Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati, Algin tumanidan o‘tgan Respublika ahamiyatiga ega Samara—Shimkent avtomobil yo‘lining 678 km da 3-aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Toyota-Alhpard hamda Volvo yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
YTH natijasida Toyota-Alhpard avtomobilida bo‘lgan jami 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
“O‘zbekiston Favqudodda vaziyatlar vazirligi masʼullari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)