• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    O‘zbekistonda zamonaviy farmatsevt kadrlarni tayyorlash uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

    Inson salomatligi bilan bog‘langan muhim tarmoq, murakkab epidemiologik vaziyat, ayrim  dori vositalarining tanqisligi ularning narx o‘zgaruvchanligi, yosh kadrlarga jahon standartlariga  mos ravishda ta’lim berish, farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning strategik ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor isbotladi.  

    Aholining yuqori samarali dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish farmatsevtika sanoatining qay darajada rivojlangani bilan bog‘liq. Yurtimizda bu sohada ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Bugungi kunda aholini sifatli, samarali, xavfsiz arzon dori vositalari bilan ta’minlash Sog‘liqni saqlash tizimining eng muhim vazifalaridan biri Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qator farmon va qarorlarda belgilangan chora-tadbirlar sohani takomillashtirish, xalqimizning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.

    O‘zbekiston rahbariyati mamlakatimizda xavfsiz, samarali, arzon va sifatli farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan xalqning turmush darajasini yuksaltirish uchun milliy farmatsevtikani takomillashtirishga haddan tashqari e’tibor qaratayotganini alohida ta’kidlash muhimdir. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli  va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari  asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi tasdiqlandi.

    Foto: Google Images

    Mazkur strategiya Farmatsevtika sohasiga oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash va sifatini oshirish, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish va ularning dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarish yo‘nalishida ilmiy izlanishlarini qo‘llab quvvatlash kabi qator vazifalar yuklatilgan.

    Mazkur vazifalar ijrosini Agentlik huzuridagi yangi barpo etilayotgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri ichida qad ko‘tarayotgan, zamonaviy metodikaga asoslangan Farmatsevtika texnik universitetining ta’limga bo‘lgan islohotlari misolida ko‘rish mumkin. Ushbu farmatsevtika klasteri yangi dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarish hamda biotexnologiyalar sohasidagi jahonning ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam qilgan bo‘lib, tarkibida farmatsevtika tarmog‘i boshqaruvi va regulyatori, xalqaro universitet, ilmiy-tadqiqot markazlari, vivarium, tajriba-sinov markazi va qator yuqori texnologiyalarga asoslangan xalqaro hamda mahalliy farmatsevtika va tibbiyot vositalarini ishlab chiqaruvchilar jamlaydi.

    Barcha ilg‘or texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishda amaliyotga tatbiq qilish uchun yetuk mutaxassislar zarurligi sabab Farmatsevtika texnik universiteti farmatsevtika klasterining markaziy a’zosiga aylangan. Universitet Buyuk Britaniya va Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda xalqaro oliy ta’lim andozalariga asoslangan farmatsevtika, biofarmatsevtika va hayot fanlari, biotexnologiya, yuqori texnologiyalar va sanoat menejmenti yo‘nalishlarida yosh kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan.

    Oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida universitet Buyuk Britaniyalik hamkor De Montfort va Sanderlend universitetlari bilan “Farmatsevtika” magistri, “Biokimyo” bakalavri va “Biotibbiyot fanlari” bakalavri dasturlarini ishlab chiqdi va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Shu orqali mazkur o‘quv dasturlari bitiruvchilariga Britaniya universitetining diplomlari topshiriladi. Hozirda shu yilning oktyabr oyida ta’lim jarayonini farmatsevtika klasterida boshlash uchun abituriyentlar qabuli davom etmoqda.

    Istiqboldagi rejalar asnosida O‘zbekiston va Koreya davlatlari rahbarlarining qo‘llab-quvvatlashlari sababli Koreya Respublikasining EDCF-fondi moliyalashtirishi doirasida universitet yetakchi xodimlari koreyalik mutaxassislar doimiy kampusi loyihasi ustida faol hamkorlik qilmoqda. “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida joylashadigan mazkur yangi kampusda ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lgan o‘quv-ma’muriy bino, sport kompleksi va AKT markazi qad ko‘taradi.

