Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng bosh vazir Robert Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga o‘q uzilgan. Shundan so‘ng, Fitso zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan.
![](/static/2024/05/15/1906699020_0_0_3072_1728_1920x0_80_0_0_de0d42affa80d96d35a3b90f315db15a-syNKCUEQ.jpg)
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, o‘q uzgan shaxs qo‘lga olingan. U nima sababdan mazkur harakatni amalga oshirgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
![](/static/2024/05/15/photo_2024-05-15_18-42-37-gqmR9b7z.jpg)
Robert Fitso 2023-yilning 25-oktyabridan beri Slovakiya bosh vaziri sifatida faoliyat yuritib kelayapti.
O‘tgan yilning dekabr oyida u “Pravda” gazetasiga bergan intervyusida Ukrainaga dunyodagi barcha qurol-yarog‘ va pul berilgan taqdirda ham u Rossiyani harbiy jihatdan mag‘lub eta olmasligini aytgandi.
Izoh (0)