15-may kuni o‘q uzilishidan yaralangan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso ishga qaytishi uchun kamida bir necha oy kerak bo‘ladi.
Bu haqda Slovakiya tashqi ishlar vaziri Yuray Blanar ma’lum qildi.

“Fitsoning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda, ammo har qanday holatda ham uning bosh vazir lavozimiga to‘liq qaytishi uchun yana bir necha oy kerak bo‘ladi”, — dedi vazir.
15-may kuni Slovakiya Vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng bosh vazir Robert Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga o‘q uzilgandi.
- Mazkur jinoyatni muxolifatdagi “Progressiv Slovakiya” partiyasi tarafdori, 71 yoshli yozuvchi Yuray Sintula sodir etgani aniqlangan va u qo‘lga olingan.
- U 25 yildan umrbodgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh (0)