• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Hilol Nasimov 61 yoshni qarshiladi. Rejissor nima uchun filmlaridagi bosh qahramon rolini faqat o‘g‘liga beradi?

    Taniqli aktyor, rejissor va ssenarist Hilol Nasimov bu yil 61 yoshni qarshiladi. Ayni damda ijoddan tashqari, yosh kadrlarga saboq berayotgan Hilol Nasimovning kino san’ati haqidagi mulohazalarini jamlashga qaror qildik.

    Hilol Nasimov: “Rejissor bo‘lib nima qilasan, deyishgan”

    “Aldangan ayol”, “Merosxo‘r”, “Tubanlik” kabi filmlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan rejissor Hilol Nasimovga ustozi bu sohani egallamaslikni tavsiya qilgan. Onasi esa san’at o‘g‘lini xor qiladi, deb hisoblagan ekan.

    Foto: “Daryo”

    — Rejissor bo‘lishimga birinchilardan bo‘lib onam ishonmaganlar. “Bizning avlodimizdan katta lavozimdagi va san’at odamlari chiqmagan. U yerda xor bo‘lib ketasan”, deb qarshilik bildirgan. Undan keyin rejissor Ravil Botirov attestatimni ko‘rib, “Sen bola yaxshi o‘qir ekansan, oltin medal ham olibsan, rejissor bo‘lib nima qilasan? Boshqa kasbning etagidan tutsang-chi”, deb maslahat bergandi, — deydi rejissor.

    “Meni tanqid qilayotganlarning ko‘pchiligi islom dini nazariyasini bilmaydi”

    Foto: Skrin

    — Bu dunyoda hammaga birdek yoqish qiyin. Bitta filmni yuzta tomoshabin ko‘rsa, ularning fikri bir-biriga o‘xshamasligi ham ayni haqiqat. Men filmlarim orqali islom diniga qarshi chiqmayman, aksincha muqaddas dinimizga yot g‘oyalarni qo‘shmoqchi bo‘lganlarning asl yuzini ko‘rsatishga intilaman. Shu bilan birga, davlat siyosatini ham imkon qadar yoritishga harakat qilaman. Hayotda ro‘mol o‘ramagan bo‘lsa-da, iymonli ayollarni juda ko‘p ko‘rganman. Afsuski, ba’zi bir ro‘molga burkangan ayollar nima ish qilayotganini ham o‘z ko‘zim bilan ko‘rgan vaqtlarim bo‘lgan.

    Eng qizig‘i, meni tanqid qilayotganlarning ko‘pchiligi islom dini nazariyasini bilmaydi. Birorta savol bersangiz, labini tishlab qoladi. Dunyoda islom dinidek muqaddas va ezgulikka xizmat qiladigani yo‘q. Hatto dinimiz g‘ayridin qo‘shnisi harom qilingan hayvonni boqayotgan bo‘lsa ham, unga ozor bermaslikka chaqiradi. Men filmlarimda qoralayotgan personajlar esa odamlarga ziyon yetkazadi.

    Foto: Skrin

    Internetda bir aktyor “Hilol Nasimov o‘lsa, janozasiga bormayman”, debdi. Mayli, kelmasin. (Rejissor aktyor Habibullo Nizomovning o‘zi haqida aytgan gaplarini nazarda tutyapti). Odamlar to‘g‘ri tushunishlarini istayman, men real voqealar asosida film suratga olaman. Film qahramonlarimning prototipi bilan hayotda uchrashganman, ularning hikoyasi asosida ssenariy yozganman.

    “Filmlarimdagi qahramonlarning prototiplari hayotda bor”

    — Masalan, “Tubanlik” filmini olaylik. Filmni suratga olishdan avval bir necha marta Andijonda 11-13 yoshli qizlarni ota-onasining roziligi bilan turmushga berishgani va nikoh kechasida ularning ayrimlari vafot etgani haqida eshitganman. Film orqali nafaqat qizlarni erta  turmushga berish, balki ahmoqona qo‘shxotinlikni ham qoralab chiqishni niyat qilgandim.

