• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Tutash taqdirlar”, “Zebuzar” va raqqosalar bosh rollarni ijro etgan boshqa mashhur film va seriallar (video)

    San’at olamini tanlagan kishi borki, o‘zini shu sohaning boshqa yo‘nalishlarida ham sinab ko‘rgisi keladi. O‘zbek raqqosalari orasida bir qancha kino va kliplarda suratga tushib, aktrisa sifatida ham o‘z muxlislarini topganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. “Daryo” omadli loyihalarda qatnashib, aktrisalik qilgan raqqosalarni bir sahifaga jamladi.

    “Tutash taqdirlar”dagi Ra’no

    2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Tutash taqdirlar” serialida raqqosa qiz Ra’no rolini ijro etgan debyutant Nafisa Mamadiyorovaga mazkur loyiha chinakam mashhurlik olib kelgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Tutash taqdirlar”da rol o‘ynashim juda qiziq kechgan. Hamma qizlar serialda suratga tushishga intilsa, men biror marta ham orzu qilmaganman. Farg‘ona davlat san’at bilim yurtini bitirib, O‘zbekiston Qurolli kuchlar ansamblida raqqosa bo‘lib ishlardim. Bir kuni ustozim Ziyoda Madrahimovaning oldiga rejissyor Zamira Begimqulova kelib, rol uchun raqqosa qiz izlayotganini aytibdi. Shunda ustozim “Mayli, qizlarni ko‘ring, mos kelganini aytarsiz”, debdi. Zamira opa ancha vaqt mashg‘ulotimizni ko‘rib, keyin Ziyoda Madrahimovaga mening tashqi ko‘rinishim ma’qul kelganini ta’kidlagan. Ziyoda opa kulib, “Men ham sizga Nafisani tavsiya qilmoqchi edim”, degan ekan. Rosti, serialda suratga tushishni umuman istamadim. Shunda ustozim, “Men yoningda bo‘laman, raqqosa qizning ichki kechinmalarini ochib berishing kerak”, deb tushuntirgandan keyin rolga rozi bo‘lganman.

    Suratga olish jarayonlari oson kechmagan. Hayotda otasiz o‘sganim uchun ota bilan qiz o‘rtasida qanday munosabat bo‘lishini bilmasdim. Shu bois marhum san’atkor Hoshim Arslonovni biroz qiynab qo‘yganman. Keyin yig‘lash sahnalari qayta-qayta suratga olinishiga to‘g‘ri kelgan, — deydi u.

    Nafisa Mamadiyorova mazkur serialdagi ijrosidan keyin kino olamida ko‘rinmay ketganiga quyidagicha izoh berdi:

    — “Tutash taqdirlar” ommaga taqdim etilgach, turmushga chiqdim. Undan keyin ham bir-ikki marta rollarga taklif etishdi. Ammo oilaviy sharoitim sabab ularni rad etdim. Chunki turmushga chiqqan ayolning o‘ziga yarasha shirin tashvishlari ko‘p bo‘ladi. Agar “dekret” ta’tillarini inobatga olmasa, ijodni to‘xtatmaganman. Shunchaki bor e’tiborimni o‘z kasbim — raqqosalikka qaratganman.

    “Marg‘iyona”dan “Mehmonxona”gacha

    O‘zbekiston xalq artisti Saida Mansurxo‘jayeva 16 yoshida reklama roligida suratga tushadi. Ammo bu loyihadagi ishtiroki omadsiz chiqadi. Biroz vaqt o‘tib, aniqrog‘i, 1996-yilda rejissor Po‘lat Fayziyev “Marg‘iyona” filmiga taklif etadi. Kartinadagi roli unga omad olib keladi va 1998-yil Zulfiqor Musoqovning “Kichkina tabib”ida Shahnoza rolini o‘ynaydi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Saida Mansurxo‘jayeva 2006-yilda yaratilgan “Go‘zallik siri” filmidagi rassom qiz roli orqali aktrisa sifatida yanada taniladi. Uning qahramoni Laylo mashhur rassom va dizaynerga aylanib, Fransiyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadi va shuhrat qozonadi.

    Oradan ancha vaqt o‘tib, “Mehmonxona” serialida ham suratga tushgan ijodkor “Saida” nomli professional raqs maktabida yoshlarga raqs sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

    Aktrisa sifatida tanitgan “Zebuzar”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhabbat Qurbonova ham bir qancha kinolarda aktrisalik mahoratini sinovdan o‘tkazgan. U “Zebuzar” kartinasida odam savdosi qurboniga aylanib, nomusi toptalgan qahramon, ya’ni Zebuzar rolini ijro etadi va aktrisa sifatida taniladi. Ijodkor kino olamiga kirib kelishi haqida shunday deydi:

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — 2004-yili “Bir kam dunyo” teleserialiga kastingga chaqirishgan. Saksondan ziyod professional aktrisalar orasida omadim kulib, sinovdan o‘tganman. Bu ilk rolim edi. Aktrisalik qobiliyatimni ilg‘agan rejissor Sanjar Boboyev aktyorlik bo‘yicha o‘qishimni maslahat bergan. Uning fikridan so‘ng oila a’zolarim bilan maslahatlashib, hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga birinchi yiliyoq o‘qishga kirganman. Talabalik davrimda rejissor Oybek Veysal o‘g‘li “Muhabbatim — qismatim” teleserialiga taklif qilgan.

