• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    26 yildan so‘ng: “Taksi” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgargan va hozirda nimalar bilan band?

    “Taksi” franshizasining birinchi filmi chiqqandan keyin mashhur bo‘lgan aktyorlari qanday ko‘rinishga ega va hozir nima bilan shug‘ullanayotgani haiqda ma’lumot beramiz.

    Sami Naseri

    • Daniel Morales — taksi haydovchisi
    • Film chiqqanda — 37 yoshda

    Taksi haydovchisi Daniyel rolini kelib chiqishi arab bo‘lgan fransuz aktyori Sami Naseri ijro etgan.

    Otasi jazoirlik, onasi normandiyalik bo‘lgan, u 1961-yil 2-iyulda Parijda tug‘ilgan va bolaligidanoq aktyor bo‘lishni orzu qilgan. 1990-yillarning o‘rtalarida Naseri televideniyeda va qisqa metrajli filmlarda rol o‘ynaydi. Bir kuni yosh aktyor Lyuk Bessonning e’tiborini tortadi va “Taksi” filmining birinchi qismida bosh rolni o‘ynashga taklif qilinadi. Bu rol o‘sha paytda 37 yosh bo‘lgan aktyorga mashhurlik olib keladi, natijada rejissyorlar e’tiboriga tushadi.

    Kinodagi shon-shuhratiga qo‘shimcha ravishda, Naseri qonunni bir necha bor buzgani bilan mashhur. U jarohat yetkazish, haqorat, mast holda mashina haydash va tezlikni oshirganligi uchun turli jazolarga hukm qilingan.

    2005-yilda Naseri Parijdagi restoranlardan birida bir odamga qo‘lidagi kuldon bilan hujum qilgan. Buning uchun aktyor ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilinadi. 2006-yilning dekabrida u politsiyachini haqorat qilgani uchun olti oylik qamoq va 8000 yevro miqdorida jarimaga tortilgan. 2007-yilda u Eks-an-Provensdagi qo‘riqchilarga va o‘zi davolanayotgan tibbiyot markaziga hujum qilganlikda ham aybdor deb topilgan.

    Hozir aktyor 63 yoshda, uning filmografiyasida 50 dan ortiq film mavjud. Oxirgi filmi 2023-yilda chiqqan “Muhojir” rus-fransuz filmidir. Unda Naseri giyohvand moddalar sotuvchisi rolini o‘ynagan.

    Aktyor aktrisa Mari Giyarga uylangan edi, ammo er-xotin ajralishadi. Aktyor ikki yildan beri o‘zidan 33 yosh kichik Sofiya Afina ismli qiz bilan uchrashadi.

    Frederik Difental

    • Politsiya inspektori — Emiliyen Kotan-Kerbale
    • Film chiqqanda — 30 yosh

    Frederik Difental 1968-yil 26-iyulda Fransiyada tug‘ilgan. Aktyor “Taksi” franshizasidagi roli bilan mashhur bo‘ladi, u anqov politsiyachi Emiliyen rolini o‘ynaydi. Hozirda ham filmlar va fransuz teleseriallarida rol o‘ynashda davom etmoqda. 2002-yilda u bilan bosh rolni o‘ynagan “Qor” to‘liq metrajli filmi chiqdi.

    Difental hozir 56 yoshda va ikki marta ajrashgan. Dastlab u aktrisa Gvendolin Amonga uylangan, ularning 2005-yilda tug‘ilgan o‘g‘li bor. Ikkinchi marta esa 10 yillik munosabatlaridan so‘ng Stefani Segin bilan 2023-yilning yozida turmush quradi.

    Yaqinda aktyor iyul oyida o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi, u Instagram’dagi sahifasida velosipedi o‘g‘irlanganini ma’lum qildi. Difental xushmuomalalik bilan velosipedini qaytarib berishlarini so‘radi.

    Marion Kotilyar

    • Film namoyish etilganda u 23 yoshda edi

    Aktrisa birinchi marta 6 yoshida, 1981-yilda bolalar spektakllarida sahnaga chiqadi. Kotilyarning kinodagi yutug‘i “Taksi” filmi bo‘lib, unda u bosh qahramonning qallig‘i rolini o‘ynagan. Aktrisa “Taksi 2” va “Taksi 3” filmlarida ham rol o‘ynagan.

    Aktrisaning Gollivuddagi faoliyati ham juda muvaffaqiyatli bo‘ladi. 2003-yilda u Tim Byortonning “Katta baliq” fantastik dramasida, 2006-yilda Ridli Skottning “Yaxshi yil” romantik komediyasida Rassell Krou ijro etgan londonlik millionerning qalbini zabt etgan fransuz ayoli rolini o‘ynaydi.

    Edit Piaf hayotiga bag‘ishlangan “Pushtirang hayot” biografik filmi uchun aktrisa “Oskar” bilan bir qatorda “Sezar”, “Lyumyer”, BAFTA va “Oltin globus” mukofotlarini ham oladi.

