• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Tubanlik”dagi Dilroz — aktrisa Ziyoda Xudoyqulova nega kinoni tark etdi? (foto)

    Yosh aktrisa Ziyoda Xudoyqulova “Tubanlik” hamda “Kuzda gullagan daraxt” filmidagi roli orqali tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Aktrisa Shahzodaning “Shunchaki” hamda “Men o‘sha”, Oybek va Nigoraning “Xavotirdaman” kliplarida ham o‘ziga xos obrazlar yaratgan. Ammo u negadir ijodini davom ettirishni istamadi. Jurnalist Nargiza Murodova kino san’atini tark etishga qaror qilgan aktrisa bilan suhbatlashdi.

    Foto: Ziyoda Xudoyqulovaning shaxsiy arxividan

    — Nega aktrisalik faoliyatingizni davom ettirmadingiz?

    — Ochig‘ini aytsam, men aktrisa bo‘lishni orzu qilmaganman. Kichik tasodif sabab kino olamiga kirib qolgandim. Asli stomatologiya sohasida tahsil olganman. Tanish dugonalarimdan biri reklama suratga olinayotgani haqida aytib, meni ham taklif etdi. “O‘zbekkino”dagi fotostudiyada suratga tushdik. Tasodifni qarangki, oradan ancha vaqt o‘tib, menga “Tubanlik” filmining ijodkorlari qo‘ng‘iroq qilib, kastingga taklif etishdi. Rosti, bunday baxtni ko‘pchilik qizlar orzu qilishadi. Ammo men ikkilanish bilan kastingda ishtirok etdim. Rejissor Hilol Nasimov onam bilan suhbatlashib: “Qizingiz Lola Eltoyevaga o‘xshar ekan. Uning ko‘zlarida ma’no bor”, dedi. Ssenariyda voqealarni o‘qib, qo‘rqib ketdim, oila a’zolarim ham rozi bo‘lishmadi. Shunda Hilol aka: “Odamlarga o‘rnak bo‘lishi uchun shu filmni suratga olyapmiz. Bu davlat filmi, yengil-yelpi kartina emas”, dedi. Shundan keyin filmda suratga tushdim.

    Aktrisa “Tubanlik” filmidagi Dilroz obrazida.                                                                                                          Foto: Ziyoda Xudoyqulovaning shaxsiy arxividan

    — O‘zingiz istamagan ishni qilishga qiynalmadingizmi?

    — Hech bir ish qiyinchiliksiz bo‘lmaydi. Rolni ijro etishda ko‘proq ijodiy jamoaga suyandim. Undan keyin ham bir nechta film va seriallarga takliflar bo‘ldi. Ammo professional aktrisa bo‘lmaganim va mish-mishlarga toqatim yo‘qligi uchun ularni rad etdim. Faqatgina Alisher Uzoqovning “Kuzda gullagan daraxt” filmida suratga tushishga rozi bo‘ldim. Sababi Alisher aka bir necha bor: “Bu ssenariy siz uchun yozilgan”, deganlaridan keyin rad etishni istamadim.

    Foto: Ziyoda Xudoyqulovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Ziyoda Xudoyqulovaning shaxsiy arxividan

    — Turmush o‘rtoq tanlash hayotdagi eng nozik va mas’uliyatli ish hisoblanadi. Rustamjonning qaysi jihatlari ko‘proq e’tiboringizni tortdi?

    — Rashkchiliklari. Turmush o‘rtog‘im san’at sohasida tahsil olgan bo‘lsa-da, ilk tanishgan kunimizda “Ayolimning san’atkor bo‘lishini istamayman!” dedi. Men ham kinodagi faoliyatimga yakun yasab, farmatsevtika firmasida faoliyat yuritayotgan edim. Turmush o‘rtog‘im mard, ko‘ngli toza inson.

    — Qaysi aktrisalarga havas qilasiz?

    — Ayol qaysi sohada ishlashidan qat’iy, nazar oilada oddiy beka va ona bo‘lib qolishi kerak. Ko‘chada obro‘-e’tiborga ega bo‘lsa-yu, oilasidagi muhit unchalik yaxshi bo‘lmasa, uni ideal ayol deyolmayman. Aktrisalar orasida ham oilasiga sodiq, havas qilsa arzigulik onalar juda ko‘p. Aynan menga Lola Eltoyeva va Dilnoza Kubayevalarning insoniyligi, ish va oila yumushlarini birdek uddalay olishini hurmat qilaman.

