Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Xitoyning Rockcheck Tewoo Corporation Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kompaniya Tyanszindagi eng yirik ishlab chiqarish va aylanma kompaniyasining aralash mulkchilik islohoti orqali qayta tashkil etilgan.
O‘zaro muloqotda xitoylik ishbilarmonlar kompaniyaning imkoniyatlari, yutuqlari haqida taqdimot o‘tkazdi.
Namanganda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlab, O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilish, xalqaro savdoni rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Izoh (0)