• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Amerika orzular mamlakati emas, bu yerda dollardan boshqa hech narsa yo‘q”. 5 yildan buyon AQSHda yashayotgan teleboshlovchi Ravshan Hakimov bilan suhbat

    Teleboshlovchi va prodyuser Ravshan Hakimov bir necha yil xususiy kanallarda boshlovchilik qilgan. U besh yildan buyon oilasidan uzoqda — Amerikada istiqomat qiladi. U okean ortidagi o‘zbeklarning to‘y xizmatlarida boshlovchilik qilishdan tashqari, tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanadi. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova u bilan suhbatda bo‘ldi. Suhbat davomida boshlovchi okean ortidagi hayotning afzallik hamda kamchiliklari haqida so‘zlab berdi.

    “Amerikani hech qachon orzu qilmaganman”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    —  “TV Markaz” telekanali yopilganidan so‘ng bir-ikki yil umuman efirga chiqmadim. Bu ba’zilar o‘ylagandek taqiqlar bilan bog‘liq emas. Shunchaki R&N production nomli xususiy studiyasini tashkil qilgandik. U yerda “Uy bekasi” va “Qaynona va kelin” nomli sitkom seriallar suratga olindi. 2015—2017-yillar davomida esa “Toshkent” telekanalida shartnoma asosida faoliyat yuritdim.

    Amerikaga ketish xayolimda ham bo‘lmagan. Odamlar okean ortiga kelishni, bu yerda ishlashni orzu qiladi. O‘ylab qarasam biror marta buni orzu ham qilmagan ekanman. Ammo hayotda biz istamasak-da, qilishga majbur bo‘ladigan vaziyatlar bo‘ladi. Peshonamga yozilgan ekan, besh yil avval Amerikaga keldim. Avvaliga bu yerdagi hamkasblar bilan okean ortidagi hayot haqida ko‘rsatuvlar tayyorlab, o‘zbek telekanallariga yuborishni niyat qilgandim. Ammo hamkasblarimda “Amerikani maqtagandek bo‘lib qolmaymizmi?” degan hadik bo‘ldi. Shundan so‘ng rejalarimni o‘zgartirishga qaror qildim.

    Besh yildan buyon Amerikada istiqomat qilaman. Bu yerda izlanyapman. O‘zim uchun yangiliklarni kashf qilyapman. Ammo hayot hamon Amerikani yomon ko‘rdirib kelmoqda.

    “Tilni bilishim qo‘l keldi”

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    — Dadam ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan. Bolaligimdan bu tilni o‘rganishga “majbur” bo‘lganim ancha qo‘l keldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida tahsil olganman. Shu sabab, til bo‘yicha hech qanday qiyinchilikka uchramadim. O‘zbekistonda Azim Mullaxonovning sozandasi bo‘lgan Jahongir Mirzo bu yerda mashhur xonanda. U kabi vatandoshlarimning yordami bilan bu yerda joylashishim qiyin kechmadi. “Amerikaga keldingmi tezroq soqqa qilishing kerak”, degan shior bor ekan. Men undan ancha uzoqda bo‘lganim uchun avvaliga biroz qiynaldim. Sir emas, ko‘pchilik Amerikaga pul topish uchun keladi, shuning uchun ish tanlab o‘tirishmaydi. Menda ham shunday jarayon bo‘ldi.

    “Nohaqlik va noroziliklar bo‘ldi”

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    — Boshlovchilikdan tashqari, “Navo” guruhiga prodyuserlik ham qilganman. Ammo bu haqida gapirish men uchun juda og‘riqli. Chunki bu guruh uchun yaxshigina mablag‘ va katta mehnat sarflagandim. Ammo ba’zi bir insonlarning mas’uliyatsizligi sabab, kattagina mehnat sarobga aylandi. Odatda ularning atigi besh foizgina iqtidori bo‘ladi, ammo prodyuserning 95 foiz mehnati sabab xalq nazariga tushadi. Ammo ba’zilar tezda o‘zlaridan yulduz yasab, “Men bundan ortig‘iga arziyman”, deb talashadi. Xullas, shunga o‘xshash noroziliklar sabab guruh tarqaldi. 2013-yil “TV Markaz” kanalining yopilishi bilan xonandalarning biri guruhni tark etdi. Ammo o‘rniga olingani ham kutilganidek bo‘lmadi. Undan keyin teleloyihalarga prodyuserlik ham qildim. Ammo u yerda ham nohaqliklarga uchragach, omadimni Amerikada sinab ko‘rishga qaror qildim.

