Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2023-yil sentyabrda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga borgandi.
Izoh (0)