    Mazkur kartinadan so‘ng Nabi Hoshimovning “Zebuzar” filmida bosh rolni ijro etganman. Ushbu kartina katta ekranlarga chiqqach, ko‘cha-ko‘yda ayollar ko‘rib qo­lishsa, “Peshonang bunchalik sho‘r bo‘lmasa-ya?!”, deb achinib gapirardi. “Qaytib bu kabi rollarni o‘ynamang”, deganlar ham bo‘lgan. Ayrimlarning “Rolingizning tarbiyaviy ahamiyati bor, bunday obrazlarni ham kimdir o‘ynashi kerak-ku!”, degan fikrlarini eshitib, xursand bo‘lganman. Lekin rolimni o‘ynashdan cho‘chimaganman. To‘g‘ri, ba’zi sahnalarda uyalganman. Ammo aktrisa sifatida uni rad etishga yoki suratga olish jarayonida rolga nisbatan injiqlik qi­lishga haqqim yo‘q edi, nazarimda.

    “Sen yetim emassan”dagi Barno

    O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova “Sen yetim emassan” va “Oq yolli ot haqida ballada” kinokartinalarida rol o‘ynagan. U ilk rolini 1962-yili O‘zbekiston san’at arbobi Shuhrat Abbosov suratga olgan “Sen yetim emassan” filmida ijro etgan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — O‘sha paytlar raqs maktabida o‘qirdim, 12 yoshda edim. Filmda suratga tushishga ko‘p­lab nomzodlar bor edi. Ularning orasidan tanlab olinganimdan keyin mas’uliyati ham shunga yarasha bo‘lgan. So‘zlarni yurakdan aytish, qahramonim Barnoning xatti-harakatlarini ishonarli ifodalash, voqelikning ichiga kirish talab etilardi. Suratga olish maydonchasiga borishim uchun o‘qituvchilarim ruxsat bermagan paytlar ham bo‘lgan. Ba’zan bundan juda ranjirdim, — deydi Malika Ahmedova.

    Rushana Sultonova

    “Sanam” raqs ansamblining rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova faoliyati davomida ikkita filmda qatnashgan. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida o‘qib yurgan kezlari, ya’ni 1980-yili “O‘zbekfilm” rejissorlari tomonidan o‘tkazilgan kastingda ishtirok etadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, “Komila” nomli filmda Guli rolini talqin qiladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    1986-yili “Tojikfilm” kinostudiyasi tomonidan “Ming bir kecha” ertagi asosida “Shahrizodaning yangi ertagi” filmida suratga tushadi. Tohir Sobirov rejissorligidagi mazkur kartinada bosh baletmeyster Galiya Izmaylova bo‘ladi. Uning taklifi bilan epizodik rolga tasdiqlangan Rushana filmda arabcha raqs ijro etadi. “Shahrizodaning yangi ertagi” Qrim va Dushanbeda tasvirga olingan.

    Parizoda

    “Nihol” mukofoti sovrindori Parizoda ilk marta “Sevgi — bu hayot” kinosida rol o‘ynagan. Biroq film kutilganidek muvaffaqiyatli chiqmagan. Shunga qaramay, u aktrisalik mahoratini oshirish maqsadida turli seriallarda suratga tushgan. Lekin uni xalqqa kliplardagi rollari va raqslari tanitgan.

    “Seni izlab”dagi Nargiza

    1989-yili o‘tkazilgan “O‘zbekiston malikasi” tanlovida g‘olib bo‘lgan Nargiza Olimova ham raqqosa sifatida elga tanilgan. U 1991-yili birinchi marta bo‘lib o‘tgan Mustaqillik bayramida “Humo qushi” raqsini ijro etadi. Davlat tadbiridagi raqsi bilan ham muxlislar orttiradi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    1991-yil shoira va adiba Saida Zunnunovaning “Go‘dak hidi” hikoyasi asosida suratga olingan “Seni izlab” filmi uchun o‘tkazilgan kastingda qatnashadi. Lola Eltoyeva, Ra’no Zokirova, Madina Muxtorova kabi ko‘plab aktrisalar ishtirok etgan sinovdan omadli o‘tib, rolga tasdiqlanadi. Bu rol uni aktrisa sifatida xalqqa tanitadi.