    Foto: Ziyoda Xudoyqulovaning shaxsiy arxividan

     — Sizning idealingizdagi beka kim? Bekalik borasida kimdan maslahat so‘raysiz?

    — Tan olaman, bekalikda bilmaganlarim bisyor. Bu borada, albatta, ikki onamning ko‘maklariga suyanaman.

    — Kun kelib sizni ajoyib filmga taklif etishsa, suratga tushish haqida o‘ylab ko‘rarmidingiz?

    — Bilasizmi, ba’zi aktrisalar o‘nlab yoki yuzlab filmlarda suratga tushishadi. Men esa bor-yo‘g‘i ikkita filmda suratga tushib, tomoshabinlar e’tiborini tortdim. Menimcha, bu ham bir baxt bo‘lsa kerak. Ammo yakunlangan sahifani qaytadan ochishni istamayman. Men hayotda turmush o‘rtog‘im istaganlaridek mashhur emas, oddiy ayol bo‘lib yashashni istayman.

    — Kamera oldida kechgan damlaringizni sog‘inasizmi?

    — Yo‘q, eslamayman ham.

    Foto: Ziyoda Xudoyqulovaning shaxsiy arxividan

    — Hijobga kirib, san’atdan voz kechganingiz rostmi?

    — Yo‘q, turmushga chiqmasdan avval san’atdan ketishim kerakligini anglaganman. Haq yo‘lini esa oila qurgandan keyin tanladim.

    — Ayni kunlarda nimalar bilan bandsiz?

    — Homiladorligim sabab uy bekasi bo‘lib o‘tiribman (kulib). Onalikka tayyorlanyapman desam ham, mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Oybek va Nigoraning “Xavotirdaman” klipidan lavha.

    Oybek va Nigoraning “Xavotirdaman” klipidan lavha.
    Foto: Ziyoda Xudoyqulovaning shaxsiy arxividan

    Mavzuga doir:

    • “Qaytar dunyo”dagi Oyjamol — Gulnora Qosimova nima sababdan AQShga ketgan?
    • “Suyunchi”dagi Nazira 57 yoshda: U nega Afrikada yashaydi va nima sababdan kinoni tark etgan?
    • Taniqli bastakor va xonanda Rustam Mahmudov hozir qayerda?
    • “Qora tun” xit qo‘shig‘i ijrochisi Bonu nima sababdan san’atni tark etgan? U hozir nima ish qiladi? (video)
    • “Tohir va Zuhra” filmi bilan tanilgan aktrisa Parizoda hozir qayerda va nima bilan band?
    • 90-yillardagi mashhur aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva hozir qayerda va nimalar bilan band?
    • “Temir xotin” va “To‘ylar muborak” filmlari yulduzi Dilorom Qambarova hozir qayerda? (foto)

    05.11.2020, 11:24   Izoh (0)   113517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir filmda bir necha obrazni gavdalantirgan serqirra Gollivud yulduzlari (foto)

    05.11.2020, 08:34

    Katrina Kaif: Bollivudning eng talabgir aktrisasi nega hanuzgacha shaxsiy hayotda baxtini topa olmadi?

    04.11.2020, 20:47

    “Parchalangan yuraklar” seriali aktyorining onasi vafot etdi, taniqli aktyor politsiyachilardan qochib ketdi. Turk kinosi yangiliklari

    04.11.2020, 13:36

    “Qaytar dunyo”dagi Oyjamol — Gulnora Qosimova nima sababdan AQShga ketgan?

    04.11.2020, 11:22

    Bollivud qiroli 55 yoshda. Sayyoradagi eng baland minora — Burj Xalifada Shohruh Xonga atalgan tabrik paydo bo‘ldi (video)

    03.11.2020, 21:46

    “Bu juda katta uyat”. Aktyor Ulug‘bek Yunusov Ulug‘bek Qodirovni AQShga ketib qolganiga munosabat bildirdi (video)

    03.11.2020, 18:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.