• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “AQSHda orzular tumandek tarqadi” — boshlovchi Ravshan Hakimov fura haydashga majbur bo‘lgani va farzandining gapi sabab yig‘lagani haqida (foto, video)

    Ravshan Hakimov boshlovchi va prodyuser sifatida tomoshabinlarga yaxshi tanish. Afsuski, u keyingi paytlarda ijodni tark etib, AQSHda faoliyat yuritayotgandi. “Daryo”ga bergan intervyusida muhojirlikda qiyin kunlarni boshdan kechirgani, AQSHda ijod qilolmagani haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

    — Amerika orzu emas, bu yerda dollardan boshqa hech narsa yo‘q, deb ko‘p aytaman. U yerda mehr oqibat va vatanda his qilinadigan xotirjamlik yo‘q. Shu bois AQSHda yashayotganimda “Bo‘ldi, O‘zbekistonga qaytaman”, degan gapni ko‘p aytardim. Toshkentdan ketayotganimda Gollivud media olamida ishlayman, telekanallarida tajriba orttiraman degan maqsad bor edi. Ammo u yerga borganimdan keyin orzular tumandek tarqadi. Chunki til bilsangiz ham Jo Bayden yoki Donald Trampning jiyani emassiz, hech kim sizni quchoq ochib qarshi olmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Avvaliga orzularimni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rdim. Ammo televideniyesida ishlash uchun hujjatlarim to‘g‘ri kelmasligi va ming ingliz tilini bilgan taqdirimda ham mahalliy aholidek muloqot qilolmasligimni taʼkidlashardi.

    Har oy Toshkentga qaytishga qaror qilib, advokatim bilan bog‘lansam ozgina kutib turishimni, hujjatlar bitishiga oz qolganini aytardi. Mana shu umid meni AQSHda 7 yil qolishga majbur qildi.

    Keyin o‘zbek televideniyesi uchun “Amerikada bir kun men” nomli ko‘rsatuvni suratga olib jo‘natishga qaror qildim. Katta xarajat evaziga ko‘rsatuvni suratga olib jo‘natdim, ammo negadir u ko‘p tanqidlarga uchradi. Keyin ko‘rsatuvni faqat YouTube uchun suratga olamiz va AQSHga kelgan insonlar uchun foydali maslahatlardan iborat bo‘ladi, deb niyat qildim. Ammo u ham o‘xshamadi. Mana shunday sabablar meni anchayin ijoddan uzoqlashtirdi, men ham hamma muhojirlar singari ishlashim va u yerda yashash uchun kurashishim kerakligini tushundim.

    Foto: “Daryo”

    Ayrimlar o‘ylagandek, AQSHda dollar daraxtda o‘smaydi, uni topish uchun mehnat qilish kerak. Bir kun ishga chiqmaslik, kishini moliyaviy qiyinchilikka uchrashiga sabab bo‘ladi. To‘rt farzandim, ayolim va ota-onam Toshkentda qolgan, ularni ham moddiy jihatdan taʼminlash masʼuliyati menda edi. Shu bois, ijodni bir chetga surib, pitssa tashuvchi, Uber taksi hatto fura haydovchisi bo‘lib ishlaganman, — deydi Ravshan Hakimov.

    Boshlovchi nima uchun farzandlarini AQSHga olib ketmagani va qizining gapi uni yig‘latgani haqida aytdi.

    —  Hujjat masalasi sabab salkam yetti yil deganda O‘zbekistonga qaytdim, albatta, oilamni sog‘indim. Oilamni AQSHga chaqirish haqida ham ko‘p o‘ylaganman. Ammo qo‘rqqanman. Chunki u yerda o‘zligini yo‘qotgan, tilini unutgan va ota-onasiga bo‘ysunmay qo‘ygan o‘zbek oilalarining farzandlarini ko‘p ko‘rdim. Uch qiz va bir o‘g‘lim bor. 2017-yil katta qizlarim 12 yoshga to‘lgan, o‘smirlikka yaqinlashayotgan yoshda edi.

    Foto: Instagram

    Ammo bunday yashash oson bo‘lmadi. Telefondagi otaga aylanib qoldim. Tanzila qizim bilan tortishib, uni urishdim va “Nima xohlaysan?” deb telefonda baqirdim. O‘shanda “Sizning kelishingizni”, deb go‘shakni qo‘yib, yig‘lab qochib ketdi. Ishonasizmi, uning bu gapi yuragimni tirnab o‘tgandek bo‘ldi. Undan keyin o‘g‘lim bilan ham xuddi shunday voqea bo‘ldi.

    Eng yomoni AQSHga ketib ayolimni ham qiynab qo‘ydim. U turmush o‘rtog‘i bo‘la turib, 7 yil davomida oilada ham erkakning ham ayolning vazifasini bajardi. Ro‘zg‘orlik qilishni tanish bilishingizga bir-ikki marta iltimos qilasiz, baribir kun kelib hammaga malol keladi. Shu bois, ayolim haydovchilikka o‘qib, men qilishim kerak bo‘lgan ishlarni ham bajardi. “Shuncha yil davomida qo‘rg‘onim va farzandlarimni asrab-avaylading”, deb unga minnatdorlik bildiraman, — deydi Ravshan Hakimov.

    12.08.2024, 23:33   Izoh (0)   30164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar. 2-qism (foto)

    06.03.2021, 09:53

    “Amerika orzular mamlakati emas, bu yerda dollardan boshqa hech narsa yo‘q”. 5 yildan buyon AQSHda yashayotgan teleboshlovchi Ravshan Hakimov bilan suhbat

    30.03.2022, 13:36

    “Bu yerda qolib ketishni istamasligimni ich-ichimdan his etaman”. “Sardor” serialidagi serjant Durdona Tursunboyeva AQSHda qadoqlovchi sifatida ish boshlab, brilli...

    26.08.2022, 12:40

    Keyt Blanshett “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi roli uchun hech vaqo olmaganini ma’lum qildi

    12.08.2024, 19:15

    “Kichkintoy sayrga chiqdi” filmi qanday suratga olingan va undagi bolakay hozir qanday ko‘rinishda? (foto) 

    12.08.2024, 16:48

    Shohrux Xon 8 marta operatsiya qilingan: Hind kinosi yulduzlari qanday kasalliklardan aziyat chekadi? (foto)  

    12.08.2024, 15:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.