    Nargiza Olimova keyinchalik “Qasamyod kuni” kinosi va “Yodgor” serialida ham rol o‘ynagan.

    Salbiy rollar ijrochisi Gulshan Qurbonboyeva

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulshan Qurbonboyeva raqqosalikdan tashqari qator kinoloyihalarda ham suratga tushgan. “Marg‘iyona”, “Yulduzingni ber osmon” filmlari va “Charxpalak” teleserialida qatnashgan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Asosan salbiy va yengiltabiat ayollar rolini talqin qilgan raqqosa rejissor Rustam Sa’diyev bilan ko‘proq hamkorlik qilgan. Xususan, Yulduz Usmonovaning “Achom-achom” qo‘shig‘i klipida va “Muhabbat sinovlari-1”, “Baron-2” kinolarida rol ijro qilgan.

    Gulshan Qurbonboyeva katta va o‘rta avlod vakillariga yaxshi tanish. U 20 yildan buyon Amerikada yashab, faoliyat yuritayotgani tufayli yosh avlod deyarli tanimaydi.

    Kliplar orqali tanilgan Zarina Yo‘ldosheva

    Keyingi paytlarda mashhur xonandalarning kliplarida faol bo‘layotgan yosh iste’dod egasi Zarina Yo‘ldosheva ham aslida raqqosa bo‘lib, u Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini tamomlagan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — 2017-yili ansamblimiz bilan Yulduz Usmonovaning “Ey aziz inson” konsert dasturida ishtirok etganmiz. Yulduz opa sozandalar bilan mashq qilayotganida bir chetda zavqlanib qo‘shiqqa raqs tushganman. Shunda Yulduz opa yonlariga chaqirib, shu qo‘shiqqa yakka raqs tushsin, degan.

    Bir necha oydan so‘ng, yarim kechasi Yulduz Usmonovaning ma’muri qo‘ng‘iroq qilib, qaysidir aktrisa klip syomkasiga kelolmagani va o‘rniga men suratga tushishimni aytdi. Rosti, bu taklifga ko‘nishim oson bo‘lmadi. Suratga olish ishlari bor-yo‘g‘i 30-40 daqiqa davom etdi. Syomkadan so‘ng klipdagi epizodim uchun 50 dollar berishdi. Bu 17 yoshimgacha topgan eng ko‘p pulim edi. Mana shu voqeadan so‘ng kliplardan taklif tushsa, rad etmaydigan bo‘ldim, — deydi Zarina Yo‘ldosheva.

    U xonanda Ziyodaning “Tor ko‘cha” klipi orqali tomoshabinlar e’tiboriga tushdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Men seni sevaman”, Ulug‘bek Rahmatullayevning “Bilmadi” kabi ko‘plab taronalarga olingan kliplarda rol o‘ynagan. Aktrisalikka qiziqishi ortgan Zarina “O‘jar homilador” serialida bosh rolni ham ijro etgan.

     

    Mavzuga doir:

    • Zarina Nizomiddinova, Rayhon Ulasenova va o‘zbek shou-biznesidagi faoliyatini raqqosalikdan boshlagan boshqa mashhurlar (foto)
    • Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (foto)
    14.04.2022, 17:41   Izoh (0)   38853
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud aktrisasi Keyt Uinslet qizi bilan bir filmda suratga tushadi

    14.04.2022, 12:39

    “Kalmar o‘yini” seriali muallifi ikkinchi mavsumda ikkita bosh qahramon qaytishini e’lon qildi

    13.04.2022, 20:46

    Bryus Uillis, Ketrin Zeta-Jons: kasallik tufayli karyerasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)

    12.04.2022, 11:30

    Psixologik treninglardan ham ko‘proq foyda beruvchi 8 ajoyib film

    09.04.2022, 12:55

    Kinolokatsiya: mashhur film va seriallar suratga olingan joylarni topgan kino ishqibozlari

    07.04.2022, 12:41

    “Daydi to‘tining qaytishi”dan “Vinni Pux”gacha: Sovet multfilmlarining siz e’tibor bermagan yashirin ma’nolari

    06.04.2022, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tramp 8-avgustgacha Ukrainadagi urush tugashini xohlaydi” — AQSH vakili

    Dunyo | 1 avgust, 09:20

    YKL saralashi. “Bashakshehir” “Cherno More” darvozasiga 4 ta gol urdi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 avgust, 09:08

    Navoiyda atrof-muhitni ifloslantirayotgan 20 dan ortiq korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 08:52

    Putin 1994-yilda Qozog‘istonga da’vo qilgan — Germaniya arxivi

    Dunyo | 1 avgust, 08:33

    AQSHda dunyodagi eng uzun chaqmoq qayd etildi

    Dunyo | 1 avgust, 00:10

    Avgustdan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalar oshirildi. Miqdorlar qanchaga yetdi?

    O‘zbekiston | 31 iyul, 23:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.