• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Stalin — o‘limi SSSRni o‘zgartirib yuborgan shaxs

    Bundan 71 yil oldin, 1953-yil 5-mart kuni buyuk rus kompozitori Sergey Prokofyev olamdan o‘tadi. Ammo ulkan mamlakat uning o‘limini sezmaydi ham, chunki bu vaqtda barcha SSSRni qariyb 30 yil boshqargan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi yetakchisi Iosif Stalin uchun ko‘z yoshi to‘kayotgandi. Stalinning o‘limi SSSR tarixida burilish nuqtasiga aylandi. Quyida Rossiya tarixidagi eng qo‘rqinchli qahramonlardan biri bo‘lgan Stalin haqida hikoya qilamiz.

    Iosif Stalinning Peterburg politsiyasidagi kartochkasi, 1912-yil
    Foto: Getty Images

    Stalinning hokimiyat tepasiga kelishi haqida

    Stalin juda qashshoq oilada dunyoga keladi. Yoshligida u romantik shoir edi, gruzin tilida bir qancha e’tiborga arzirli she’rlar ham yozadi. Onasining xohishiga ko‘ra u Tiflis diniy seminariyasiga o‘qishga kiradi. 1890-yillar Gruziyada yoshlar orasida millatchilik emas, balki marksistik qarashlar ommalashgandi. Stalin seminariyada pravoslavlar qonunlaridan sekin-asta uzoqlashib boradi va natijada mahalliy muxolif g‘oyalar ta’siriga tushadi. Gruziyada marksistik harakatga siyosatchi Noy Jordaniya boshchilik qilardi. U vaqtda Jugashvili familiyasida bo‘lgan yosh Stalin ham unga qo‘shiladi.

    Stalin juda badjahl, hatto jangari tabiat edi. Masalan, u qattiqqo‘lligi bilan nom chiqaradi, ko‘chalarda urishishni yaxshi ko‘rardi. Aynan shu sababli ko‘p o‘tmay u yanada radikal qanot — bolsheviklarga qo‘shiladi. “Stalin: inqilob sari yo‘l” kitobida u yoshligidan o‘zining siyosiy uslubiga ega bo‘lgan shaxs sifatida tasvirlanadi. U pragmatik, manipulyator edi, Makiavelli kabi boshqaruvchilik ko‘nikmalarini o‘zida jamlagandi. Stalin o‘z maqsadiga erishish uchun barcha narsaga tayyor edi: muvaffaqiyatli inqilob va imkon qadar hokimiyat tepasiga chiqish — shu ikki orzu uning hayoti mazmuniga aylanadi.

    Stalinni o‘rgangan ko‘plab tarixchilar uning inqilobga qadar bo‘lgan faoliyatini yuqori baholamaydi, viloyatdan kelgan ikkinchi darajali shaxs sifatida qaraydi. Ammo uning Kavkazortidagi ishlariga qaralsa, ayon bo‘ladiki, u arman Stepan Shaumyan bilan bir qatorda mintaqada katta siyosiy kuchga ega bo‘lgan. Stalinning o‘sha paytdagi hamkasblari bir ovozdan uning ajoyib tashkilotchi, kuchli tashviqotchi, shuningdek, ishonish mumkin bo‘lmagan manipulyator ekani haqida o‘z maktublarida yozib qoldirgan.

    Albatta, bolsheviklarning butun fraksiyasi ko‘lamida u bir deganda ko‘zga tashlanmaydi. 1910-yillar boshida Vladimir Lenin uni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki unga quyi qatlamdan yosh siyosatchi kerak edi. Stalin Leninning o‘ng qo‘li emasdi, bu kabi “sharaf” Grigoriy Zinovyev, Lev Kamenev, Lev Trotskiyga nasib etgan — oxir-oqibat ularning barchasi o‘ldiriladi.

    1917-yil boshida Stalin Krasnoyarsk o‘lkasi yaqinidagi Achinsk shahriga surgun qilinadi, mart boshida esa Fevral inqilobidan keyin Petrogradga qaytadi. Bu vaqt Shveysariyada bo‘lgan Lenindan ertaroq poytaxtga yetib kelgan Iosif zudlik bilan shahar kengashidagi bolsheviklar fraksiyasi yetakchisiga aylanadi. Qiziq jihati, bolsheviklarning Birinchi Petrograd konferensiyasidagi delegat bo‘lgan Stalin nisbatan mo‘tadil pozitsiyani egallaydi va hatto Muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi. Aprel oyida yetib kelgan Lenin esa unga keskin qarshilik bildiradi. Shunda Stalin o‘z qarashlarini butkul o‘zgartirib, Lenin tarafiga o‘tib ketadi.

