Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etgani, marhumaning yaqinlari bunga zo‘ravon er aybdorligini aytgani haqida xabar berilgandi. Viloyat prokuraturasiga ko’ra, marhumaning eri ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, marxumaning turmush o‘rtog‘i Jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlandi. Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)