    Unda talabalarning samarali ta’lim olishi va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar yaratiladi, o‘quv materiallari va ta’lim jarayoni boshqaruvi to‘liq raqamlashtirilishi natijasida, xalqaro andozalardagi ta’lim muhiti yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga mustahkam zamin bo‘ladi. Yoshlarni sog‘lom va barkamol  rivojlanishi  uchun suzish, futzal, basketbol, voleybol, tennis, badminton, kurash va gimnastika zallari kampus  loyihasida rejalashtirilgan. 

    Shu bilan birga Janubiy Koreyaning Yonsey va Evxa universitetlari professorlari bilan hamkorlikda “Biofarmatsevtika”, “Sanoat farmatsevtikasi”, “Farmatsevtika kimyosi” yo‘nalishlarida qo‘shma o‘quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.

    Ilmiy salohiyatni yuksaltirish maqsadida shakllantirilgan universitetning ilmiy-tadqiqotlar strategiyasi yangi dori vositalarini yaratish va ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Aholi salomatligini ta’minlash va dolzarb kasalliklarga qarshi kurashishni maqsad qilib, Strategiya doirasida Ilg‘or farmatsevtik tahlil ilmiy markazi (Center for Advanced Pharmaceutical Analysis  - CAPA) ni tashkil etish ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.

    Ushbu laboratoriyada zamonaviy usullar orqali yangi dori vositalarini yaratish va mavjud preparatlarni takomillashtirish rejalangan. Ushbu ilmiy markaz zamonaviy dori vositalarini chuqur tahlil qilish hamda yosh tadqiqotchilarning malakasini oshirish imkoniyatlarini beradi. Bu markazga qo‘shimcha ravishda, 2026 yilda “Farmakologiya va farmagenomika” va “Sanoat farmatsiyasi” ilmiy markazlari tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

    Xalqaro va raqobatdosh ilmiy izlanish olib borish uchun ko‘p yillar davomida mashaqqat bilan o‘stiriladigan ilmiy-tadqiqotchi xodimlar kerak. Yosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida universitet Koreya Respublikasining “Changvon” universiteti (The Changwon National University) professori Yong Ill Li (Yong Ill Lee) ni zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida ilmiy maslahatchi sifatida jalb etdi.

    Farmatsevtika sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash muhim hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park”  innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri  uchun kadrlar zaxirasini rivojlantirish maqsadida Farmagentlik grantlari asosida ochiq tanlov asosida tanlab olingan 20 nafarga yaqin yoshlar chet ellarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida farmatsevtika, biofarmatsevtika, biotexnologiya, kosmetologiya, dori sifatini nazorat qilish  mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va doktorantura bosqichlarida malaka oshirishib kelishdi va ta’lim olmoqdalar. 

    Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini  qo‘llab quvvatlash yo‘nalishida  1 nafar tadqiqotchi 2023 yilda PhD darajasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana 2 nafar tadqiqotchi Buyuk Britaniyaning De Monfort universitetida PhD darajasini olish uchun o‘zining ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan.

    Shuningdek, 3 nafar tadqiqotchi PhD ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlar bilan hamkorlikni amalga oshirgan bo‘lsa, 1 nafar tadqiqotchi Koreyalik olimlar bilan hamkorlikda DSc ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turibdi. 

    Universitetning yosh tadqiqotchi xodimlari xorijdagi top-300 talikka kiruvchi universitetlarda ilmiy izlanishlarni olib borish niyatida hamkorlik aloqalarini  o‘rnatganlar. Yuqoridagilar inobatga olinsa, universitetning 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarining ulushi 88 % tashkil etadi.

