• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Bu yerda qolib ketishni istamasligimni ich-ichimdan his etaman”. “Sardor” serialidagi serjant Durdona Tursunboyeva AQSHda qadoqlovchi sifatida ish boshlab, brilliant sotuvchisiga aylangani haqida

    Aktrisa Durdona Tursunboyeva tomoshabinlarga “Otalar so‘zi— aqlning ko‘zi” telenovellasidagi turli obrazlari, shuningdek, “Sardor” serialidagi serjant roli bilan yaxshi tanish. U 12 yildan beri Amerikada istiqomat qilmoqda. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova Durdona Tursunboyeva bilan AQSHga ketishining sababi va u yerdagi hayoti haqida suhbatlashdi.

    “Men Amerikaga emas, Toshkentga intilganman”

    Foto: Instagram / @danapeykar

    Foto: Instagram / @danapeykar

    — Asli Qozog‘istonda tug‘ilganman, ammo doim maktabda “Mening orzuyim” mavzusida insho yozdirishsa, “Toshkentga ketib, san’at oliygohida o‘qiyman”, deb yozardim. Chunki  juda ko‘plab mashhur san’atkorlar aynan Toshkentdagi san’at oliygohida tahsil olishgani haqida eshitgandim. Niyatim amalga oshib, hech kimning yordamisiz Toshkentga keldim. Ammo qachonlardir AQSHga ketib, hammasini qaytadan boshlayman, deb xayolimga ham keltirmagandim. Amerikaga kelish fikri qayerdan paydo bo‘ldi, nega  tavakkal qildim, deb haligacha o‘ylayman. Chunki do‘stlarim bilan hazillashib, Amerika elchixonasiga hujjat topshirgandim. Odamlar bir necha yil harakat qilib qo‘lga kiritadigan vizani men ilk urinishdayoq qo‘lga kiritdim. Hatto vizani qo‘lga olganimda ham ketish fikrim qat’iy emas edi. Bir yillik vizaning uch oyini Toshkentda o‘tkazib, keyin AQSHga kelganman.

    “Nima qilib qo‘ydim, deb ich-etimni yeganman”

    Foto: Instagram / @danapeykar

    Foto: Instagram / @danapeykar

    — Odatda AQSHga kelmoqchi bo‘lganlar viza olishdan avval tanish-bilish izlashga tushishadi. Ammo menda hammasi noodatiy bo‘lgan. Bu yerga 2010-yilning dekabr oyida kelganman. O‘zbekistonda qish u qadar qahraton bo‘lmagani uchun AQSHga kelib, haqiqiy qish qanday bo‘lishini bilgandim. Egnimda yupqa palto, oyog‘imda esa kalta etik kiyib, bu yerni ham Toshkentdek iliq deb o‘ylagan ekanman.

    Odamni  muzlatib qo‘yadigan sovuqda mehmonxona izlab, eng arzoniga joylashganman. Kuniga 75 dollardan pul to‘lardim. Ishonasizmi, “Nima qilib qo‘ydim”, deb o‘ylayverganimdan tashqariga umuman chiqmaganman. O‘rnimdan ham turgim kelmay, yostiqni quchib yotaverdim. Oxiri uchinchi kun nima bo‘lsa bo‘ldi, deb tashqariga chiqqanman. Yaxshi hamki, aeroportdagi qizlar Nyu-York shtatidagi Queens shahrini ko‘rsatishgan ekan. Bu yerda o‘zbek va rus millatiga mansub odamlar ko‘pligi uchun “Ingliz tilini bilmagan insonlarga bu yerda yashash oson”, deyishgandi. Atrof bilan tanishish uchun ko‘chaning u boshidan bu boshiga qarab yuraverganman. Keyin go‘sht sotadigan do‘konga dutor ilinganini ko‘rib, quvonganimdan ichkariga kirgandim. Bu yerda 30 yil avval AQSHga ko‘chib kelgan buxoroliklar savdo qilishar ekan. Ularning yordami bilan arzon uyga joylashganman.

    “Qadoqlovchilikdan zargarlikkacha...”

    Foto: Instagram / @danapeykar

    Foto: Instagram / @danapeykar

    — AQSHda ish topish qiyin emas. Faqat hammasi birdan osonlikcha bo‘lmaydi. Masalan, AQSHdagi ilk ishim buyurtmalarni qadoqlash bo‘lgan. Ya’ni internet do‘konidagi sotilgan buyumlarni qadoqlash bilan shug‘ullanganman. Undan keyin kompyuter bilan ishlashni boshladim. U do‘kon kosmetik mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanardi. Ishim o‘zimga juda yoqardi, ammo bu ish sog‘lig‘imga salbiy ta’sir etayotganini sezdim.

