• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Fyurer vidolashmoqchi” — Gitlerning bunkerdagi so‘nggi kuni haqida

    30-aprel kunduzi fyurerbunkeridan bir kilometr naridagi Reyxstagga oxirgi hujum boshlanadi. Bu vaqtga kelib Adolf Gitler bilan qolgan natsistlarda Berlinning ozod etilish umidi butunlay so‘nib bo‘lgandi. Shunga qaramay yer ostidagi boshpanada yashayotganlarga Uchinchi reyx poytaxti uchun kechgan final jangida general Valter Venkning qo‘shini yakson etilgani haqida xabar yetib keladi. Fyurer rafiqasi Yeva Braun bilan birga o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

    O‘z vasiyatida u “sharmandalarcha kapitulyatsiya” o‘rniga o‘limni tanlaganini yozib qoldiradi. Fyurer nemis askarlarining frontda ko‘rsatgan “behisob jasorat va yutuqlari” qarshisida “yuragida quvonch bilan” o‘lish niyatida edi. Vafotidan keyin o‘ziga yaqinlardan hor bo‘lmasligi uchun jasadini yoqib yuborishlarini so‘ragan.

    Gitlerning so‘nggi tushligi

    Adolf Gitler
    Foto: Wikimedia Commons

    Gitlerning telefonisti va soqchisi bo‘lib ishlagan Roxus Mishning so‘zlariga ishoniladigan bo‘lsa, uning rahbari oxirgi daqiqalarga qadar o‘zini sovuq tutgan. SS xodimi natsistlar yetakchisining bunkerdagi so‘nggi kunlarini quyidagicha yodga oladi:

    “Gitler juda horg‘in, ‘yorilish’ arafasida ko‘rinardi, shunday bo‘lsa-da real vaziyatni ko‘rib, o‘zini qo‘ldan chiqarmasdi. Ba’zida u g‘ayrioddiy tarzda xotirjam bo‘lardi. Havo trevogalari, bombalar va kundan kunga ortib borayotgan mag‘lubiyat, uning obro‘siga putur yetkazmasdi.

    Hokimiyat jilovi butunlay uning qo‘lida qoldi. Bunker xonalarida hukmronlik qilgan muhit biqiq va yoqimsiz edi. Urushdan keyin ko‘pchilik aytganidek, u yerda hech kim ichmasdi. Kimdir o‘ziga bir stakan spirtli ichimlik quygandir balki, ammo undan ortiq emas. Tamaki chekish esa doimo qattiq taqiqlangan”.

    Fyurerning kamerdineri bo‘lgan Xayns Linge uzoq yillardan keyin so‘zlab berganidek, Gitler umrining oxirgi kechasini kiyingan holda divanda o‘tirgancha, Yeva bilan o‘tkazadi. Artilleriya olovlariga qaramay, ular o‘z xonasidan odatdagidan kechroq chiqadi.

    Soat 14:30 da Gitler va Braun omma oldida oxirgi marotaba ko‘rinish beradi. Oilaviy juftlik hayotining so‘nggi daqiqalari haqida Milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasi yetakchisining shaxsiy kotibi Traudl Yunge o‘z memuarlarida yozib qoldirgan. U bir kun oldin fyurerning vasiyatini yozuv mashinkasida tergani sabab, uning hayot bilan vidolashuvidan xabardor edi.

    Reyxstagni egallagan sovet qo‘shinlari
    Foto: Wikipedia
    “Biz Gitler bilan tushlik qildik. Keyin men tamaki chekkani chiqdim, ammo dahlizda Lingeni ko‘rib qoldim va u “Fyurer vidolashmoqchi”, dedi. U xonasidan avvalgidan-da bukchayib qolgan holda chiqdi va har birimizning qo‘limizni siqdi. Uning qo‘llaridagi iliqlikni his qildim, ammo qarashlari hech narsani anglatmas edi. Xuddiki u bizni tark etib bo‘lgan. U nimalardir dedi, ammo so‘zlari qulog‘imga kirmadi. Hammamiz kutgan onlar yaqinlashardi, men bo‘lsa, sodir bo‘layotgan voqealardan karaxt ahvolga tushib qoldim. Yeva Braun yonimga kelganidagina o‘zimni o‘nglab oldim. U tabassum qilib, meni quchoqladi”, — deb yozadi Yunge.

