AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 14-may kuni AQSH Kongressining Isroilga qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi qurol-yarog‘ paketini yetkazib berish niyati haqida ma’lum qildi, Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, paket zirhli texnikalar uchun 700 million dollar (taxminan 647 million yevro), boshqa harbiy texnika uchun yana 500 million dollar (taxminan 462 million yevro) va minomyotlar uchun 60 million dollar (taxminan 55 million yevro)ni o‘z ichiga olishi mumkin.
CNN AQSH Kongressidagi anonim manbalarga tayanib xabar berishicha, Oq uy Isroilga qurol yetkazib berish bo‘yicha yangi kelishuvni tasdiqlash jarayonini boshlamoqda.
Avvalroq Jo Bayden G‘azo janubidagi Rafah shahrida harbiy operatsiya boshlasa, Isroilga ayrim turdagi qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgani xabar qilingandi.
Agar isroilliklar Rafahga kirsa, ular bunday amaliyotlar uchun qo‘llagan qurol-yarog‘larni ularga yetkazib bermayman, — degan edi Amerika rahbari.
Shuningdek, Oq uy rahbari Vashington Isroil xavfsizligini ta’minlashdan voz kechmasligini aytgan.
Izoh (0)