Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa davlatlariga Rossiyadan kelayotgan tahdid davom etishini kutmoqda, deya Deutsche Welle xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shols bu haqda Sharqiy Germaniya iqtisodiy forumida aytib, diplomatiya faqat kuchli pozitsiyada muvaffaqiyat qozonishini ta’kidlagan.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik siyosatidagi o‘zgarishlar Rossiyaga ittifoqchilarning NATO hududining har kvadrat santimetrini hujumdan himoya qilishga tayyorligini ko‘rsatish uchun zarur.
Rossiya tahdidi davom etayotganligi sababli, biz va boshqa ittifoqchilar o‘tgan yili Boltiqbo‘yi mamlakatlariga qo‘shimcha bo‘linmalar yuborishga va kelajakda u yerda butun brigadani doimiy ravishda joylashtirishga qaror qildik, — deydi Germaniya kansleri.
Sholsga ko‘ra, Putinning maqsadlari chegaralarni kuch bilan ko‘chirishdan iborat.
Avvalroq Shols Berlin Ukrainaga Rossiyadagi harbiy nishonlarga nemis qurollari bilan hujum qilishga ruxsat etgani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)