    Maslakdoshlari va rafiqasi bilan vidolashuv

    Gitler va Braun barcha kotib hamda yordamchilarning qo‘llarini siqqan holda bunker bo‘ylab aylanib chiqadi. Shundan keyin u adyutantiga amalga oshirajak rejasini oshkor qiladi.

    Foto: Wikipedia

    Fyurerning bunday o‘limi haqida ancha oldin gap-so‘zlar tarqalgan edi. 1943-yil kuzida Garvard universitetining taniqli psixoanalitigi Genri Myurrey Strategik xizmatlar boshqarmasiga uning kitoblarini o‘rganib chiqib, jahon tarixidagi eng razil insonning shaxsiyati tahlilini tayyorlagan edi. Olim o‘z tadqiqotida Germaniyaning mag‘lubiyati muqarrar bo‘lsa, Gitler o‘z joniga qasd qilishi haqida yozadi. Shu bilan birga, Myurrey fyurer shtab-kvartirasini portlatib, sheriklari va dushmanlarini ham o‘zi bilan olib ketishidan xavotirda ekanini bildiradi. Gitlerning hibsga olinishi va uning sudga topshirilishi psixoanalitik uchun amalga oshmaydigan ishdek ko‘rinardi.

    Natsistlar yetakchisining umr yo‘ldoshi o‘limidan oldin eri yaxshi ko‘rgan ko‘ylagini kiyadi. Ular birgalikda kichik mehmonxonaga kirib ketadi va ortlaridan og‘ir eshikni yopadi. Gitlerning vasiyatiga ko‘ra Uchinchi reyxning yangilangan rahbariyati tarkibiga kiritilgan Yozef Gebbels va Martin Borman tashqarida kutib turardi. Ularning atrofida esa xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar to‘plangan edi. Ko‘p o‘tmay barcha o‘q ovozini eshitadi. O‘n daqiqadan keyin xonaga Borman va Lingle kiradi. Gitlerning jasadi divan burchagida yotar, o‘q teshib o‘tgan tanasidan esa qon oqardi. Yonida esa jonsiz holatda Braun o‘tirardi. Uning boshi eri tomon og‘ib turardi. Soat millari bu vaqtda 15:50 ni ko‘rsatmoqda edi.

    Adolf Gitler va Yeva Braun
    Foto: Getty Images

    Sovet lagerlarida uzoq muddat qamoqda o‘tirgan kamerdiner Linge 1974-yilda fyurer umrining oxirgi daqiqalari haqida hujjatli filmda so‘zlab beradi: “Gitler har bir xizmatkor va qo‘l ostidagi ishchilar bilan xayrlashib chiqdi. Shundan keyin Yeva Braun bilan birga kabinetiga yo‘l oldi. Ko‘p o‘tmay kabinetdan o‘q ovozi eshitildi. Xonaga kirganimda, ikki jasadga duch keldim. Shundan so‘ng, ularni adyolga o‘rab, bog‘ga olib chiqdim va krematsiya qildim”.

    Gitlerning o‘limi haqida Stalinga marshal Jukov hisobot beradi

    Bunkerdagi voqeadan sovet qo‘mondonligi 1-may tongida xabar topadi. Georgiy Jukov “Xotiralar va fikrlar” kitobida soat 03:50 da 8-gvardiya armiyasi qo‘mondonlik punktiga vermat Bosh shtabi boshlig‘i general Hans Krebes olib kelinganini yozgan. U yarashuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga kelganini bildiradi. O‘n daqiqadan keyin general Vasiliy Chuykov Jukovga Krebs fyurer o‘z joniga qasd qilganini aytgani bo‘yicha hisobot beradi.

