Germaniya kansleri Olaf Shols Ukraina yaqin 30 yil ichida NATOga a’zo bo‘lmasligini istisno qilmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Yechimlarni bilasiz, bu yaqin kelajakda kutilmayapti, — dedi Shols fuqarolar bilan suhbatda.
NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer avvalroq Ukrainaning alyansga aʼzo bo‘lishi masalasi hal qilinganini, biroq bu qachon sodir bo‘lishi va buning uchun nima kerakligi haqida munozaralar davom etayotganini aytgan.
2022-yil sentyabr oyi oxirida Vladimir Zelenskiy Ukraina tezlashtirilgan asosda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berayotganini ma’lum qilgan. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg qurolli mojaro paytida Ukrainaning alyansga to‘liq a’zo bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlagan.
AQSHning NATOdagi doimiy vakili Julian Smitga ko‘ra, iyul oyida Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO sammitida Ukraina asosiy mavzu bo‘ladi. Shu bilan birga, uning aniqlik kiritishicha, Kiyev bo‘lajak sammitda NATOga qo‘shilishi kutilmaydi. Stoltenberg ham bo‘lajak sammitda Ukrainaning aʼzoligi bo‘yicha kelishuv yo‘qligini aytgan.
Izoh (0)