• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    Kinoda yarq etib ko‘ringan va keyin “yo‘qolib qolgan” aktrisalar (foto)

    Kino olamida yarq etib ko‘zga ko‘ringan-u, qandaydir sabablar bilan ko‘rinmay qolgan ijodkorlar ko‘p. Aslida, ko‘pchilik erishgan muvaffaqiyatini davom ettirishni istaydi. Ammo boshiga qo‘ngan omad qushini ushlab qolishni istamaydiganlar ham bor.

    “Seni izlab”dagi Nargiza

    Kollaj: “Daryo”

    1989-yili o‘tkazilgan “O‘zbekiston malikasi” tanlovida g‘olib bo‘lgan Nargiza Olimova ham raqqosa sifatida elga tanilgan. U 1991-yili birinchi marta bo‘lib o‘tgan Mustaqillik bayramida “Humo qushi” raqsini ijro etadi. Davlat tadbiridagi raqsi bilan ham muxlislar orttiradi.

    1991-yil shoira va adiba Saida Zunnunovaning “Go‘dak hidi” hikoyasi asosida suratga olingan “Seni izlab” filmi uchun o‘tkazilgan kastingda qatnashadi. Lola Eltoyeva, Raʼno Zokirova, Madina Muxtorova kabi ko‘plab aktrisalar ishtirok etgan sinovdan omadli o‘tib, rolga tasdiqlanadi. Bu rol uni aktrisa sifatida xalqqa tanitadi.

    Nargiza Olimova aktrisalikni davom ettirmagan bo‘lsa-da, madaniyat sohasida ishlaydi.

    “Ko‘ngil ko‘chalari”dagi Suqsur

    Kollaj: “Daryo”

    Aktrisa Go‘zal Fayziyeva 27 yil avval efir yuzini ko‘rgan “Ko‘ngil ko‘chalari” serialida Suqsur roli bilan tomoshabinlar eʼtiborini qozongan.

    — Aslida, Suqsur ilk rolim emasdi. Institutning 3-kursida tahsil olayotganimda Tolib Hamidov rejissyorligidagi “Qabrdagi xazina” nomli 4 qismli videofilmda asosiy qahramon Dilorom rolini ijro etganman. Uchinchi kursda o‘qiyotganimda satira teatriga ishga qabul qilindim. Orada bir necha yil ishlab, bolalikdagi orzularimni ro‘yobga chiqarish uchun O‘zbek davlat drama teatri (Yosh gvardiya)ga ishga o‘tdim. “Ko‘ngil ko‘chalari” serialiga taklif etilganda teatr aktrisasi edim.

    Aktrisa bu rolidan keyin deyarli kinoda suratga tushmadi. U bor eʼtiborini teatrdagi faoliyatiga qaratdi.

    “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona

    Kollaj: “Daryo”

    “Muhabbat sinovlari” filmidagi Ruxshona roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Lobar Polvonova negadir aktrisalik faoliyatini davom ettirishni istamadi. So‘nggi rolini 2006-yili “Hayot-mamot” filmida ijro etdi. U 2005-yildan buyon Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida liboslar bo‘yicha rassom bo‘lib ishlab kelmoqda. “Alisher Navoiy” spektakli va “Faust” operasi uchun yaratgan liboslari tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

    Negadir u omma eʼtiborida bo‘lish va aktrisalik faoliyati haqida intervyu berishni istamaydi. Shaxsiy hayoti bilan bog‘liq maʼlumotlarni ham sir saqlaydi.

    “Tubanlik” filmidagi Dilroz

    Kollaj: “Daryo”

    Asli farmatsevtika sohasida tahsil olgan Ziyoda Xudoyqulova kichik tasodif sabab kino olamiga kirib qolgan. Rejissyor Hilol Nasimov Lola Eltoyevaga o‘xshashligi sabab uni “Tubanlik” filmiga taklif etgan. Film katta muhokamalarga sabab bo‘ldi va aktrisaga ikkinchi filmda ham rol ijro etish baxti nasib etdi. U Alisher Uzoqovning “Kuzda gullagan daraxt” filmida suratga tushdi.