    Shuningdek, 8-gvardiya armiyasi qo‘mondoni 1-Belarus fronti qo‘mondoniga Gebbels va Bormanning maktubini o‘qib eshittiradi. Unda, xususan, quyidagi so‘zlar yozilgandi: “Sovet xalqlari rahbariga bugun soat 15:50 da fyurer o‘z xohishi bilan hayotni tark etganini ma’lum qilamiz. Fyurer o‘zining qonuniy huquqidan foydalanib hokimiyatni Karl Denis, men va Bormanga qoldirdi. Men Bormanga sovet xalqlari rahbari bilan aloqa o‘rnatish topshirig‘ini berdim. Ushbu aloqa eng katta yo‘qotishlarga ega kuchlar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari uchun zarurdir. Gebbels”.

    Xatga Gitlerning natsistlar Germaniyasini yangi hukumati ro‘yxati keltirilgan vasiyati nusxasi ilova qilinadi.

    Fyurerbunker joylashgan hudud
    Foto: AP Photo

    Jukov o‘z o‘rinbosari Vasiliy Sokolovskiyni Krebsni yoniga Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lishini talab qilish uchun yuboradi, o‘zi esa Iosif Stalinning dachasiga qo‘ng‘iroq qilib, soqchilar boshlig‘i Nikolay Vlasikni davlat rahbarini uyg‘otishga ko‘ndiradi. Marshal oliy bosh qo‘mondonga Gitler o‘z joniga qasd qilganini ma’lum qilib, uning ko‘rsatmasini kutadi. Jukovning so‘zlariga ko‘ra, Stalinning holatga ilk munosabati shunday bo‘lgan:  “Yetib keldingmi, ablah! Uni tiriklay qo‘lga olib bo‘lmagani achinarli. Gitlerning jasadi qayerda?”. Bu savolga Jukov Krebsga tayanib, u gulxanda yoqib yuborilganini aytadi. Shundan so‘ng Stalin Sokolovskiyga so‘zsiz kapitulyatsiyadan boshqa hech qanaqa muzokaralar o‘tkazmaslikni buyurishni va tongga qadar unga qo‘ng‘iroq qilmaslikni tayinlaydi. Soat 18:00 Sokolovskiy Jukovga Gebbels va Borman parlamentyor orqali o‘zlarining talabi rad etilgani to‘g‘risida hisobot beradi.

    Askarlar bunkerda fyurerni qanday qidirgan edi?

    Qizil armiya askarlari fyurerbunkerga 2-may tongida duch keladi. General Fyodr Bokovning xotirlashicha, uning qo‘l ostidagilar Gitlerning taqdiridan bexabar bo‘lgan va taslim bo‘lgan natsistlardan “u yashiringan joyni ko‘rsatishni” talab qilgan. Gitler, Gebbels va Bormanni tankchilar Berlindan olib chiqmoqchiligi haqida mish-mish tarqatiladi. Sovet bo‘linmalari atrofni ko‘zdan kechirishni boshlaydi va rostdan ham nemislar poytaxtidan 15 kilometr shimoli-g‘arbda chekinayotgan tanklar guruhiga duch keladi. Tezkor janglar davomida ular yo‘q qilinadi. Tanklar ichida bo‘lganlar shaxsini aniqlash imkonsiz edi.

    Gitlerning bunkerdagi mehmonxonasi
    Foto: AP Photo

    Oradan bir necha soat o‘tgach, askarlar yer ostidagi boshpanaga kirib keladi, ammo bu vaqtda yuqori martabali amaldorlar qolmagan edi. Taslim bo‘lgan oxirgi inson oddiy elektromexanik Yoxannes Xentshel hisoblanadi. Natsistlar rejimiga aloqador bo‘lmasa-da, u to‘rt yil qamoqda o‘tiradi.

