Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 22-apreldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti 2023-yil 4-dekabrda ham qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021-yili yanvar oyida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgan edi. Shuningdek, davlat rahbari 2019-yil avgustda ham qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi. O‘shanda bu Shavkat Mirziyoyevning so‘nggi 17 yillik faoliyatidagi birinchi mehnat ta’tili ekani ta’kidlangan edi.
Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekiston prezidenti tomonidan barcha mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlarining mehnat ta’tiliga chiqishi va davolanishini 2 bosqichda o‘tkazish ma’qullangani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilikka ko‘ra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi tibbiyot bosh boshqarmasi ro‘yxatida turadi. Ularga zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida.
Izoh (0)