birinchi navbatda sizlarning mashaqqatli mehnatingiz samarasidir.

    Bu borada xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning ustozlarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgani va shu maqsadda davlat byudjetidan 6 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

    O‘zbekiston tarixida birinchi marta buyuk allomalarimizga bag‘ishlangan xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazishni boshladik. Bu esa farzandlarimiz, butun xalqimiz qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘usi bilan birga, dunyoda O‘zbekistonning ma’rifiy nufuzini ham yuksaltirmoqda.

    Maktabda ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarlarni o‘rgatish borasida ham muhim qadamlar tashlandi. Joriy o‘quv yilida 354 ta maktabda 16 mingdan ziyod o‘quvchiga ikkita xorijiy tilni o‘qitish, 289 ta maktabda 40 mingdan ortiq o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish
    yo‘lga qo‘yildi.

    Oliy ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Qisqa muddatda yurtimizda 135 ta yangi oliygoh tashkil etilib, ularning umumiy soni 211 taga yetkazilgani, tizimda qamrov darajasi 4 barobardan ziyod oshib, 9 foizdan 38 foizga yetgani misolida buni yaqqol ko‘rish mumkin.

    Qadrli do‘stlar!

    Ko‘hna tarix, bugungi hayot tajribasi barcha muammolarning yechimi, savollarning javobi faqat va faqat ta’limda, kamolot va baxt eshiklarining kaliti ta’lim va tarbiyada ekanidan dalolat beradi.

    Barchamiz yaxshi tushunamizki, o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarga yetishda – jonajon O‘zbekistonimizni erkin va farovon, har tomonlama obod mamlakatga aylantirishda soha rivojini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

    Sizlar bilan bo‘lib o‘tgan sermazmun va samimiy muloqotimizda bu haqda yana bir bor fikr almashib, kelajak rejalarimizni aniq belgilab oldik.

    Ishonchim komil, siz, muhtaram pedagoglar, professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifiy jamiyat” degan olijanob g‘oyamizni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shasiz. 

    Hech shubhasiz, biz ta’lim va tarbiya tizimini yanada ravnaq toptirish, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalasiga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat beramiz va o‘qituvchilikni jamiyatimizda eng obro‘li kasblar qatoriga olib chiqamiz.  

    Muhtaram ustozlar!

    Mana shu shukuhli ayyomda siz, azizlarni yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

    Hamisha sog‘-omon bo‘ling, qadrli va mehribon ustozlar!  

    30.09.2024, 20:54   Izoh (0)   10401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#oʻqituvchi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi

    07.02.2017, 19:41

    Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga 24-raqamli futbolka sovg‘a qildi

    05.05.2023, 22:49

    Shavkat Mirziyoyev Eronning ilmiy-texnik yutuqlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

    18.06.2023, 23:20

    “Xorijda vafot etgan yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga olib kelish davlat tomonidan ta’minlanadi” — Shavkat Mirziyoyev

    23.06.2023, 13:44

    Shavkat Mirziyoyev Sherali Jo‘rayev vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi

    05.09.2023, 08:48

    Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi maktabni ham rejalashtirilmagan holda borib ko‘rdi

    24.10.2023, 18:05

    Shavkat Mirziyoyevga Xitoyda mashina sovg‘a qilindi (foto)

    25.01.2024, 16:56

    Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev hamrohligida poytaxtdagi Texnoparkka tashrif buyurdi

    08.02.2024, 20:50

    Shavkat Mirziyoyev Andijondagi maktabda o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi (foto)

    15.02.2024, 21:30

    “Agar hayotligida adolatsizlik bo‘lmaganda edi, bugun yonimizda bo‘lar edi” — Shavkat Mirziyoyev Sherali Jo‘rayev haqida 

    16.02.2024, 19:44

    “Bahodir Jalolov maktabi o‘z yo‘nalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev

    05.03.2024, 16:29

    Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto)

    08.04.2024, 18:13

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

    30.04.2024, 09:19

    Shavkat Mirziyoyev Coca Cola kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    15.05.2024, 18:04

    Shavkat Mirziyoyev Makkada bo‘lib turgan muftiy Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi

    05.06.2024, 17:20

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi

    28.07.2024, 23:43

    “Yangi O‘zbekistonimizda oltin harflar bilan tarixda qoldingiz” — Shavkat Mirziyoyev Diyora Keldiyorovani tabrikladi (video)

    29.07.2024, 10:48

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlari Ulug‘bek Rashitov va Hasanboy Do‘smatov bilan telefon orqali muloqot qildi 

    09.08.2024, 20:30

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlari Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi

    10.08.2024, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi 

    11.08.2024, 21:37

    Sanʼatkorlardan o‘qituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

    24.08.2024, 15:32

    Shavkat Mirziyoyev Olimpiadada o‘zbekistonlik murabbiyning qirg‘izistonlik sportchiga yordam bergani haqida gapirdi

    28.08.2024, 15:10

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning barcha yoshlariga murojaat qildi 

    31.08.2024, 19:22

    Shavkat Mirziyoyev Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi (foto)

    15.09.2024, 19:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ko‘chalar qancha yoritish uskunalari yordamida yoritiladi?

    O‘zbekiston | 21 iyun, 12:30

    Sayyoradagi ertaknamo ko‘rinishga ega maskanlar

    Layfstayl | 21 iyun, 12:15

    Bola yomon baho olsa ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerak? Pedagog javob berdi

    Layfstayl | 21 iyun, 11:55

    Turk nonushtasi dunyodagi eng yaxshi nonushta deb eʼtirof etildi

    Layfstayl | 21 iyun, 11:35

    Tramp neft mavjud bo‘lsa Eronga yadro energetikasi nima uchun kerakligini tushunmasligini bildirdi

    Dunyo | 21 iyun, 11:20

    Shou uchun million dollarlar: jahon yulduzlari nima uchun konsertga ko‘p pul sarflaydi?

    Musiqa | 21 iyun, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.