Livandagi “Hizbulloh” tashkiloti 30-mart kuni Isroil harbiy obyektlariga ikki bor hujum tashkil etgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
![](/static/2024/03/30/hizb-qfOtOyEt.jpg)
Xabarda aytilishicha, Isroilning Xirbet Maar va Raheb harbiy obyektlariga ikkita alohida hujum uyushtirilgan. Natijada harbiy muassasalarga shikast yetib, yo‘qotishlar qayd etilgan.
“Hizbulloh” rasmiylari bildirishicha, hujumlar mos ravishda 30-mart kuni kunduzgi vaqt bilan 12:20 va 12:45 da sodir etilgan. Hujumlarda raketalar va artilleriya snaryadlari qo‘llangani xabar qilingan.
Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida G‘azo urushi boshlanganidan beri bir necha bor to‘qnashuv yuz bergan. Tomonlar bir-biriga nisbatan asosan havo hujumlari tashkil etmoqda. Livan janubida Isroil harbiylari tomonidan oq fosforli bombalar qo‘llangani to‘g‘risida maʼlumotlar tarqatilgan.
Izoh (0)