• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Oilali erkakka turmushga chiqqan va karyerasini barbod qilgan: “Mehribonginam” filmi yulduzi Jaya Prada hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    Jaya Prada 1980—1990-yillarda Bollivudning mashhur aktrisalaridan biri bo‘lgan. U kamtarin, mehribon rafiqa va ona bo‘lishiga qadar mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi, Bollivudning ko‘plab filmlarida, masalan, “Mehribonginam”,  “Jannatdan yaxshiroq”, “Dangasa”, “Shafqatsiz taqdir”, “Sovg‘a“ va boshqa kinokartinalarda suratga tushdi. Aktrisa Hindistonning siyosiy arboblaridan biri hisoblanadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Aktrisaning haqiqiy ismi — Lalita Rani. U 1962-yilning 3-aprel sanasida Andhra-Pradesh janubidagi kichik Rajahmundri shahrida oddiy oilada tug‘ilgan. “Ha, otam filmlar bilan bog‘liq va ba’zi loyihalarni moliyalashtirgan, biroq mening tarbiyam juda bosiq edi. Bolaligimdan shifokor bo‘lishni orzu qilardim, biroq onam ta’lim bilan bir qatorda raqs va musiqaga e’tibor qaratdi, shuning uchun yetti yoshimda men raqs to‘garagiga yozildim”, —deydi Lalita.
    “Men ham yoshligimdan NTRga qoyil qoldim va bir kuni jasoratimni to‘plab, amakimdan kumirim bilan uchrashishni so‘radim. Amakim Chinnayda filmlarni moliyalashtirgan va NTRni shaxsan bilar edi. Bir kun kelib shunday mashhur yulduzning qahramoniga aylanaman deb hech o‘ylamagandim” — deya qo‘shimcha qiladi aktrisa.

    Foto: Bollywoodtime

    Lalita kino olamga tasodifan kirib kelgan. U 9-sinfda o‘qiyotgan paytida maktabning yillik ziyofatida qatnashayotgan payt kinorejissor Tilakaning e’tiborini tortgan. U Lalitani 1974-yilda namoyish etilgan “Yer uchun” filmida raqs bilan bog‘liq sahnani ijro etishga taklif qildi. Aktrisaning o‘zi bu taklifni qabul qilishga jur’at eta olmadi, ammo uning ota-onasi xursand bo‘ldi va roziligini bildirdi.
    Jaya Prada ishtirokidagi birinchi film 1974-yilda namoyish etilgan. Aktrisa ko‘plab intervyularida birinchi marta kamera qarshisida turganida 14 yoshda bo‘lganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab manbalarda aktrisaning 1962-yilda emas, 1960-yilda tug‘ilgani aytilgan. Ko‘pincha hind kinosi yulduzlarining haqiqiy yoshi yashiriladi, shuning uchun bu ajablanarli holat emas.

    Foto:Bollywoodtime

     

    Lalitaning go‘zalligiga mahliyo bo‘lgan aktyor Prabxakar Reddi unga “G‘alaba baxsh etuvchi” degan ma’noni anglatuvchi Jayaprad taxallusini taklif qiladi. Shunday qilib, uning kinodagi yo‘li muvaffaqiyat bilan boshlanadi. Aktrisaga rejissorlar Bapu, Vishvanat va Balachander e’tibor qaratadi.
    Aktrisa 14 yoshida taniqli hind aktyorlari Rajnikanth, Chandra Mohan, Kamol Hasan bilan birga filmlarda o‘ynagan. Biroq aktrisa mashhurlikka erishishi uchun katta badal to‘ladi.

    Foto:Bollywoodtime

    “Aktyorlik mening yoshligimni olib qo‘ydi, sinfdoshlar va do‘stlar bilan muloqotni chekladi. Yaqinda maktabimda mening sharafimga dastur uyushtirildi. Bolalarning chiqishlaridan keyin sahnaga chiqqan o‘qituvchim menga qanday murojaat qilishni bilmasligini aytdi: Lalita, Jaya Prada yoki parlament a’zosi, xullas nima deyishini bilmas edi. Uning ko‘zlariga yosh keldi va men ham yig‘ladim”, deydi aktrisa.