    Ammo o‘sha vaqtda ham ingliz tilidagi kundalik so‘zlardan boshqasini bilmasdim. Manxettenda til o‘rganib, o‘z ustimda ishlashga qaror qildim. U yerda taqinchoqlar savdosi bilan shug‘ullanadigan insonlar bilan tanishdim. Faoliyatim yana ayollar bilan bog‘landi. Zargarlik buyumlarini farqlash, ularga tosh qo‘yish va yasashni o‘rgandim. Ishim o‘zimga zavq bag‘ishlardi. Chunki bolaligimda san’atkor bo‘lmasam, shifokor yoki dizayner bo‘laman, deb orzu qilardim. Taqinchoqlar dizaynerligiga shunchalik qiziqib ketdimki, u hayotimning mazmuniga aylandi. Bu bo‘yicha kurslarda tahsil olib, brilliantlarni farqlashni ham o‘rgandim.

    “Turmush o‘rtog‘im til o‘rganishimni istadi”

    Foto: Instagram / @danapeykar

    Foto: Instagram / @danapeykar

    — Har birimiz Yaratgan chizib bergan taqdir yo‘lidan yurarkanmiz. Men hech qachon AQSHga kelishni va bu yerda yana turmush qurib, farzandli bo‘lishni tasavvur qilmagandim. Manxettenda  zargarlik bilan shug‘ullanadigan eronlik inson bilan oila qurdim. Qaynonam, turmush o‘rtog‘im va ikki o‘g‘lim bilan birga yashaymiz. Turmush o‘rtog‘im AQSHdagi yirik tadbirkorlardan biri hisoblanadi. U ancha yillardan buyon brilliantlar savdosi bilan shug‘ullanadi.

    Turmush o‘rtog‘im o‘qishimni, til o‘rganishimni istadi. Oz vaqt ichida uning tadbirkorlikdagi partnyoriga aylandim. Ammo o‘g‘limiz tug‘ilgach, faoliyatimni biroz chekladim. Hozir ham ishlar ko‘payib ketsa, turmush o‘rtog‘imga yordamlashaman. Qolgan payt esa uy ishlari va o‘g‘illarim tarbiyasi bilan bandman. Yaqinda O‘zbekistonga borib, katta o‘g‘lim Kamronni ham AQSHga olib keldim. U ham bu yerga moslashyapti.

    “Teatr bilan bog‘liq shirin xotiralarim ko‘p”

    Foto: Instagram / @danapeykar

    Foto: Instagram / @danapeykar

    — O‘ylab qarasam, ilgari hech narsadan qo‘rqmaydigan, tavakkalchi bo‘lgan ekanman. Kutilganidek bo‘lmasa, jabrini faqat o‘zim tortaman-ku, deb  tavakkal qilishdan hayiqmasdim. Hozir esa bir qarorga kelishdan avval uzoq o‘ylayman, turmush o‘rtog‘im, hatto bolalarim bilan ham maslahatlashaman. Ba’zi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbek milliy akademik drama teatri haqidagi ma’lumotlarni o‘qib, afsuslanaman. Chunki u yerda 13 yil ishladim, teatr bilan bog‘liq shirin xotiralarim juda ko‘p. Turkiyadagi festivalda rejissor Valijon Umarovning “Ayolg‘u” spektakli bilan ishtirok etganmiz. Shodiya To‘xtayeva bilan Fotima va Zuhra rollarini ijro etgandik. O‘shanda katta o‘g‘lim Kamronga homilador edim. Hamkasblarim meni avaylab, barcha qulayliklarni yaratib berishgandi.

    AQSHda hamma narsa bor, ammo baribir nimadir yetishmayotgandek tuyuladi. Ba’zan sevimli ishim bilan shug‘ullangim keladi. Bu yerda qolib ketishni istamayotganimni ham ich-ichimdan his qilaman.

    “Katta gapirmaslik kerak”

    Foto: Instagram / @danapeykar

    Foto: Instagram / @danapeykar

    — Ilgari “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” degan telenovellalar namoyish etilardi. Kinolar bir yilda namoyish etilsa, telenovella har hafta efirga uzatilardi. Ammo ba’zi rejissorlar novellalarga past nazar bilan qarashardi. Men esa telenovellada ko‘p suratga tushadigan aktrisalardan biri edim. Kinorejissorlardan biri  “Otalar so‘zida suratga tushmang, bo‘lmasa kinoga ololmaymiz”, degan. Novellani har hafta orziqib kutadigan muxlislar sabab undagi takliflarni rad etishni istamaganman.

    Ba’zan dugonalarim qistovi bilan kastinglarga borardim. “Sardor” serialida ham kursdoshim Nigora Karimboyeva bilan borib, birga kasting topshirgandik. “Shaytanat”da ham shunday bo‘lgan.