    Hududlarda farmatsevtika sohasini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun Farmatsevtika texnik universiteti xodimlari top-100 talikka kiruvchi AQSHning Purdyu universiteti (Purdue University) professorlari tomonidan “Dori vositalarini sifatini ta’minlash va nazorat qilish” mavzusida 8 oylik malaka oshirish dasturlaridan muvaffaqiyatli tamomladilar. Buning natijasida “GxP” (Zarur farmatsevtik amaliyotlar) yo‘nalishida 10 ga yaqin malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi. Hozirgi kungacha, farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan 200 dan ziyod mutaxassislar ushbu kurslarda ta’lim oldi. Kurs yakunida tinglovchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

    Farmatsevtika sohasini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash muhim hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park”  innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri  hamda  Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etilgan. Kadrlarning zaxirasini rivojlantirish maqsadida Farmagentlik tomonidan 20 nafarga yaqin yoshlar Angliyaning Sanderlend va De Monfort universitetlarida farmatsevtika, biofarmatsevtika, biotexnologiya, kosmetologiya, dori sifatini nazorat qilish  yo‘nalishlarida magistratura va doktoranturaga malaka oshirish uchun yuborilgan. 

    Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini  qo‘llab quvvatlash yo‘nalishida  1 nafar tadqiqotchi 2023 yilda PhD darajasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana 2 nafar tadqiqotchi Buyuk Britaniyaning De Monfort universitetida PhD darajasini olish uchun o‘zining ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan. Shuningdek, 3 nafar tadqiqotchi PhD ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlar bilan hamkorlikni amalga oshirgan bo‘lsa, 1 nafar tadqiqotchi Koreyalik olimlar bilan hamkorlikda DSc ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turibdi. 

    Xalqaro maslahatchi kompaniyalarni jalb etgan holda farmatsevtika sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish va ta’minlash maqsadida Farmatsevtika texnik universiteti keng hamkorlikni o‘rnatmoqda. Universitet xalqaro ilmiy hamkorlari orasida jahon reytinglarida yetakchi Dandi universiteti, Pusan milliy universiteti, Yonsey universiteti, Xanyang aniq terapevtika instituti o‘rin olgan. Halqaro xorijiy konsultantlar bilan birgalikda  Farmatsevtika texnik universitetini zamonaviy ilmiy faoliyatini tashkil etish borasida istiqbolli rejalar ishlab chiqilmoqda.

    Universitetning yosh tadqiqotchilarining ilmiy tadqiqotlari mamlakatimiz aholisi salomatligini yaxshilash, o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha erta o‘limni kamaytirish maqsadiga yo‘naltirilgan. Bu ilmiy ishlardan quyidagilarni ta’kidlash joizdir:

    1. Alginat polimeri asosida yaratilgan nanozarrachalarning dori vositalarini maqsadli yetkazib berish va sezish texnologiyalari uchun afzalliklari (Unveiling the Pragmatic Potential of Alginate-Based Nanoparticles in Sensing Technology and Smart Delivery Applications). Ushbu yo‘nalish hozirgi kundagi dolzarb bo‘lgan dori vositalarini maqsadli yetkazib berish va turli kasalliklarni erta aniqlash uchun sezish texnologiyasidan foydalanishni hamda bu texnologiyalarda nanomateriallarning o‘rni qanday ekanligini ifodalaydi.

    Xususan, xalqaro miqyosda eng ko‘p qo‘llaniladigan natriy alginate biopolimerining yuqoridagi texnologiyalar uchun ustunliklarini aks ettiradi. Zamonaviy biotibbiyot va farmatsevtika fanlari bugungi kunda nanozarrachalarga asoslangan sensorlarni, ayniqsa biopolimer nanozarralarni ishlab chiqishga e’tibor qaratmoqda. Ushbu usul orqali saratonni erta aniqlash va boshqa turli diagnostik amaliyotlarda keng foydalanish mumkin bo‘ladi.

