• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Dushmanliklar ko‘p bo‘ldi”. “Seni izlab” filmi yulduzi Nargiza Olimova aktrisa bo‘lishni istamagani va 25 yil raqqosalik qilgani haqida (foto)

    “Toshkent malikasi” Nargiza Olimova yoshi katta tomoshabinlarga “Seni izlab” filmi orqali yaxshi tanish. Aslida raqqosa bo‘lgan aktrisa faoliyati davomida bir nechta filmlarda rol ijro etgan. Rollarining soni kam bo‘lsa-da, unga yaxshigina shuhrat olib kelgan. Xo‘sh, retro filmlarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan Nargiza Olimova ayni kunlarda nimalar bilan band? Bu savolga javob olish uchun u bilan suhbatlashishga qaror qildik.

    “‘Toshkent go‘zali’dan keyin mashhur bo‘lib uyg‘onganman”

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    — 1988-yilda ilk marta go‘zallik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov bilan bog‘liq ma’lumotlar gazeta-jurnallarda e’lon qilindi. O‘sha paytlarda yosh, har narsaga qiziquvchan qiz edim. Tanlovning yakuniy natijalarini eshitib rosa jahlim chiqqandi. Chunki o‘sha yili donesklik qiz “O‘zbekiston malikasi” sifatida e’lon qilingandi. Qo‘rqmay tanlov tashkilotchilariga qo‘ng‘iroq qilib arzimni aytganman. Shunda ular men bilan yaqindan tanishishni va kelgusi tanlovda ishtirok etishga taklif qilishgandi. Rostini aytish kerak, kutilmagan qarorim juda qimmatga tushgan. Chunki u paytlarda bunday tanlovlarda ishtirok etish hayosizlik sifatida qoralanar edi. Shunday bo‘lsa-da, ortga qaytishni istamadim, shu bois 1989-yili o‘tkazilgan tanlovda hakamlar hay’atidan cho‘milish kiyimida chiqilishi kerak bo‘lgan shartlardan voz kechib o‘rniga milliy kiyimda chiqishni iltimos qildim. Tanlovdan keyingi voqealar xuddi shirin tushdek sodir bo‘lgan. Bir kundayoq mashhur insonga aylanib uyg‘ongandek bo‘lganman.

    “Said Ahmad meni rolga tanlagan ekan”

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    — Kinoda suratga tushishni hayolimga ham keltirmaganman. Tabiatan mas’uliyatli insonman, zimmamga ilingan vazifani sidqidildan bajarishga harakat qilaman. 1991-yili marhum ijodkor Saida Zunnunovaning “Go‘dak isi” nomli hikoyalari asosida film olinadigan bo‘libdi. Kastingga taklif etishdi, hamma qatori ishtirok etdim. Rosti, filmda ishtirok etishni umid qilmagandim. Chunki men bilan birga Madina Muxtorova, Lola Eltoyeva, Ra’no Zokirova kabi yaxshi aktrisalar ham kasting topshirishgandi. Ammo kasting videolarini ko‘rgan Said Ahmad “Nargizaning qiyofasida o‘zbek ayolini ko‘ryapman”, deb rolga meni tanlabdi. Shundan keyin film muvaffaqiyatli chiqishi uchun chin dildan harakat qildim. Marat Muqimov rejissorligida suratga olingan “Seni izlab” filmi kutilganidan ham yaxshi natijaga erishdi. Unda professional aktyorlar bilan birga rol ijro etganim ham katta yutug‘im bo‘lgan.

    “Men aktrisa emas, raqqosaman”

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    — “Seni izlab” filmining suratga olish ishlari yakunlanishi bilan rejissor Davron Abdullayevning “Qasamyod kuni” nomli filmida suratga tushdim. Filmda Nabi Rahimov, Ali Hamroyev kabi ustoz aktyorlar ham suratga tushgan. Rejissor bosh rollardan birini menga ishonib topshirgan va turmush o‘rtog‘im rolini Rustam Sagdullayev, o‘g‘limni esa Doston Ubaydullayev ijro etgan. Mashhur aktyorlar suratga tushgan film nega ommalashmadi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin. Chunki film premyera qilingan kuni uni katta mablag‘ga malayziyalik prodyuserlar sotib olishgan. Shu bois, film umuman yurtimizda namoyish etilmagan.

