• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shekspir — teatr, o‘limdan keyingi mashhurlik va meros qolgan karavot. Buyuk dramaturg taqdiri

    Shekspir o‘z tragediyalarini bundan 400 yil oldin kichik bir teatr uchun yaratadi. Ammo hozirga qadar zamonaviy sahnalarda uning pyesalari boshqalardan ko‘ra ko‘proq ijro etiladi. Muallifning o‘zi esa biograflar va adabiyotshunoslar uchun jumboqligicha qolmoqda. “100 buyuk inson” loyihasi doirasida shaxsiyati ustida yuzlab yillardan beri bahs-munozara davom etib kelayotgan Uilyam Shekspir haqida hikoya qilamiz.

    Shekspirga atab Londonda o‘rnatilgan haykal
    Foto: The Guardian

    Shekspirning bolaligi

    Uilyam Shekspir kim? Shekspir — dunyodagi eng yaxshi dramaturglardan biri, ingliz shoiri. Britannica nashriga ko‘ra, birorta yozuvchining obro‘si uniki bilan bahslasha olmaydi. Shu bilan birga, boshqa biror muallif yuzlab yillardan beri davom etayotgan munozarani boshlab bermagan. Shekspir shaxsiyatiga bog‘liq ziddiyatli ma’lumotlar va u yozgani aytiladigan pyesalar alohida muammo — “Shekspir masalasi”.

    Uilyam Shekspir 1564-yil aprelda Yorkshir grafligidagi Stratford-apon-Eyvon shahrida dunyoga keladi. Otasi qo‘lqop hunarmandchiligi bilan shug‘ullanar va charm sotardi. Uning shahardagi ijtimoiy mavqeyi yuqori bo‘lib, munitsipal kengash a’zoligiga saylangan, keyin esa shahar kengashi rahbari lavozimiga ko‘tarilgan.

    Onasi Meri Arden esa badavlat mulkdorlar avlodi hisoblangan. Shekspirning otasi uchun u bilan oila qurish ijtimoiy pillapoyadan yuqoriga ko‘tarilish borasida yaxshi imkoniyat edi. Rafiqasining merosi sabab Jon Shekspir hashamatli uy va boshqa ko‘chmas mulklarni sotib olgan. Oilaning boyligi farzandlarni ta’lim olishiga ham yetarli sharoitni ta’minlab berardi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Uilyam oilada uchinchi farzand bo‘lib tug‘iladi, o‘zidan oldin dunyoga kelgan ikki farzand chaqaloqligidayoq vafot etgan. Bundan tashqari, uning uch nafar ukasi va ikki singlisi bo‘lgan. Stratfordda gimnaziya joylashgan bo‘lib, Uilyam 14-15 yoshiga qadar u yerda grammatika bilan shug‘ullanadi. U yerda lotin, grek tillari, klassik tarixchilar merosi, qadimgi Rim shoirlarining asarlari o‘rgatilardi.

    Shekspirning yoshlik davrlarida Stratfordda teatr truppalari gastrollarga kelardi. Uilyam otasi bilan birga ularning tomoshalarini ko‘rishga tashrif buyurardi. U yerda muntazam havaskorlik spektakllari ham namoyish etib turilgan. O‘smir uchun bu teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.

    1580-yillar oxirida otasining tijoriy ishlari orqaga keta boshlaydi, oilaning moliyaviy ahvoli og‘irlashadi. Shekspir gimnaziyadan keyin ta’limni davom ettirmay, ishlashga kirishib ketadi. Bigoraphy nashrining qayd etishicha, aynan shu holat uning o‘z asarlari muallifi ekani borasida shubha uyg‘otadi.