    Foto: Skrin

    Mayli, bu voqealar Andijonda bo‘lgandir deymiz, ammo “Tubanlik” filmidagi qahramon prototipi Toshkentda yashaganiga nima deymiz? Men o‘tgan yillarni emas, balki shu kecha-kunduzda sodir bo‘lgan voqealar haqida gapiryapman. Mirza Azizov o‘sha paytda 50 yoshda edi, film prototipi esa 72 yoshda bo‘lgan. Film to‘liq real voqea asosida suratga olingan. Mirza Azizovdan avval Erkin Komilovni fotoprobaga chaqirgandim. Aktyor voqelikni eshitib, hayratga tushgandi.

    Ba’zan o‘zbek tilidagi gapini ham o‘nta xato bilan yozadigan va filmlarimdan ayb izlaydigan insonlar g‘ashimni keltiradi. Menimcha, ular film prototiplari hayotda borligi va bunday voqealar tez-tez sodir bo‘lishini bilishsa, filmlarga qarash ham biroz o‘zgargan bo‘lardi.

    “Islom dini va chin musulmonlarga hech qanday qarshiligim yo‘q”

    Foto: “Daryo”

    — Meni islom diniga qarshilikda ayblayotganlarga yana bir gap: “Ajal jodusi” filmidagi yigitning prototipi bilan ham bir necha marta suhbatda bo‘lganman. U o‘sha paytda Ichki ishlar vazirligining yerto‘ladagi hibsxonasida saqlanardi. Uning aytganlari filmda ko‘rsatilganlaridan o‘n barobar qo‘rqinchliroq edi. Ota-onasi bozorda ishlagan va tong otmasdan ishga ketgan. Internetdagi “mehribon”lar esa uni avray boshlagan. Baytulmolga pul to‘plash kerak, deb odamlarning uyini tunagan. Yuqorida aytganimdek, asl musulmon inson g‘ayridin qo‘shnisining harom qilingan jonzotiga ozor bermaydi. Dinni niqob qilganlar esa tirik insonlarning joniga ozor berib, molini tunaydi.

    Yana bir yigit bilan suhbatlashdim. Otasi vokzal bekatining boshlig‘i, onasi esa stomatolog ekan. Hatto ular ham farzandidagi o‘zgarishlarni sezmagan. Bolam namoz o‘qiyapti, deb o‘ylashgan, xolos. U yigitning ayoli uch oy avval farzandli bo‘lgan ekan. O‘sha payt ro‘za oyi edi. Bola yerto‘ladagi hibsxonada chirqirab yig‘layapti. Ammo onasi qornini to‘ydirmayapti. Ey, baraka topgur, islom dinida emizikli bolani och qoldirib, ro‘za tutinglar, deyilmagan dedim. Unday aqidalarga berilgan insonlarning miyasi aynib qoladi, ular islom dini amallarini bajaryapmiz, deyishadi. Ammo buning xatoligini tushunmaydi.

    Bolaligimda buvim rahmatli tanchalariga o‘tkazib, suralar yodlatardi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini tushuntirardi. O‘sha paytda o‘rganganlarim haligacha yodimdan chiqmaydi. Xullas, men filmlarimda yot g‘oyalarni tatbiq qilayotgan insonlarni ko‘rsataman. Islom dini va chin musulmonlarga hech qanday qarshiligim yo‘q. Alhamdulilloh, men ham musulmonman.

    “Xalq artistiga 135 ming so‘m gonorar”

    Rejissor aktyorlarga beriladigan gonorar tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani va ularga ajratilgan pulni berishga ham uyalishi haqida gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    — O‘zbek aktyorlarining gonorari haminqadar. Ochig‘i, bu haqda gapirishga ham uyalaman. Turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda olingan “Jaloliddin Manguberdi” serialiga qancha pul sarflanganini eshitdim. To‘g‘ri, boshqa yurtda film suratga olishning katta sarf-xarajatlari bor. Sarkardalarning bir gapi bor: “O‘z armiyangni boqmasang, boshqalarni boqishga majbur bo‘lasan”. Bu filmda ham shunga o‘xshash holat bo‘ldi. Osmon ostidagi tayyor dekoratsiyalarimiz turib, o‘zga yurtda maket qurildi.

