Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 26-iyuldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti 2024-yil 22-aprelda ham qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
Undan avval 2023-yil dekabrida, 2021-yili yanvar oyida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgan edi. Shuningdek, davlat rahbari 2019-yil avgustda ham qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi. O‘shanda bu Shavkat Mirziyoyevning so‘nggi 17 yillik faoliyatidagi birinchi mehnat ta’tili ekani ta’kidlangan edi.
Izoh (0)