    Dramaturg ijodi

    Shekspirning ijodi, shaxsiyati va hayotiga oid ishonchli hujjatlar kam saqlanib qolgan. 1585-yildan 1592-yil oralig‘idagi davr tadqiqotchilar tomonidan “yo‘qotilgan yillar” deb ataladi. Taxminlarga ko‘ra, bu vaqtlar davomida Shekspir Londonda aktyor va dramaturg sifatida ishlab, yashash uchun pul topgan. Ingliz adabiyoti dahosining ijodini tadqiq qilgan Robert Grin shunday xulosaga kelgan.

    Foto: Wikipedia

    Shekspir ijodi 1580-yillardan boshlangan deb hisoblansa-da, uning Londonga kelganiga oid ishonchli manbalar 1592-yilda yozilgan. Oradan ikki yil o‘tgach esa u bir nechta pyesasini e’lon qilib, mashhurlikka erishadi. Shekspir teatr truppasining egalaridan biriga aylanadi, 1599-yilda esa Temza qirg‘og‘ida “Globus” teatri binosi qad rostlaydi. 1603-yilda Yakov I ga toj kiydirilganidan keyin truppa “Qirol noiblari” nomini oladi va saroyda oldingidan to‘rt barobar ko‘proq chiqishlar qila boshlaydi.

    Shekspir nimalar yozgan?

    Shekspir umri davomida jami 38 ta pyesa, 4 ta poema, 154 ta sonet yozadi. Umumiy qabul qilingan davrlashtirishga ko‘ra, Shekspir ijodi bir nechta davrga bo‘linadi:

    Ilk davr (1590-1594-yillar)da xronikalar, Renessans komediyalari yozilgan. Bular — “Tit Andronik”, “Genrix VI”, “Richard III”, “Ikki veronalik”. O‘lat epidemiyasi vaqtida Londondan chiqib ketayotgan Shekspir uchta erotik poema bitadi.

    “Gamlet” pyesasi
    Foto: Yandeks Photo

    Ijodining eng gullagan davri 1601-1608-yillarga to‘g‘ri keladi. “Gamlet”, “Qirol Lir”, “Otello”, “Makbet” aynan shu davrda yozilgan. Ulardan eng mashhuri “Gamlet”dir.

    Shekspir ijodining o‘ziga xosligi nimada?

    Uning asarlarida turli davrlar, xalqlar tasvirlanadi. Ularning aksariyati antik davrdan, italyan novellalaridan olingan bo‘lib, rang-barangligi, yengilligi, tragik va hajviy chizgilari bilan ingliz xalq dramaturgiyasining an’analariga qorishib ketgan. Muallifning so‘z boyligi ham alohida e’tirof etiladi — 17,5 mingdan 29 minggacha.

    Taxminan 200 yil oldin “Shekspir masalasi” o‘rtaga tashlanadi. Shekspir kabi ta’lim olgan inson bunday ulkan so‘z boyligiga ega bo‘lolmasligini aytadi. Boshqa mualliflar yoki bir guruh shaxslar “Shekspir” nomi ostida ijod qilgan degan farazlar mavjud. Ammo shekspirshunoslar barcha pyesalarni Uilyam Shekspirning o‘zi yozganiga shubha bildirmaydi.

    Uilyam 18 yoshida o‘zidan sakkiz yosh katta Enn Xatauey ismli qizga uylanadi. Yarim yildan keyin oilaning Syuzen ismli qizi dunyoga keladi. Oradan uch yil o‘tgach Xemnet va Judit ismli egiz farzandlari tug‘iladi. Bolakay 11 yoshida o‘latdan vafot etadi.

    Foto: Wikipedia

    1592-yildan boshlab Uilyam Londonda muntazam yashab, ijod qilishga kirishadi, oilasi bo‘lsa Stratfordda yashashda davom etadi. O‘lat tarqalgan vaqtda teatrlar yopilgani bois u uyiga kelishga majbur bo‘lardi.