    Bundan tashqari, u Shahzodaning “Shunchaki”, “Men o‘sha”, Oybek va Nigoraning “Xavotirdaman” kliplarida ham suratga tushgan. Oilali bo‘lgach, sanʼatni butunlay tark etdi va farzand tarbiyasi bilan band.

    “Kichkina tabib”dagi Shahnoza

    Kollaj: “Daryo”

    O‘zbekiston xalq artisti Saida Mansurxo‘jayeva 16 yoshida reklama roligida suratga tushadi. Ammo bu loyihadagi ishtiroki omadsiz chiqadi. Biroz vaqt o‘tib, aniqrog‘i, 1996-yilda rejissyor Po‘lat Fayziyev “Marg‘iyona” filmiga taklif etadi. Kartinadagi roli unga omad olib keladi va 1998-yil Zulfiqor Musoqovning “Kichkina tabib”ida Shahnoza rolini o‘ynaydi.

    Saida Mansurxo‘jayeva 2006-yilda yaratilgan “Go‘zallik siri” filmidagi rassom qiz roli orqali aktrisa sifatida yanada taniladi. Uning qahramoni Laylo mashhur rassom va dizaynerga aylanib, Fransiyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadi va shuhrat qozonadi.

    Oradan ancha vaqt o‘tib, “Mehmonxona” serialida ham suratga tushgan ijodkor “Saida” nomli professional raqs maktabida yoshlarga raqs sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

    “Jurnalist” serialidagi Umida

    Kollaj: “Daryo”

    2019-yili efirga uzatilgan “Jurnalist” seriali ko‘plab yosh ijodkorlarni xalqqa tanitdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shulardan biri — Madina Nig‘matullayeva. Serialda Umida rolini ijro etgan Madina aslida hayotda muxbir sifatida faoliyat yuritardi. Unga serialdagi ishtiroki ko‘proq omad olib keldi.

    Ammo u aktrisalikni davom ettirishni istamadi. Oila qurgach, bor eʼtiborini psixologiya sohasiga qaratdi. Hozirgi kunda uning psixologik markazi bor. U sportchi aktyor Mahmud Tursunov bilan oila qurgan, ularning bir qizi bor.

    “Yodgor”dagi Sanobar

    Kollaj: “Daryo”

    Hilol Nasimov rejissyorligidagi “Yodgor” filmi 2003-yilda suratga olingan. Unda Sanobar rolini ijro etgan Kamola Umarxo‘jayeva esa shu rolidan keyin AQSHga ko‘chib ketgan va undan keyin birorta filmda suratga tushmagan.

    — Amerikaga 2004-yilda til o‘rganish uchun kelganman. Bu mamlakatga kelganimda ingliz tilini umuman bilmasdim. Noldan boshlab o‘rganganman. Keyin turmush qurdim, farzandli bo‘ldim. Ikki farzandli bo‘lganimizda turmush o‘rtog‘im bilan ajrashdik. U bilan hozir ham do‘stona munosabatdamiz. Keyin ikkinchi marta oila qurdim. Hozirgi turmush o‘rtog‘im suriyalik. Ular ancha yillar oldin AQSHga ko‘chib kelgan. U shu yerda ulg‘aygan. Hozirda uch o‘g‘il va bir qizim bor, — deydi Kamola Umarxo‘jayeva.

    “Tohir va Zuhra” filmidagi Zuhra

    Kollaj: “Daryo”

    “Tohir va Zuhra” musiqiy filmi 1999-yilda suratga olingan. Unda bosh rollarni Tohir Sodiqov (Tohir) va Parizoda Bo‘rixo‘jayeva (Zuhra) ijro etgan.

    Kartinada Zuhra obrazini yaratgan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva kino sohasidagi muvaffaqiyatidan so‘ng Doston Ubaydullayevning “Tug‘ilgan kuning”, “Yagonam” kabi kliplarida suratga tushgan. Shundan so‘ng tomoshabinlar aktrisani boshqa birorta klip yoki filmda ko‘rmadi.