    Stalin va Xrushchyov
    Foto: “TASS”

    Iyuldagi chiqishlardan keyin Lenin Zinovyev bilan Finlyandiyaga qochishga majbur bo‘lganida, Trotskiy esa qamoqqa olinganida Stalin bolsheviklarning yetakchilaridan biriga aylanadi. Shu boisdan Oktyabr inqilobidan keyin Lenin uni millatlar bo‘yicha komissar etib tayinlaydi.

    Stalin xohlagan davlat

    Stalin markazlashgan davlatni ma’qul ko‘rardi, uning uchun vertikal hokimiyat muhim edi. Har qanday demokratik jarayonlar unga ma’qul kelmasdi. 1918-yildayoq u bolsheviklar hokimiyatni tutib qolishi uchun repressiv choralar qo‘llanilishini yoqlab chiqqandi.

    Mamlakatda yuzaga kelgan fuqarolik urushi Stalin va Trotskiyni bir-biriga qarshi qilib qo‘yadi. Ularning ikkisi ham kuchli shaxs bo‘lib, o‘zlariga topshirilgan yo‘nalishni maksimal darajada nazorat qilishni istardi. 1919-yilda Stalin partiyaning bosh kotibiga aylanadi: bu ahamiyati unchalik katta bo‘lmagan lavozim edi. Ammo Iosif byurokratik ko‘nikmalari yordamida partiya ichida hokimiyatni qo‘lga oladi. Mamlakatdagi barcha tayinlovlar u orqali o‘tgani bois, Stalin lavozimlarni o‘z tarafdorlariga “ulasha boshlaydi”. 1923-yilda Lenin Stalinning ta’sir doirasi oshib borayotganini ko‘radi va unga qarshi chiqishga urinadi. Ammo endi kech edi.

    1922-yilda syezdga yozilgan maktubda (norasmiy “Leninning vasiyati” nomini olgan) Lenin partiyadagi ko‘plab sheriklaridan yozg‘iradi — “Nikolay Buxarin hech qachon uqmadi va o‘ylaymanki, hech qachon dialektikani to‘liq tushunmagan”, “Trotskiy haddan ortiq o‘ziga ishongan”. Stalin uning uchun “juda qo‘pol” va “o‘z qo‘lida ulkan kuchni to‘plagan” edi. Lenin Stalinga iste’fo taklif qiladi va u nomiga bunga rozi bo‘ladi, ammo do‘stlari undan “ketmaslikni o‘tinib so‘raydi”. Bu vaqtda Lenin qattiq betob bo‘lib, mamlakatda o‘zgarayotgan vaziyatga haqiqatda ta’sir ko‘rsata olmasdi.

    Stalinning o‘limi

    Uning boshqaruv davri, butun boshli xalqlarni qatag‘on qilgani haqida ko‘p yozilgan. Shu boisdan Stalin umrini shu qismi haqida ma’lumot bermasdan o‘limi haqida yozishni ma’qul topdik. Iosif Stalin o‘limidan bir necha kun oldin Xrushchyov, Malenkov, Beriya va Bulganinni dachasiga kechki ovqatga taklif qiladi. Kechki ovqat deyarli tongga qadar davom etadi, Stalinning kayfiyati juda yaxshi edi. Ertasi kuni Xrushchyov, o‘z memuarida yozishicha, yana taklif kutadi. “Ertadan keyin dam olish kuni bo‘lgani sabab Stalin yana bizni chaqirishini kutdim, chunki kun bo‘yi tushlik qilmadi. Ammo kechroq bo‘lsa-da, u taom tanovul qildi. Qo‘ng‘iroq bo‘lmadi. Dam olish kuni bizning foydamizga qurbon qilinishi mumkinligiga ishonmasdim, bunaqasi deyarli hech qachon bo‘lmagan”, — deb yozadi u.

    O‘tirganlar (chapdan o‘ngga): Lazar Kaganovich, Georgiy Malenkov, Iosif Stalin va Andrey Jdanov. Turganlar (chapdan o‘ngga): Stalinning shaxsiy qo‘riqchilari boshlig‘i Nikolay Vlasik, Stalinning o‘g‘li Vasiliy, qizi Svetlana va shaxsiy kotibi Aleksandr Poskrebishev, 1947-yil
    Foto: Stalini Museum

    Shundan so‘ng Xrushchyov Malenkovga qo‘ng‘iroq qiladi va Stalinning dachasida chekistlar nimadir sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berganini aytadi. Xrushchyov, Malenkov, Beriya va Bulganin zudlik bilan dachaga yetib boradi.