    Foto:Bollywoodtime


    Janubda muvafaqqiyat qozonganidan so‘ng, Jaya 1979-yilda Rishi Kapur bilan “Qo‘shiqlar ritmlari” filmida roli bilan Bollivudda muvafaqqiyatga erishdi. Bu uch yil oldin chiqarilgan va ikkita Milliy kino mukofotiga sazovor bo‘lgan telugu tilidagi filmning remeyki edi.

    Foto:Bollywoodtime

    Jaya Prada o‘zining birinchi hind filmida rol o‘ynaganida, ko‘plab insonlar aktrisaning Bollivudda o‘z o‘rnini topa olmasligini, u yerda hech narsa qila olmasligini, chunki hind tilida birorta so‘z bilmasligini aytgan. Biroq Jaya shunchalik qat’iyatli ediki, bir necha yil ichida u hind tilini o‘rgandi va 1982-yilda mustaqil ravishda Rakesh Roshan bilan “Dangasa” filmidagi rolini ijro etdi. Bundan tashqari, u keyinchalik bengal tilini o‘rgandi va bu tilda bir nechta loyihalarda rol o‘ynadi.

    Foto:Bollywoodtime

    Aktrisa ishtirokidagi “Shafqatsiz taqdir” filmidagi ona va qiz roli Jayaning karyerasidagi eng yaxshi rollaridan biri hisoblanadi. Jaya kinoda mashhurlikka erishganidan keyin oilali prodyuser Shrikant Nahatni yaxshi ko‘rib qoldi va uning bu qilmishi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. Prodyuser rafiqasining qarshiliklariga va uch farzandining ko‘z yoshlariga qaramay, 1989-yilning 22-fevral sanasida aktrisa bilan turmush qurdi.

    Foto:Bollywoodtime


    Oradan ko‘p yillar o‘tgach, Jaya Prada: “Erkakning hayotida “boshqa ayol” bo‘lish juda jarohatli holat. Bu qanchalik og‘riqli va tahqirli ekanini tasavvur ham qila olmasdim. Men Shrikant uchun hamma narsadan voz kechdim, biroq boshqalardan olganim faqat haqorat va masxara qilish edi. Menga “jazman” tamg‘asini qo‘yib, orqamdan kulishdi”, — deb aytgan.
    Jaya Prada 1994-yilda “Mamlakat partiyasi” deb nomlangan Telugu partiyasiga qo‘shildi va rasman siyosatchi bo‘ldi. Hayot uni tez-tez sinovdan o‘tkazdi. Aktrisaning nikohi buzildi, partiyada bo‘linish yuz berdi va u saylovlarda yutqazdi. “Men hech narsasiz qoldim — aktyorlik va siyosatdan ayrildim. Faqat bitta: o‘z jonimga qasd qilish istagi bor edi. Biroq bir kuni ertalab o‘rnimdan turib o‘zimga kurashishga va’da berdim.

    Foto:Bollywoodtime

    Hozirgi kunda Jaya Prada mamlakatning siyosiy hayotida faol, u ba’zida turli realiti-shoularda mehmon sifatida ishtirok etadi va 2022-yilda “Simarning ikkinchi oilasi” hind serialida epizod rolni ijro etdi.

    28.08.2024, 16:35   Izoh (0)   26604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mehribonginam” filmidagi Kishan obrazini yaratgan kichkintoy hozir qanday ko‘rinishda? (foto) 

    14.08.2024, 14:57

    Gollivudning mashhur aktyor bolalari qayerga g‘oyib bo‘ldi va ular hozir qanday ko‘rinishda?

    26.08.2024, 14:35

    “Muhtasham yuz yil” serialida Doya Xotun rolini ijro etgan aktrisa Selma Kechik hozir qanday ko‘rinishda?

    27.08.2024, 16:15

    93 kilogacha ozgan mashhur turk aktrisalari: ular oldin qanday ko‘rinishda edi? (foto)

    28.08.2024, 15:21

    O‘zingga ishon: imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini isbotlagan mashhur film qahramonlari

    28.08.2024, 13:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.