    Men nechta filmda suratga tushishimdan qat’iy nazar baribir aktrisa emasman. Men uchun raqs san’ati birinchi o‘rinda. Shu bois, rollar ijro etishga intilishim u qadar kuchli bo‘lmagan. Ammo yaqinda Hilol Nasimovning taklifiga ko‘ra “Vatan ostonasi” filmida suratga tushdim. Chunki bu rejissor bilan avval “Qasamyod kuni” filmida birga ishlagandik. Hilol Nasimov u paytlarda yordamchi bo‘lib ishlardi. Uning filmlari hayotdan olinadi.

    “Raqsda ham dushmanliklar bo‘lgan”

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Nargiza Olimovaning shaxsiy arxividan

    — Har bir insonga ma’lum sohaga qiziqish bo‘ladi, kimdir to‘siqlarni yengoladi yoki osongina taslim bo‘ladi. Akalarim raqqosa bo‘lishimga jiddiy qarshilik qilishgan. Ammo mehnatim bilan ishonchlarini oqlab, 25 yil davomida sahnada ijod qildim. Juda ko‘plab xonandalarning konsert dasturlarida ishtirok etdim. “O‘zbekiston” ansambli bilan ko‘plab gastrol safarlarida bo‘ldik. Raqqosa bo‘lganimdan hech qachon afsuslanmayman.

    Ammo ijodim qiyinchiliklardan holi bo‘lgan, hammasi oson kechgan deyolmayman. Hamma sohada bo‘lganidek raqsda ham  menga dushmanchiliklar bo‘lgan. Masalan, muhim konsertlarda sahna liboslarimni o‘g‘irlatib qo‘yganim yoki sahnaga chiqishimdan oldin ko‘ylagimni qaychilab qo‘yishgan paytlari ham bo‘lgan. Chunki atrofdagilar o‘zimnikidan boshqa kostyumni kiyim sahnaga chiqmasligimni yaxshi bilishardi. Bunday qing‘irliklar har bir insonning hayotida bo‘lishi mumkin. Muhimi, ko‘ngilni cho‘ktirmay, oldinga qarab intilish kerak.

    “Go‘zallik oddiylikda...”

    Foto: Skrin

    Foto: Skrin

    — Oddiylikni yaxshi ko‘raman. Shu yoshimga qadar qoshimni termaganman. Yuzim va sochimni oddiy qatiq bilan oziqlantiraman. Zarurat tug‘ilmasa, yuzimga hech narsa surtmay faqat lab bo‘yog‘idan foydalanaman. Albatta, maxsus tadbirlar uchun pardoz qilishim mumkin, ammo bu hol har kuni ham bo‘lavermaydi.

    Sahna abadiy emas. Har narsaning vaqt soati bor, ancha yillardan beri raqs bilan shug‘ullanmayman. Ammo san’atni butunlay tark etganim yo‘q, madaniyat tizimida faoliyat yuritaman. Siyosatdan ham uzoq emasman, desam bo‘ladi. Ayni kunlarda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy raqsni rivojlantirish” bo‘limida tashkil etilgan. Unda bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritaman. Bu bo‘lim milliy raqsni rivojlantirish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar o‘rganadi, — deydi Nargiza Olimova.

    Mavzuga doir:

    • “Tutash taqdirlar”, “Zebuzar” va raqqosalar bosh rollarni ijro etgan boshqa mashhur film va seriallar (video)
    • Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (foto)
    • Zarina Nizomiddinova, Rayhon Ulasenova va o‘zbek shou-biznesidagi faoliyatini raqqosalikdan boshlagan boshqa mashhurlar (foto)

    08.11.2022, 18:48   Izoh (0)   29153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nima sababdan qirolicha Yelizaveta II har doim omma oldida shlyapada ko‘rinish bergan?

    08.11.2022, 16:40

    Olmaning tagiga olma tushadi: dunyoga mashhur ota-onalarining kasbini sharaf bilan davom ettirayotgan farzandlar (foto)

    08.11.2022, 14:33

    O‘zbek kinofilmlari Turkiyada o‘tkazilgan “Qo‘rqut ota” kinofestivalida g‘olib bo‘ldi

    08.11.2022, 12:42

    Mashhur filmlardagi rejissorlar o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, ammo ziyrak tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan xatoliklar

    08.11.2022, 10:48

    Instagram: Koronavirusga chalingan Nilufar Usmonova, Moskvada konsert bergan Ozoda Nursaidova, qizli bo‘lgan Aziz Umrzoqov

    07.11.2022, 22:19

    “Laskoviy may” guruhining asoschisi Sergey Kuznetsov 59 yoshida vafot etdi

    07.11.2022, 20:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslar qachondan tiklanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 18:15

    Eronda Isroil bilan urushda halok bo‘lgan harbiylarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 17:55

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.