    — “Tohir va Zuhra” filmida rol ijro etganimda 14-15 yoshda edim. Kinoga kirib kelishim tasodifan yuz bergan. Hech qachon aktrisa bo‘laman, deb o‘ylamasdim. U paytgacha bir nechta qo‘shiq aytgan edim, shou-biznesga qiziqardim. Umuman olganda, sanʼat men uchun begona emasdi. Otam Alisher Eshonxo‘jayev katta davlat bayramlarida rejissyor bo‘lganlar. Shuning uchun yoshligim sahnada, studiyada o‘tgan desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun sanʼat meni o‘ziga rom etgan.

    Sahnaga chiqqanimda rejissyorlar meni ko‘rib, shu qiz to‘g‘ri keladi, deb o‘ylashgan. Filmga juda katta kasting bo‘lgan. Lekin men borgan kunim o‘sha kunning o‘zidayoq bu rolga meni tanlashgan, deydi u.

    Parizoda Bo‘rixo‘jayeva ayni kunda fotograf va teleboshlovchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

    “Anora” filmidagi Anora

    Kollaj: “Daryo”

    Aktyor Murod Rajabov 2006-yili “Anora” nomli filmni suratga oladi. Film onasi o‘limidan keyin ko‘plab qiyinchiliklarga uchragan Anora haqida. Rolga debyutant aktrisa Fotima Vohidova tanlab olinadi.

    — Bolaligimdan Yulduz Usmonovaga havas qilib kelaman, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qiyman, derdim. Maktab tadbirlarining birida mashhur sanʼatkorlar davrasida qo‘shiq kuylab qoldim. Ular orasida Murod Rajabov ham bor edi. Tabiatan juda sho‘x qiz edim, ustozlarga ham Konservatoriyaga kirishni xohlashimni aytdim. Shunda Murod Rajabov musiqadan, notalardan xabarim bor-yo‘qligi haqida so‘rab, aktyorlik sohasidan ketishimni maslahat berdi. Ustozning maslahati bilan 11-sinfni tugatib, dadam bilan Toshkentga keldik.

    O‘zbekiston Sanʼat va madaniyat universitetiga o‘qishga kirdim. O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizovning aktyorlik kursiga qabul qilindim. Avvaliga “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi” kabi seriallarda kichik epizod rollarni o‘ynab yurdim. Bir kuni Murod Rajabov institut yo‘lagida ko‘rib, film suratga olayotgani haqida aytib, kastingga borishimni so‘radi. Ishonsangiz, borgim kelmadi, sababi chiroyli aktrisalar ko‘p edi, baribir qabul qilishmaydi, deb o‘yladim. Lekin ustozning ra’ylarini qaytarmay, kastingga borib, qo‘shiq kuylab berdim. Kastingda chiroyli aktrisalar ishtirok etgandi, rolga tasdiqlanishimga ishonmadim. Ammo bir haftadan keyin rolga tasdiqlanganimni aytishdi. “Meni tasdiqlashmagan, shunchaki hazillashishdi”, deb bir haftagacha ishonqiramay yurdim, deydi aktrisa.

    Fotima Vohidova turkiyalik yigit bilan oila qurgan. Ularning qizalog‘i bor.

    “Tutash taqdirlar”dagi Raʼno

    Kollaj: “Daryo”

    2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Tutash taqdirlar” serialida raqqosa qiz Raʼno rolini ijro etgan debyutant Nafisa Mamadiyorovaga mazkur loyiha chinakam mashhurlik olib kelgan.

    — “Tutash taqdirlar”da rol o‘ynashim juda qiziq kechgan. Hamma qizlar serialda suratga tushishga intilsa, men biror marta ham orzu qilmaganman. Farg‘ona davlat sanʼat bilim yurtini bitirib, O‘zbekiston Qurolli kuchlar ansamblida raqqosa bo‘lib ishlardim. Bir kuni ustozim Ziyoda Madrahimovaning oldiga rejissyor Zamira Begimqulova kelib, rol uchun raqqosa qiz izlayotganini aytibdi. Shunda ustozim “Mayli, qizlarni ko‘ring, mos kelganini aytarsiz”, debdi. Zamira opa ancha vaqt mashg‘ulotimizni ko‘rib, keyin Ziyoda Madrahimovaga mening tashqi ko‘rinishim maʼqul kelganini taʼkidlagan. Ziyoda opa kulib, “Men ham sizga Nafisani tavsiya qilmoqchi edim”, degan ekan. Rosti, serialda suratga tushishni umuman istamadim. Shunda ustozim, “Men yoningda bo‘laman, raqqosa qizning ichki kechinmalarini ochib berishing kerak”, deb tushuntirgandan keyin rolga rozi bo‘lganman.

