O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Raxmatulla Nazarov bugun Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynikka ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Ma‘lum qilinishicha, tadbir davomida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Belarus hamkorligining siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi dolzarb masalalari, ikki mamlakatning integratsion tashkilotlardagi o‘zaro hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar davlatlararo muloqotga qo‘shimcha dinamika qo‘shishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdi. Uchrashuvda, shuningdek, turli darajadagi qo‘shma tadbirlar rejalari xususida ham fikr almashildi.
Izoh (0)