    2. Saratonni erta aniqlash va biologik to‘qimalarda ularni ko‘ra olish usullari (Cancer Detection and Bio imaging methods). Ma’lumki, onkologik bemorlar qabul qiladigan kimyoviy vositalar organizmning sog‘lom to‘qimalarini ham jadallik bilan jarohatlab keladi. Ushbu nojo‘ya ta’sirni kamaytirish maqsadida, kimyoviy preparatlarni aynan saratonga tanlab ta’sir ko‘rsatish uchun nishonlash muhim hisoblanadi. Ushbu tadqiqot natijasida mavjud onkologik preparatlarni modifikatsiya qilinishi rejalangan.

    3. Tibbiy maqsad uchun to‘qimalarga dori yetkazib berish  (Drug Delivery for Medical Application). Organizmga kiritilgan preparatlarni samaradorligini oshirish va preparatlarning kerakli konsentratsiyasini qonda stabil ushlab turish maqsadida dori vositalari maxsus texnologiyalar orqali ishlov beriladi. Natijada, ko‘plab bemorlarning davolanish muddatlarini qisqarishiga va tibbiy yordamga muhtoj aholining ko‘plab murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etishga erishish imkoniyatlarini ochadi.

    4. Raman-spektroskopiya uskunalari va imkoniyatlaridagi so‘nggi yutuqlar va ularni farmatsevtika va biotibbiyot sohasida qo‘llanilishi (Recent advancements in Raman instrumentation and capabilities and their application in pharmaceutical and biomedical field). Raman-spektrometriyasiga asoslangan uskunalar va imkoniyatlaridagi so‘nggi yutuqlar farmatsevtika va biotibbiyot sohalarida Raman-spektroskopiyasining potensial qo‘llanilishini sezilarli darajada kengaytirdi. Ushbu yutuqlarning maqsadi farmatsevtika va biologik namunalarni aniqroq va sezgir tahlil qilish imkonini beruvchi Raman-spektroskopiyasining analitik imkoniyatlarini oshirishdir. Bu dori vositalarini ishlab chiqish, sifat nazorati va tibbiy diagnostika sohasida inqilob qilish potensialiga ega va natijada sog‘liqni saqlash natijalarini yaxshilashga olib keladi.

    Raman spektroskopiyasining mikroskopiya va tasvirlash massa spektrometriyasi kabi boshqa tasvirlash usullari bilan integratsiyalashuvi murakkab biologik tizimlar haqidagi tushunchamizni kengaytirib, keng qamrovli molekulyar ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.

    Bugun mamlakatimizning barcha jabhalarida o‘zgarish va islohotlar shukuhi kuzatilmoqda, yangi zamon ruhi kirib borayotgan ta’lim yo‘nalishida ham  professor-o‘qituvchilar, talabalar, yosh kadrlar, olimlarning  manfaatlarining ustuvorligi sezilarli darajada o‘zgarmoqda, ayniqsa yaqin  yillardagi ilm-fan, texnologiyaning rivojlanish dinamikasiga qaraydigan bo‘lsak, ularning mazmun mohiyatida yoshlarning ayniqsa sifatli xalqaro ta’limning mamlakatimiz ta’lim siyosatiga tatbiq etilishining bosqichma-bosqich jarayonini guvohi bo‘lyapmiz.

    Farmatsevtika Texnik Universiteti rektori, texnika fanlari nomzodi Abdumalik Djumanov

    15.04.2024, 18:58   Izoh (0)   15185
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston elchisi Belarus tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

    05.02.2024, 23:05

    O‘zbekiston biznesiga Digital Marketing kerakmi?

    31.01.2024, 19:16

    Ikkinchi Tashkent Digital Marketing Forum 2024 nima haqda bo‘ladi?

    15.12.2023, 18:15

    “Tashkent Digital Marketing Forum” doirasida O‘zbekistonning eng yaxshi blogerlari va kontent mualliflari taqdirlanadi

    04.12.2023, 16:02

    Mamlakatimizning yirik shaharlarida jamoat transportiga e’tibor yetarlimi?

    01.12.2023, 17:35

    “O‘zbekiston bozoridan umidimiz katta” — xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilar Toshkentga keldi

    24.10.2023, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.