    “Ovqat uzatadigan Matryona Petrovnani razvedkaga jo‘natdik… Chekistlar oldinroq uni xonaga kirgizganini aytishdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Stalin polda yotar, uning tagi esa ho‘l edi. Chekistlar uni ko‘tarib, kushetkaga yotqizib qo‘ygan… Shunday voqea yuz berganini va u uxlayotganini aytishganida, biz noqulay ahvolda qolgan Stalinning oldiga kirish noto‘g‘ri bo‘ladi deb hisobladik. Hammamiz uy-uyimizga tarqaldik”, — deb yozadi Xrushchyov.

    Ammo oradan ko‘p o‘tmay Malenkov yana qo‘ng‘iroq qiladi: “O‘rtoq Stalinning yigitlari yana sim qoqdi. Aytishlaricha, uning ahvoli yaxshi emas. Matryona Petrovna u tinchgina uxlayotganini aytgan bo‘lsa-da, bu odatiy uyqu emas. Yana bir borib ko‘rishimiz darkor”.

    Shunda byuroning boshqa a’zolariga qo‘ng‘iroq qilib, shifokor chaqirishga qaror qilishadi. Kardiolog, professor Pavel Lukomskiy Stalinni ko‘zdan kechirib, uning o‘ng qo‘li ishlamay qolganini aytadi. Shuningdek, chap oyog‘i ham falajlangan va u gapiradigan ahvolda emas. Markaziy Qo‘mita Prezidiumi a’zolari bemorning tepasida navbatchilik tashkil etadi.

    Stalinning sog‘lig‘i haqida chop etilgan byulleten, 1953-yil 5-mart — o‘limidan bir necha soat oldin
    Foto: Wikimedia

    Shifokorlar nafas olish va qon aylanishni yaxshilash maqsadida qo‘ldan kelgan barcha ishni qiladi, ammo ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Qon bosimi ko‘tariladi, aritmiya paydo bo‘ladi. 1953-yil 4-mart kuni Stalinning betobligi to‘g‘risida radio orqali e’lon qilinadi. Insult, falajlik, miyasi lat yegani haqida gap-so‘zlar tarqaydi.

    Stalinning ahvoli sabab Markazqo‘m favqulodda plenum o‘tkazadi — vazirliklar, davlat idoralari tuzilmalarini o‘zgartirish va tayinlovlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Markaziy Qo‘mitaning birinchi kotibi lavozimiga Xrushchyovning nomzodi taklif etiladi.

    “Xrushchyov plenumda davlat boshqaruvini qisqartirish choralari va rahbarlik lavozimlariga nomzodlar haqida gapirar ekan Stalin xuddi o‘lgandek, u endi partiya va davlat tepasiga kelmaydigandek taassurot yuzaga keldi”, — deb yozadi marshal Georgiy Jukov.

    Stalin 1953-yil 5-mart kuni kechasi vafot etadi. shifokorlar unga sun’iy nafas beradi, yurak urishini qayta tiklashga urinadi. Barchasi foydasiz — soat 21:50 da o‘lim qayd etiladi. Beriya darhol Moskvaga jo‘nab ketadi, Xrushchyov va Malenkov dachaga Prezidiumning barcha a’zolarini chaqiradi.

    “Ular yetib kelguncha, Malenkov xonada u yoqdan bu yoqqa yurib, xavotirga tushardi. Men u bilan gaplashishga qaror qildim. ‘Yegor, sen bilan suhbatlashib olishimiz kerak’. ‘Nima haqida?’. ‘Stalin o‘ldi. Endi qanday yashaymiz?’, ‘Hozir nimaniyam gaplashamiz? Shu masala uchun to‘planyapmiz-ku’”, — deb yozadi Xrushchyov.

    Murda yorib ko‘rilganida, Stalin bundan oldin ham bir necha bor insult bo‘lgani, kasallik qon tomirlarining buzilishiga olib kelganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, oxirgi insult va ko‘rsatilgan yordam orasida ko‘p vaqt o‘tib ketgani Stalinning o‘limiga sabab bo‘lgandi. Stalinning o‘limi haqida ko‘plab versiyalar bor, jumladan, fitna va qotillikka oid taxminlar ham.

    “Xalqlar otasi” bilan vidolashuv 6-mart kuni Ittifoqlar uyida bo‘lib o‘tadi. Stalinning mumiyolangan jasadiga kundalik mundiri kiygiziladi, tobuti gullar bilan bezatiladi. Stalinni so‘nggi manzilga kuzatish uchun minglab odamlar tashrif buyuradi. Kunning qorong‘i vaqtida maydonda projektorlar o‘rnatilgan yuk mashinalari qo‘riqchilik qiladi. Oradan uch kun o‘tgach, vidolashuv yakunlanadi.