    Odam katta gapirmasligi kerak, deb bekorga aytishmaydi. Bir paytlar telenovellalarni kamsitgan rejissorlar bugun shu ishdan non yeb yurishibdi.

    “Etyud nimaligini bilmaganlar sahna yulduzi”

    Foto: Instagram / @danapeykar

    Foto: Instagram / @danapeykar

    — Teatr va kinoga qaytgim keladi. Ammo oradan shuncha vaqt o‘tdi, endi o‘zimni bu sohada avvalgidek erkin his qilolamanmi, deb o‘ylayman. Keyin hozirgi talablar avvalgidan o‘zgargan. San’at oliygohida o‘qimagan, etyud nima ekanligini bilmagan va umri davomida bitta masalni yodlamaganlar sahna yulduzi bo‘lib yurishibdi. Ularni shunchalik ura-ura bilan ko‘tarishyaptiki, hayron qolaman. Menga bunday ijod qilish yoqmaydi. Hammasi professional bo‘lgani yaxshi.

    Yaqinda turmush o‘rtog‘im YouTube’ga joylangan o‘zbek kinosini ko‘rsatib, “Nega sizlardagi hamma aktrisalar bir xil?” deb kuldi. Yo‘q, unday emas, dedim-u, ammo uning gaplarida jon borligini ich-ichimdan his qildim. Ba’zi aktrisalarda o‘ziga xoslik yo‘qolgan. Ayol go‘zal bo‘lishga intiladi, ammo bu bilan o‘zligini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Amerika va turk filmlarini kuzatib boraman. Bu yerda filtrdan va ortiqcha bo‘yanishdan tiyilishadi. To‘g‘ri, ular ham plastik operatsiyalardan foydalanishadi. Ammo bu yerlarda tabiiylik ko‘proq qadrlanadi.

    “AQSH hech kimni o‘zgartirmaydi”

    — “Amerika bolaning tarbiyasiga aks ta’sir etadi, shuning uchun uni bu yerga olib kelmayapman”, degan gapni ko‘p eshitaman. To‘g‘ri, hammaning o‘z fikri bor. Ammo, menimcha, AQSH hech kimni o‘zgartirmaydi, bola ham tarbiyani avvalo ota-onasidan oladi. Yaxshi tarbiyalangan bola ko‘chaga chiqib, birdan o‘zgarib qolmaydi.Amerikaliklardan ham o‘rganishimiz kerak bo‘lgan jihatlar juda ko‘p. Bu yerdagilar pul topishni ham, shunga yarasha hordiq chiqarishni ham bilishadi. Keyin AQSHda yoshi ulg‘ayganida o‘qish ham tabiiy hol. Men ham AQSHga kelgach, 5 yildan so‘ng til kurslariga borib, o‘qidim. Hozir ham o‘qiyapman, — deydi O‘zbek milliy akademik drama teatrining sobiq aktrisasi Durdona Tursunboyeva.

    Mavzuga doir:

    • “Amerika orzular mamlakati emas, bu yerda dollardan boshqa hech narsa yo‘q”. 5 yildan buyon AQSHda yashayotgan teleboshlovchi Ravshan Hakimov bilan suhbat
    • AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)
    • Gulchehra Eshonqulova ilk marta AQShga ketishi sababi, turmush o‘rtog‘idan 13 yosh kattaligi haqidagi gaplardan charchagani haqida gapirdi (video)

    26.08.2022, 12:40   Izoh (0)   32814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rak bo‘lib qoldim, ikki yil umrim qolibdi, desam ham unashmagan”. Rahmonali Suropov “Qalpoq”ning Alfiya kampir tufayli “zapret”ga tushgani haqida (video)

    26.08.2022, 10:43

    Instagram: Ota-onasiga syurpriz tayyorlagan Parizoda, turmushga chiqayotgan Zara Shirinova, Luizaning jahlini chiqarishdi

    25.08.2022, 22:46

    “O‘sha kuni farzandim kasal edi”. Sobiq “Million”chi Umid Haydarov internetda tarqalgan videosi hamda sudlanayotgani haqida (video)

    25.08.2022, 21:50

    Alisher Uzoqov 38 yoshda: Otasining o‘limidan so‘ng akasini topgan, 10 yil “prava”siz mashina haydagan aktyor va xonandaning hayot yo‘li haqida (foto)

    25.08.2022, 19:42

    Badavlat oilada o‘sgan bo‘lsa-da, lekin hamma narsaga o‘z kuchi bilan erishgan yulduzlar (foto)

    25.08.2022, 16:34

    Fotosayohat: Xonanda Selena Gomesning plyajdagi uyi qanday ko‘rinishga ega?

    25.08.2022, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.