Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqining o‘z yadro quroliga ega bo‘lish ehtimolini rad etdi.
Aniq bo‘lishi uchun: “Yevropa Ittifoqining yadro quroli” bo‘lmaydi, bu shunchaki imkonsiz, — deydi Shols.
U Fransiya prezidentining NATO ustunini mustahkamlash yo‘lidagi Yevropaning kelajakdagi mudofaasini muhokama qilish taklifini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, u YI Fransiya yadroviy to‘xtatuvchisi suverenitetiga tajovuz qilmasligini taʼkidlagan.
Biz Yevropani himoya qilish va har qanday tajovuzkorni – bugun va kelajakda to‘xtatishni muhokama qilishimiz kerak, — deya qo‘shimcha qilgan Germaniya kansleri.
Shols shuningdek, Germaniyaning xavfsizlik va mudofaa siyosatidagi misli ko‘rilmagan, tektonik siljishlarga ishora qilgan. U nemis armiyasini qayta qurish va modernizatsiya qilish uchun 100 milliard yevro jamg‘arish uchun konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilganini aytgan.
Bizning maqsadimiz Bundesverni Yevropadagi eng kuchli oddiy qurolli kuchlarga aylantirishdir. Joriy yildan va kelajakda yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaaga sarflaymiz, — deydi Shols.
Shu bilan birga, Germaniya kansleri NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka intilmasligini va alyansni Ukrainadagi mojaroning bir tomoniga aylantiradigan hech qanday qadam tashlamasligini yana bir bor ta’kidlagan.
Izoh (0)