    Iosif Stalin o‘limi munosabati bilan Voronejda tashkil etilgan motam mitingi, 1953-yil 6-mart
    Foto: “TASS”

    Dafn marosimi 9-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Soat 07:00 da Qizil maydon qo‘riqchilar bilan qurshab olingan edi, bir soatdan keyin qo‘shinlar saf tortdi. Motam jarayoni Ittifoqchilar uyidan mavzoleyga qadar davom etdi.

    Marosimda baxtsiz hodisa ham yuz beradi — Trubnaya maydonida tiqilinch yuzaga keladi, turli ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida bir necha yuz kishidan ming kishiga qadar odam halok bo‘lgan.

    Stalinning jasadi Lenin mavzoleyida ommaga namoyish uchun qo‘yiladi. Xrushchyov, Malenkov va Beriya esa mamlakat yetakchiligi uchun kurashni boshlab yuboradi. Stalinning o‘limidan keyin Beriya SSSR ichki ishlar vaziri lavozimini egallaydi va “shifokorlar ishi”ga (sovet yetakchilarini o‘ldirishga ayblangan nomdor shifokorlarga qarshi jinoyat ishi) aloqadorlarni reabilitatsiya qilinishiga erishadi, milliondan ortiq mahkumlarning afv etilishini taklif qiladi. Biroq 26-iyun kuni Beriya Vatanga xiyonat va hokimiyatni qo‘lga kiritish fitnasida ayblanib, hibsga olinadi. 1953-yil 23-dekabr kuni soat 19:50 da u SSSR Oliy Sudining maxsus sudi hukmi bilan otib tashlanadi. Beriyaning davlat xavfsizlik organidagi maslakdoshlari ham otiladi.

    Chapdan o‘ngga: Anastas Mikoyan, Lazar Kaganovich, Nikita Xrushchyov, Nikolay Bulganin
    Foto: “RIA Novosti”

    1956-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining XX syezdida ilk bor oldin buni aytgan har qanday inson qattiq jazolanishi mumkin bo‘lgan jumlalar tilga olinadi — “shaxsga sig‘inish”, “ommaviy repressiya”, “Lenin yo‘lidan bormagan Stalin”. Shundan keyin Stalinning joyi mavzoleyda emasligi haqida gap-so‘zlar urchiy boshlaydi.

    1961-yilning kuzida Stalin jasadini mavzoleydan olib, Kreml devorlari yaqiniga ko‘mishga qaror qilinadi. 31-oktyabrda paradga tayyorgarlik bahonasida Qizil maydon yopiladi. mavzoley va Stalin uchun qazilgan qabr yog‘och qalqonlar bilan to‘siladi. Ertasi kuni Qizil maydonga kelgan odamlar mavzoleyda faqat bir kishining — Lenin familiyasiga qolganiga guvoh bo‘ladi. Hukumat tartibsizliklar yuzaga kelishidan xavotirda edi, ammo aholi Stalinning qayta dafn etilishini oddiy qabul qiladi.

    05.03.2024, 21:55   Izoh (0)   32959
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSSR tarixidagi eng sirli rahbar: peshtaxtalarga arzon aroq chiqargan va keskin islohotlardan qo‘rqqan Yuriy Andropov taqdiri

    17.12.2023, 19:50

    O‘zidan oldingi prezidentni o‘ldirishni buyurgan Miloshevich — budjetdan milliardlab o‘margan Yugoslaviya yetakchisining taqdiri

    11.02.2024, 16:34

    Garri Trumen — atom bombasiga ega fermerning o‘g‘li. Halokatli quroldan ilk bor foydalangan AQSH prezidenti taqdiri

    24.02.2024, 17:25

    AQSH Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ma’lum qildi

    05.03.2024, 21:45

    Xitoy Maldiv bilan harbiy shartnoma imzoladi

    05.03.2024, 21:15

    BMT rasmiysi HAMASni jinsiy zo‘ravonlikda aybladi

    05.03.2024, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH fuqarosini qiynoqqa solgani uchun Suriya 20 mln dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 30 may, 12:14

    Paket bilan bo‘g‘ishgan, kuydirish bilan qo‘rqitishgan: Toshkentda fuqarolar bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lgan IIO xodimlari jazolandi

    O‘zbekiston | 30 may, 12:06

    “Al-Hilol” Fernandesh transferini deyarli yakunladi — manba

    Sport | 30 may, 12:02

    AQSHda migrant Trampni o‘ldirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 30 may, 11:56

    Gollivud yulduzlari mashhurlikning haqiqiy bahosi haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi

    Kino | 30 may, 11:51

    BAA aholisi uchun ChatGPT Plus obunasi bepul bo‘ldi

    Dunyo | 30 may, 11:45

    Xakerlar Oq uy apparati rahbarining telefoniga buzib kirdi — WSJ

    Dunyo | 30 may, 11:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.