    Hozir u 48 yoshda va kino yulduz ekranlarni zabt etishda davom etmoqda. Kotilyarning so‘nggi filmi “Li” jangari dramasi bo‘lib, unda Keyt Uinslet bilan birga rol o‘ynaydi.

    Aktrisa 2007-yildan beri fransuz kino yulduzi Giyom Kane bilan munosabatda. 2008-yilda ular unashtirildi. Juftlikning ikki farzandi bor — Marsel (2011-yilda tug‘ilgan) va Luiza (2017-yilda tug‘ilgan). Filmlarda ishlashdan tashqari, aktrisa Fransiyada ikkita restoranga egalik qiladi va atrof-muhit muammolari bilan faol shug‘ullanadi.

    Emma Viklund

    • Film chiqqanida u 30 yoshda edi

    Shvetsiyalik aktrisa va model 1968-yil 13-sentyabrda Stokgolmda tug‘ilgan. Uning otasi shved, onasi Kongo fuqarosi. Viklund taksi haydovchisi haqidagi franshizaning to‘rtta qismida ham rol o‘ynagan. 2003-yilda u aktyor Hans Viklund bilan turmush qurgan. Ularning 23 va 21 yoshli ikki farzandi bor.

    55 yoshli model hozir Stokgolmda yashaydi va uning Emma S. Skincare nomli terini parvarish qilish biznesi bor. U muntazam ravishda oilasi, hamkasblari va uy hayvonlari bilan tushgan suratlarini Instagram’dagi obunachilari bilan baham ko‘radi.

    Bernard Farsi

    • Komissar Jilber rolini o‘ynagan
    • Film chiqqanida — 49 yoshda

    Fransuz aktyori Bernard Farsi o‘zining teatr va televideniyedagi faoliyatini 1970-yillarda boshlagan. “Taksi” filmi chiqqanida u o‘nlab filmlarda, jumladan, Bertrand Bliening “Bizning tarix” filmida suratga tushgan edi.

    Eksentrik va tor fikrli politsiya komissari rolining ajoyib muvaffaqiyatidan so‘ng, aktyor 2000-yillarda o‘nlab filmlarda rol o‘ynaydi. Farsi “Bo‘ri birodarligi” va “Asteriks va Obeliks: Kleopatra missiyasi” filmlarida o‘ynagan.

    Hozir aktyor 75 yoshda. Ekranlarda kamroq ko‘rina boshlaganiga qaramay, u “Taksi” franshizasining hamma qismida ishtirok etgan, so‘nggi 5-qism 2018-yilda chiqarilgan.

    Yaqinda aktyorning beshinchi epizodda suratga tushish unga oson bo‘lmaganini tan oldi, chunki uning yonida odatdagi ijrochilar jamoasi yo‘q edi. Beshinchi epizodda original filmdagi yulduzlar tarkibidan hech biri (Farsining o‘zi va Eduard Montutdan tashqari) rol o‘ynamagan. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini xuddi boshqa birovning oilasida bo‘lganidek, suratga olish maydonchasida noqulay his qilgan.

    Edvard Montut

    • Politsiya xodimi — Eleyn
    • Film chiqqanda — 28 yoshda

    Eduard Montut juda yoshligida oilasi bilan Parij chekkasiga ko‘chib o‘tadi. U birinchi marta 1990-yilda “Jan Galmo” filmida debyut qilgan. Aktyor 1992-yilda “Gol” seriali orqali mashhurlikka erishadi. Aynan o‘sha yerda u Frederik Difental bilan tanishib qoladi va u bilan keyinchalik ko‘plab loyihalarda birga ishlaydi. Bernard Farsi singari Montut ham politsiyachi Eleyn rolini o‘ynab, “Taksi” franshizasining barcha besh qismida ishtirok etadi.

    Hozir fransuz aktyori 53 yoshda, u kino va televideniyedagi faoliyatini davom ettirmoqda. 2022-yilda uning ishtirokidagi “Ambuazedagi qotillik” trilleri chiqdi.

    Aktyor Lubna Montut bilan turmush qurgan, ularning Naxil ismli o‘g‘li bor.

    29.08.2024, 11:55   Izoh (0)   31331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vazni sabab doim tanqid qilinadigan dunyo yulduzlari (foto)

    28.08.2024, 10:50

    Hamma tomosha qilishi kerak bo‘lgan eng yaxshi va yangi seriallar 

    29.08.2024, 10:50

    Dunyodagi eng qimmat 6 ta retro avtomobil

    28.08.2024, 15:49

    “Qalbim vayron bo‘ldi”. Amerikalik qo‘shiqchi Merayya Kerining onasi va opasi bir kunda vafot etdi

    29.08.2024, 09:59

    Oilali erkakka turmushga chiqqan va karyerasini barbod qilgan: “Mehribonginam” filmi yulduzi Jaya Prada hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    28.08.2024, 16:35

    93 kilogacha ozgan mashhur turk aktrisalari: ular oldin qanday ko‘rinishda edi? (foto)

    28.08.2024, 15:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.