“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mustaqillikning 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda davlat rahbari O‘zbekistonning barcha yoshlariga murojaat qildi.
“Qadrli o‘g‘il-qizlarim, mamlakatimiz istiqboli, barcha ezgu niyatlarimiz ijobatini biz avvalo sizlarning timsolingizda ko‘ramiz.
Kelajakda turli sohalarda ulkan yutuq va zafarlarga erishib, yurtimizni dunyoga yanada keng tarannum etishingizni istaymiz.
Marrani baland oling, siz buyuk ishlarga qodirsiz!
Hamisha o‘z kuchingiz, qat’iyat va salohiyatingizga ishoning!
Davlatimiz, xalqimiz, Prezident sizlarni bu yo‘lda doimo qo‘llab-quvvatlaydi, har qanday yordamni ayamaydi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, shu kunlarda Parijdan yana ketma-ket quvonchli xabarlar kelayotgani aytildi.
“Mana, bizning qanday qahramonlarimiz, qanday o‘tyurak pahlavonlarimiz bor! Ularga tahsin va tasannolar bo‘lsin!”, — dedi prezident.
Izoh (0)