    Kamerdiner Lingle ham asir tushadi. U alohida qiziqish bilan so‘roq qilinadi: “SMERSH” xodimlari fyurer qayerga yo‘qolgani to‘g‘risidagi birinchi manbadan ma’lumot olishni istardi. Biroq Gitler va Gebbels o‘rniga sovet harbiylari ularning jasadini qo‘lga kiritadi. 5-may kuni ularning yonib kul bo‘lgan suyaklariga katta leytenant Aleksey Panasov boshchiligidagi jangchilar duch keladi. Ko‘plab ekspertizalardan keyin qoldiqlar rostdan ham o‘z egalariga tegishli bo‘lgani tasdiqlanadi.

    Fyurerbunker
    Foto: Getty Images

    FQB Gitlerning Argentinaga qochganiga oid versiyani tekshirib ko‘radi

    O‘nlab yillar davomida Gitler o‘zini o‘ldirmay, tashqi ko‘rinishi va ismini o‘zgartirgan holda suv osti kemasida Argentinaga qochib ketgani to‘g‘risida konspirologik nazariyalar tarqaladi. XX asr o‘rtalarida bunday versiyani hatto AQSH Federal qidiruv byurosi ham tekshirib ko‘radi. Maxsus xizmatlarning hujjatlaridan birida natsistlar yetakchisi sovet qo‘shinlari Berlinni olganidan ikki yarim hafta o‘tib, Atlantika okeanini kesib o‘tgani yoziladi.

    2019-yil aprelda oshkor etilgan hujjatda rostdan ham Gitler And tog‘lari bag‘ridagi ranchoda Xuan Peron siyosiy rejimi himoyasi ostida yashab kelgani qayd etiladi. Arxivda Federal qidiruv byurosi Jon Guverning o‘z xodimlari bilan yozishmalari mavjud. Unda idora rahbari Gitler omon qolganiga ishonmasligi, to‘plangan ma’lumotlar ishonchli emasligi, surishtiruv uchun vaqt sarflamaslikni ma’qul ko‘rgani aytiladi. Mavjud barcha ma’lumotlar qayta tekshiruv uchun harbiy razvedkaga topshiriladi.

    30.03.2024, 20:31   Izoh (0)   32358
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zidan oldingi prezidentni o‘ldirishni buyurgan Miloshevich — budjetdan milliardlab o‘margan Yugoslaviya yetakchisining taqdiri

    11.02.2024, 16:34

    Stalin — o‘limi SSSRni o‘zgartirib yuborgan shaxs

    05.03.2024, 21:55

    Gabriel Garsia Markes — “barcha davrlarning eng yaxshi romani” muallifi taqdiri

    17.03.2024, 10:05

    Livandagi “Hizbulloh” guruhi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi — Al Jazeera

    30.03.2024, 20:11

    Ukraina hujumlaridan so‘ng Rossiya Belgorod viloyatidan 5 ming nafar bolani evakuatsiya qildi

    30.03.2024, 19:46

    Latviyada AQSH aviatsiya texnologiyasini Rossiyaga olib o‘tganlikda gumonlangan fuqaro hibsga olindi

    30.03.2024, 19:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Zelenskiyga muzokaralarda Ukraina hududini muhokama qilmaslikka va’da berdi

    Dunyo | 14 avgust, 15:20

    Rossiya yadroviy kallak tashuvchi qanotli raketani sinovdan o‘tkazadi

    Dunyo | 14 avgust, 15:05

    O‘zbekiston nega AQSHdan paxta import qilmoqchi?

    O‘zbekiston | 14 avgust, 14:58

    Avstriyada jarroh 12 yoshli qiziga bemor bosh suyagini teshtirdi

    Dunyo | 14 avgust, 14:40

    Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 14:25

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    Dunyo | 14 avgust, 14:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.