    Suratga olish jarayonlari oson kechmagan. Hayotda otasiz o‘sganim uchun ota bilan qiz o‘rtasida qanday munosabat bo‘lishini bilmasdim. Shu bois marhum sanʼatkor Hoshim Arslonovni biroz qiynab qo‘yganman. Keyin yig‘lash sahnalari qayta-qayta suratga olinishiga to‘g‘ri kelgan, deydi u.

    Ayni damda u harbiy ansamblda raqqosa sifatida ishlaydi, ammo kino va seriallarda suratga tushishni istamaydi.

    “Panoh”dagi Gulnoza

    Kollaj: “Daryo”

    “Panoh” filmidagi va Ozoda Nursaidovaning “Yor-yor” klipidagi ishtiroki bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Muborak Ashurboyeva ham san’atni butunlay tark etgan. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning to‘rt nafar farzandi bor va turmush o‘rtog‘i uning san’at sohasida faoliyat yuritishini istamaydi.

    16.08.2024, 17:12   Izoh (0)   51887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tohir va Zuhra” filmi bilan tanilgan aktrisa Parizoda hozir qayerda va nima bilan band?

    09.10.2020, 19:56

    “Tubanlik”dagi Dilroz — aktrisa Ziyoda Xudoyqulova nega kinoni tark etdi? (foto)

    05.11.2020, 11:24

    “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Mehrobdan chayon” seriallari rejissori Mahkam Muhammedov olamdan o‘tdi

    05.02.2021, 10:59

    “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)

    21.10.2021, 13:54

    “Tutash taqdirlar”, “Zebuzar” va raqqosalar bosh rollarni ijro etgan boshqa mashhur film va seriallar (video)

    14.04.2022, 17:41

    “Dushmanliklar ko‘p bo‘ldi”. “Seni izlab” filmi yulduzi Nargiza Olimova aktrisa bo‘lishni istamagani va 25 yil raqqosalik qilgani haqida (foto)

    08.11.2022, 18:48

    Hilol Nasimov 61 yoshni qarshiladi. Rejissor nima uchun filmlaridagi bosh qahramon rolini faqat o‘g‘liga beradi?

    12.02.2024, 10:50

    Instagram: Ozoda Nursaidovaga singlisi BMW sovg‘a qildi, Munisa Rizayeva uyini, Jahongir Otajonov avtomobilini sotmoqda

    07.05.2024, 10:50

    “Aktrisa chiroyli bo‘lishi shart emas, uning yuragi ishlashi kerak”. “Anora” filmi bilan tanilgan Fotima Vohidova bilan suhbat (video) 

    22.05.2024, 15:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiya bosh vaziri Samarqandga keladi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:55

    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

    Reklama | 26 may, 09:00

    Isroilning G‘azodagi maktabga hujumida 25 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 26 may, 09:49

    BAA O‘zbekiston va Qirg‘izistonga qarshi bahs uchun qaydnomasini ma’lum qildi (foto)

    Sport | 26 may, 09:39

    Toshkentda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik bo‘yicha 20 dan ortiq kelishuvlar imzolandi

    O‘zbekiston | 26 may, 09:27

    Kilian Mbappe “Oltin butsa” sovriniga ega chiqdi

    Sport | 26 may, 09:22

    Talabalarni birlashtirgan mega-loyiha

    O‘zbekiston | 26 may, 09:21

    Putindan intervyu olgan, Nyu York kanalizatsiyasini tozalagan: supermodel Naomi Kempbell haqida kutilmagan ma’lumotlar

    Shou-biznes | 26 may, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.