    Bizda ham iste’dodli aktyorlar ko‘p, mayli, ularga turk aktyorlariga to‘langanidek gonorar berilmasa ham, hozirgi olayotgan pulidan 5-10 barobar ko‘proq to‘lansa, jonini berib ishlashga tayyor.

    Xayriyatki, gonorarni ixtiyoriy tartibda belgilash bo‘yicha hujjat chiqdi, ammo hali amalga tatbiq etilgani yo‘q. Hozir ham amaldagi hujjatlar bo‘yicha bosh rol ijrochisining kunlik ishtirokiga 200 000 (ikki yuz ming) so‘m to‘lanadi. Bu pulni olgan aktyor qanday qilib rolga jonini berib o‘ynashi mumkin? Tekshiruv kelib, kinosmetada sarflangan pullarni tekshirdi. “Aka, bu aktyorga 135 000 so‘m berishingiz kerak, nega ko‘p berdingiz?” deya e’tiroz bildirdi. Bu pulni O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyevga qaysi yuz bilan to‘layman, dedim. U aktyor-ku, pulga talashib tortishmaydi, ammo boshqalarga shu pulni bersangiz, ranjishi aniq. “Mana buncha pulni bersang ber, bo‘lmasa bu puling tuproqqa qorilib, o‘ynashimga arzimaydi”, deyishadi.

    Ha, yana bir gap, gonorar tizimi haqida juda ko‘p gapirganman. Bu sohani isloh qilish kerak. Chunki sohamizda aktyorga gonorar berishni istamaydigan, filmini “konfet” va “shokolad”lar bilan to‘ldiradiganlar ham juda ko‘p. Hatto mashhur rejissorlarning shunday qilmishi uchun kishandan ham olib qolgan vaziyatlarim bo‘lgan.

    “O‘zbekkino” binosida film emas, xo‘jalik sovuni ishlab chiqarilardi

    Foto: Skrin

    — O‘zbek kinosida muammolar borligini rad etmayman, ammo o‘sish ham bor. Ba’zan kino nima ekanligini bilmaydigan insonlar bu sohani tanqid qilsa, “Rejissorlar qayerda xato qilarkan?” deb kavlashga cho‘plarini tayyorlab tursa, hayron qolaman. Bir paytlar “O‘zbekkino” binosida kinodan boshqa hamma narsa ishlab chiqarilardi. Ishonasizmi, kinoijodkor ijod qilishi kerak bo‘lgan bino xo‘jalik sovunidan tortib “bruschatka” ishlab chiqaruvchilar uchun arendaga berilgandi. Chunki 60 yil ichida biror marta ta’mirlanmagan binoda ijod qilish ham mushkul edi. Zaxdan o‘pirilgan devorlar, yelvizak xonalarning ayanchli ahvolini ta’riflash mushkul. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich “O‘zbekkino”ga tashrif buyurgach, vaziyat tubdan o‘zgardi. Ishlab chiqarish sexlari bir kundayoq bu yerdan ketib, ta’mirlash ishlari boshlandi. “O‘zbekkino” binosi O‘rta Osiyoda yagona, ishonamanki, tez orada u tomonidan yaratilgan filmlar ham birinchilikni qo‘lga kiritadi, — deydi rejissor.

    “Kitob o‘qimaydigan, ammo serial suratga oladigan rejissorlar”

    Foto: Instagram

    — Ilgari xususiy kinostudiyalar tomonidan “xontaxta” filmlar suratga olinardi. Ammo oradagi uzilish sabab film premyeralari to‘xtatildi va xususiy kinostudiyalar serial suratga olishga o‘tib ketdi. Ilgari bir seriyani arang suratga olgan bo‘lsa, endi 150 qismli serialni suratga olyapti. Shu boisdan seriallarning ahvoli kundan kunga yomonlashyapti. Men O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida imtihon komissiyasining raisi bo‘lib ishlayman. O‘tgan yili ijodiy imtihonlarni olayotgan paytim g‘alati voqea sodir bo‘ldi. Rejissor bo‘lishga talabgor abituriyentdan qaysi kitobni o‘qiganligini so‘radim. Undan “Kitob o‘qishga vaqtim yo‘q”, degan javobni oldim. Hech bo‘lmasa, oxirgi ko‘rgan badiiy filmini tahlil qilishni so‘radim. Bu savolga ham tayinli javob ololmadim. Ammo u gap orasida 140 qismli serialni suratga olgan rejissor ekanligi va ssenariyni ham o‘zi yozganini qistirib o‘tdi. Kinodramaturgiyaga qiziqsa kerak, deb “Rixsivoy Muhammadjonov kim?” degan savol bergandim, yelkasini qisdi. Kitob o‘qimaydigan, badiiy filmni tahlil qilolmaydigan va mashhur o‘zbek dramaturgini tanimagan bola qanday serial suratga oldi ekan, deb hayron bo‘ldim. Telekanallar ham serialning rejissori kimligiga qiziqmay, ular bilan shartnoma tuzyapti. Jabrini esa tomoshabin tortyapti.