    Dramaturg shu bilan birga, oilasining moliyaviy holatidan doimo xabar olib turardi. 1597-yilda eng katta uylardan biri bo‘lgan Nyu-Pleysni sotib oladi. Bundan tashqari, Londonda ham uyi bor edi, 1601-yilda ota-onasining uyi ham unga meros bo‘lib o‘tadi. Angliya poytaxti atrofida 100 akrdan ortiq yer va ko‘chmas mulk xarid qiladi. Bunday investitsiyalar unga ijodiy ishlar bilan ko‘proq shug‘ullanib, butun e’tiborini dramaturgiyaga qaratishga yordam berardi.

    1613-yilga kelib Shekspir teatr faoliyatidan chekinib, Stratfordga qaytadi. Oradan uch yil o‘tgach uzoq davom etgan kasallikdan vafot etadi. Shekspir vasiyatiga ko‘ra, boyligining katta qismi qizi Syuzenga o‘tadi. U otasi hayotligida taniqli shifokor Jon Xollga turmushga chiqqan bo‘lib, oilada yagona qiz farzand — Elizabet dunyoga kelgandi. Elizabet farzandli bo‘lmagani bois Shekspirning so‘nggi to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodi hisoblanadi. Kichik qizi Judit esa musallas sotuvchi Tomas Kuiniga turmushga chiqqan. U uch farzandni dunyoga keltirsa-da, bolalarning hech biri uzoq umr ko‘rmaydi.

    Vasiyatnomada rafiqasiga qoldirilgan meros ko‘plab mish-mishlarni yuzaga keltiradi. Shekspir unga karavotni qoldirgan edi. Kimdir buni haqorat deya hisoblaydi, ammo o‘sha davrda mebel hashamatli predmet hisoblanib, mehmonlar uchun mo‘ljallangan karavot — eng qimmat buyum edi. Shuningdek, qonunga ko‘ra, merosning uchdan bir qismi beva ayolga o‘tardi.

    Shekspir yashagan uy
    Foto: Wikipedia

    Uilyam Shekspir hayotligida uning pyesalari va “Globus” teatri Londonda mashhurlikka erishib, zamondoshlari olqishiga sabab bo‘ladi. Ammo muallif va uning tragediyalariga haqiqiy mashhurlik XIX asr oxirlarida keladi. Uning pyesalari dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilinib, jahon klassikasiga aylanadi.

    Shekspir Stratforddagi avliyo Troitsa mehrobiga ko‘milgan. U ulug‘ dramaturg bo‘lgani uchun emas, balki katta miqdordagi to‘lovni amalga oshirib kelgani bois bu sharafga loyiq deb topilgan. Qabrdan uncha uzoq bo‘lmagan devorda qarindoshlari o‘rnatgan yodgorlik esa Shekspirning yozayotgan holatini o‘zida jo etgan. Har yili dramaturgning tavallud kunida yodgorlikdagi Shekspirning qo‘lidagi g‘oz pati yangilanadi. U qabr toshiga bitilgan so‘zlarni o‘zi yozgan muallif hisoblanadi.

    22.06.2024, 20:55   Izoh (0)   9180
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rim qo‘shinlarini qo‘rquvga solgan sirakuzalik daho. Yerni joyidan siljitmoqchi bo‘lgan va qum zarralarini sanagan Arximedning o‘ldirilishi

    03.04.2023, 09:52

    Haqiqat yoki gulxan: bid’atchiga aylangan Galileo Galiley taqdiri

    16.06.2024, 11:44

    Qarzlar, xonavayron hayot va olamshumul ixtiro — dunyoni o‘zgartirib yuborgan Gutenberg taqdiri

    18.06.2024, 16:30

    Isroil qiruvchi samolyotlari G‘azodagi HAMASning ikkita harbiy obyektiga hujum qildi

    22.06.2024, 19:15

    “Hizbulloh” Isroil shimolidagi pozitsiyalarga 6 ta hujum uyushtirdi

    22.06.2024, 18:35

    Italiya qirg‘oqlarida migrantlar qayig‘i cho‘kib ketishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi

    22.06.2024, 18:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.