    “Kasbimiz oddiy bo‘lsa-da, odamlar uchun manfaatli”

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    — Ko‘pchilik o‘zbek san’atkorlari turli sabablarga ko‘ra Amerikaga kelib qolgan. Ularning bari bilan yaqinman. Ular bu yerga sochilgan rizqini terish va bola-chaqasi uchun qulaylik yaratish uchun harakat qilyapti. Kimning nima sohada faoliyat yuritayotganiga ko‘pchilik qiziqadi. Faqat bir narsani aytishim mumkin, kasbimiz oddiy bo‘lsa-da, odamlar uchun manfaatli.Bu yurtga kelgan insonda “Ishsiz qolsam ko‘chada qolaman, bu yerda hech kim yordam bermaydi”, degan hadik bo‘ladi. Bunday sharoitda ijod qilishga deyarli vaqt qolmaydi. Yuragida ijod jo‘shib tursa ham, bu yerda sharoit bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi.

    “Amerikaga kelganimdan afsusdaman”

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    Foto: Ravshan Hakimov shaxsiy arxividan

    — Nyu-Yorkka samolyot qo‘nganida o‘zimga “Nima qilib qo‘ydim?” degan savolni berganman. Besh yil ichida bu savolga javob topganim yo‘q. Men hamisha AQSH  reklamalarda ta’riflanganidek “Orzular mamlakati” emas, deyman. Bu yer katta go‘shtqiymalagichga o‘xshaydi. Avval katta chig‘iriqlardan o‘tmasangiz, hech qanday natijaga erishmaysiz. Shuning uchun Amerikaga kelganimdan ko‘p marta afsuslanganman. Agar bu mamlakatdagi hayotim haqida kitob yozadigan bo‘lsam, undan qanchalik ketishni istashni yashirmasam kerak. Chunki men bu yerda mehmonman.

    “Amerikada dollardan boshqa hech narsa yo‘q”— Tan olish kerak, bu yerga kelgan o‘zbeklarning ko‘pchiligi o‘zgarib, faqat pulning ortidan quvadigan bo‘lib qoladi. O‘zbekistonda bor narsalarning ko‘pini bu yerdan topolmaysiz. Masalan, xotirjamlik, ichki halovat, samimiyat va tarbiya yo‘q. Hatto, muhojirlar orasidan ham o‘zingiz singari samimiy insonni topolmaysiz. Amerikada faqat dollar bor.

     

                 Mavzuga doir:

    • AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)
    • Gulchehra Eshonqulova ilk marta AQShga ketishi sababi, turmush o‘rtog‘idan 13 yosh kattaligi haqidagi gaplardan charchagani haqida gapirdi (video)
    • Turkiyaga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • “Shaytanat”dagi Hongireydan Zarina Nizomiddinovagacha: Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    30.03.2022, 13:36   Izoh (0)   67315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    McDonald’sda idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    29.03.2022, 14:46

    Mashhur ayollarning go‘zallikda qizlaridan qolishmaydigan onalari (foto)

    29.03.2022, 12:58

    “Oskar-2022” taqdirlash marosimida aktyor Uill Smit rafiqasi haqidagi hazili uchun boshlovchiga tarsaki tushirdi (video)

    29.03.2022, 09:54

    “Kavkaz asirasi”da Jabroil, “Mimino”da Xachikyan — armanistonlik aktyor Frunzik Mkrtchyanning taqdiri qanday kechgan? (foto)

    28.03.2022, 18:59

    Gollivud aktrisasi Lili Kollinz “Emili Parijda” serialini suratga olish jarayonida salomatligida muammolar yuzaga kelganini bildirdi

    28.03.2022, 15:57

    “Oskar — 2022” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi (foto)

    28.03.2022, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.