    Ilgari “xontaxta” filmlar bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib “xontaxta” seriallar ko‘payib ketdi. Ular labini shishirgan, ulama kiprikli qizlardan 3-4 so‘m pul olib, ishini bitiryapti. Bu juda achinarli hol. Bunga qarshi jiddiy chora ko‘rilishi kerak, — deydi rejissor.

    Nega bosh rolni faqat o‘g‘liga beradi?

    Foto: Instagram

    — O‘zbekistonda Fotih Nasimov mening o‘g‘lim ekanini hamma biladi. Festivalga borganimizda, kimlardir yana o‘g‘lini olib kelibdi, degan bo‘lishi mumkin, biroq “Meros” filmining bosh rol ijrochisi bo‘lgani uchun ular taklif qildi. Shu bilan birga yo‘l haqini to‘lashdi, oziq-ovqat, joy bilan ta’minlashdi. Shu filmni ko‘rib bosh rol ijrochisiga rossiyalik rejissor Sergey Rusakovning o‘zi qarsak chaldi. Keyin bu mening o‘g‘lim, dedim.

    O‘zbekni chiroyli odatlari bilan birga ozgina qitmirligi bor. Nufuzli tadbirlarning birida bir inson har doim filmlarimga o‘g‘limni olishimni aytdi. Agar o‘g‘lim rolga to‘g‘ri kelmasa men uni filmlarimga olmayman. Katta o‘g‘lim rolga to‘g‘ri kelmadi, uni olmadim. Katta o‘g‘limni hech kim ko‘rmaydi, lekin u ham aktyorlik sohasini bitirgan. Rolga jismoniy jihatdan, jasorati to‘g‘ri kelsa, ularga rol beraman. Nima sababdan olmasligim kerak? Agar u rolni yaxshi o‘ynay olmagan bo‘lsa, e’tirozi bo‘lsa erkakchasiga aytsin, — deydi rejissor.

    12.02.2024, 10:50   Izoh (0)   52386
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Erkak kishi kasb va xotin tanlashda adashmasligi kerak” — xonandalikdan ketgan, teatrdagi maoshidan qoniqmagan va G‘afur G‘ulomga kuyov bo‘lgan Javohir Zokirov 51...

    15.11.2023, 12:08

    “Mashhur bo‘lolmaganimdan afsuslanardim” — 50 yoshgacha omadini kutgan, Alla Pugachyova bilan birga o‘qigan va shaxsiy hayotida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Nozim...

    07.01.2024, 12:55

    “Bu film uchun Musoqovni qamash kerak” —  kamtarona hayot kechirsa-da, o‘zini baxtli his qiladigan rejissor Zulfiqor Musoqov 66 yoshda (foto, video)

    22.01.2024, 13:20

    Shohruxxonning yangi konsert dasturidan maxsus reportaj (foto, video)

    11.02.2024, 17:00

    Instagram: Tatyana Karimovaning Lexus’i sotilyaptimi? Mirjalol Ne’matov yangi mashinali bo‘ldi, Lola “Xalqlar do‘stligi”da konsert beradi

    10.02.2024, 22:05

    “U hayotni yaxshi ko‘rardi, o‘zbek san’ati yana bir qobiliyatli ijodkoridan ayrildi” — o‘zbekistonlik mashhurlar Jasur Shametovni xotirlamoqda (foto)

    10.02.2024, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38

    O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 may, 21:25

    Toshkent viloyatida 22 yoshli qizni Rossiyaga fohishalik uchun olib ketayotgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.