• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Aholi orasida daromadi oshishini kutayotganlar kamayib, xarajatlari o‘sishiga ishonganlar ko‘paydi — Markaziy bank

    Markaziy bank aholi isteʼmol kayfiyati bo‘yicha navbatdagi sharhini eʼlon qildi. Qayd etilishicha, joriy yil iyul oyida o‘tkazilgan so‘rovlarda 3 ming 100 nafardan ortiq aholi qatnashgan. Natijalarga ko‘ra, aksariyat aholi vakillari kelgusi 12 oyda O‘zbekistondagi iqtisodiy sharoitlar joriy darajada shakllanishiga ishongan.

    Infografika: Markaziy bank

    Daromadlari ortishi va kamayishini kutayotganlar

    So‘rovda qatnashganlar joriy yil II chorakda kelgusida daromadlari oshishi bo‘yicha kutilmalari pasayganini maʼlum qilgan.

    Daromadlari o‘zgarmasligini qayd etganlar ulushi 1,4 foiz bandga ortib, umumiy respondentlarning 26,4 foizini tashkil etgandi. Kelgusida daromadlari kamayishini taʼkidlaganlar ulushi 10 foiz darajasida shakllangan. Daromadlarining o‘zgarishsiz qolishini yoki kamayishini kutayotganlar ulushi ko‘paygan.

    Aprel–may oylarida 1-chorakdagiga nisbatan barcha daromad guruhlarida daromadlar ko‘payishi bo‘yicha kutilmalar biroz pasaygan. Daromadlar kamayishini kutayotganlar ulushi 10 foiz darajasida past saqlanib qolmoqda.

    Infografika: Markaziy bank
    “Bunda, 10 million so‘mgacha daromadli respondentlar orasida kelgusida daromadlari kamayishini kutayotganlarning ulushi oshgan. Shuningdek, ushbu daromad guruhlarida kelgusida daromadlari o‘zgarmasligini taʼkidlaganlar ulushi esa ko‘paygan. Respondentlarning 68 foizi (o‘tgan chorakda 75 foiz) rasmiy ish xaqidan daromad olishini taʼkidlagan. Tadbirkorlik, tomorqa faoliyati hamda pul o‘tkazmalari orqali daromad oluvchilarning ulushi ortgan”, deyiladi sharhda

    So‘rov natijalariga ko‘ra, turizm, maishiy xizmat, tashish xizmatlari va qishloq xo‘jaligi sohalarida daromadlarning kelgusida oshishi bo‘yicha ijobiy kutilmalar yuqoriroq shakllanmoqda. Shu bilan birga, davlat boshqaruvi, bank-moliya, kommunal xizmatlar va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchilar kelgusida daromadlarining kamroq oshishini kutmoqda.

    Xarajatlari ortishini kutayotganlar ko‘p

    Markaziy bankka ko‘ra, kelgusi choraklarda aksariyat respondentlar xarajatlari ko‘payishini kutmoqda.

    Infografika: Markaziy bank

    Joriy yil II chorakda xarajat subindeksi yuqori darajada saqlanib, 77,7 bandni tashkil etgan. Xususan, respondentlarning deyarli 77 foizi kelgusi 12 oyda xarajatlari ko‘payishini bildirgan. O‘tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 80 foizga teng bo‘lgan. Bu esa isteʼmolchilarning kelgusidagi xarajatlari o‘zgarishi bo‘yicha optimistik kutilmalari saqlanib qolayotganligini ko‘rsatadi.

    “Kelgusida xarajatlarining o‘zgarmasligini taʼkidlaganlar ulushi 16,4 foizni, xarajatlarning kamayishini kutayotganlar esa 6,9 foizni tashkil etgan. Kelgusi xarajatlari ko‘payishi bo‘yicha nisbatan yuqori ko‘rsatkich ko‘proq daromadli (10 million so‘mdan yuqori) aholi vakillari tomonidan qayd etilgan (80-87 foiz). Qolgan daromad vakillarida ham 80 foizga yaqin respondentlar xarajatlari ko‘payishini maʼlum qilgan”,  deya qayd etgan regulyator.
    Infografika: Markaziy bank

    Aholi tomonidan kelgusi chorakda yirik xarajatlar guruhlari o‘rganilganda, so‘rov ishtirokchilari asosan, uy-joy taʼmirlash, sayohat, taʼlim, sog‘liqni tiklash, to‘y marosimlari, uy-joy va avtomobil xaridi kabi yirik xarajatlarni rejalashtirgani maʼlum bo‘lgan.

    Pul jamg‘arish moyilligi pasaydi

    Aholining jamg‘arishga bo‘lgan moyilligi so‘nggi ikki chorak davomida maʼlum darajada pasaydi. Joriy yilning II choragida jamg‘arish kayfiyati bo‘yicha subindeks ko‘rsatkichi o‘tgan chorakka nisbatan 1,3 foiz bandga pasayib, 67,1 bandni tashkil etgan. Kelgusida jamg‘armalari miqdori oshishini kutayotgan respondentlar ulushi ham 2,9 foiz bandga kamayib, 60,3 foizni tashkil etgan.

    Infografika: Markaziy bank

    Kelgusida jamg‘armalari o‘zgarmasligini bildirganlar ulushi avvalgi chorakka nisbatan 1,5 fozi bandga ortib, 25,6 foizni, jamg‘armalari kamayishini kutayotganlar ulushi esa avvalgi chorakka nisbatan 1,4 foiz bandga ko‘payib, 14,1 foizni tashkil etdi.

    “Shu o‘rinda, aholining kreditlari va qarz yuki ortib borayotgani fonida isteʼmol xarajatlari tarkibida o‘zgarishlar kuzatilayotgani ham jamg‘arish kayfiyatiga maʼlum darajada taʼsir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin”,  qayd etgan Markaziy bank.

    Iqtisodiyot bo‘yicha kutilmalar

    So‘rovda ishtirok etgan aksariyat respondentlar kelgusi 12 oydagi iqtisodiyot istiqboli bo‘yicha ijobiy kutilmalarni bildirgan. Jumladan, so‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 57 foizi kelgusida mamlakat iqtisodiyoti yaxshilanishiga ishonch bildirgan bo‘lsa, 29 foizi iqtisodiyotning joriy holati saqlanib qolishini taʼkidlagan.

    Infografika: Markaziy bank

    O‘rta muddatli iqtisodiy kutilmalarda kichik pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, so‘rov ishtirokchilarining uchdan ikki qismi kelgusi 3 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borishini kutmoqda.

    19.08.2024, 21:26   Izoh (0)   10597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Go‘sht va guruch qimmatlashib, shakar arzonlashdi: bozor narxlaridagi asosiy o‘zgarishlar

    02.08.2024, 18:03

    Davlat byudjeti taqchilligi ortishda davom etmoqda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    14.08.2024, 18:28

    O‘zbekistonda valyuta almashuv kursiga qaysi omillar taʼsir etayotgani maʼlum qilindi

    15.08.2024, 18:34

    “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi” — Laziz Qudratov ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar haqida

    19.08.2024, 20:20

    O‘zbekistonda ikkita avtokorxona xususiylashtiriladi

    18.08.2024, 16:55

    Investorlar O‘zbekistondan davlat xaridlarida shaffoflikni oshirish, mulk huquqini himoya qilishni kutmoqda — AQSH davlat departamenti

    16.08.2024, 15:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.