• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zidan oldingi prezidentni o‘ldirishni buyurgan Miloshevich — budjetdan milliardlab o‘margan Yugoslaviya yetakchisining taqdiri

    Yugoslaviyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevich XX asrning eng ziddiyatli siyosatchilaridan hisoblanadi. Ota-onasining fojiali o‘limini boshdan kechirgan yetakchi o‘ziga qarshilarni yo‘q qilgan shaxs, shu bilan birga, oilaparvar, ayoli va farzandlariga qattiq gapirmagan inson sifatida nom chiqardi. Miloshevich mamlakat budjetidan milliardlab pullarni o‘zlashtirdi, atrofdagilardan hashamatli hayot kechirayotganini yashirdi. Shu bilan birga, ko‘plab serblar uchun u hamon qahramon.

    Quyida Gaaga tribunalining eng mashhur sudlanuvchilaridan biri bo‘lgan Miloshevich taqdiri haqida hikoya qilamiz.

    Slobodon Miloshevich
    Foto: Global Look Press

    “Men ikkita poyga avtomobilini pachoqladim, qolgan o‘ntasini u kechirdi”

    “Otam hech qachon menga qattiq gapirmagan. Dastlabki ikki poyga mashinasini pachoqlaganimda uning jahli chiqqan, qolganlarini esa kechirgan”, — deya eslaydi Slobodan Miloshevichning o‘g‘li Marko. Serblarning sobiq yetakchisi o‘z oilasi — rafiqasi, qizi va o‘g‘lini juda yaxshi ko‘rardi. Chunki uning o‘zini ota-onasi bilan munosabatlari mutlaqo boshqacha kechgan edi.

    Slobodan Miloshevich juda qattiq oilaviy fojiani boshdan kechiradi. Unga yaqin bo‘lgan uch inson o‘z joniga qasd qiladi. Birinchisi otasi — chernogoriyalik rohib Svetozar edi. Rafiqasi bilan muntazam janjallar sabab u oilasini tashlab ketib, depressiyaga tushib qoladi. Erkak G‘arbga ketishni istardi, ammo unga xorijga chiqish pasportini berishmaydi. Shunda u qochib o‘tishga qaror qiladi. Svetozar Fransiyaga qadar yetib boradi, ammo u yerda hibsga olinadi va vataniga qaytarib yuboriladi. Shundan keyin u o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylay boshlaydi. Bu vaqtda Slobadan 20 yoshda edi.

    Onasining ismi Stanislava bo‘lib, uning millati serb edi va u ham o‘z joniga qasd qilgan. Yolg‘izlikdan aziyat chekkan ayolning jasadi o‘z kvartirasidan topiladi. Uning ukasi ham o‘z xohishi bilan hayotdan ko‘z yumadi. Sodir bo‘lgan voqealar Slobadan Miloshevichning ruhiyatiga qattiq ta’sir qiladi. Oqibatda aynan shu orqali u mamlakatni butkul tanazzulga olib borganini tushuntiradi.

    Boshga tushgan ko‘rguliklarni yengishda Slobodanga rafiqasi Mira yordam beradi. Yigit u bilan 1958-yilda tanishgandi — qiz qo‘shni uyda yashar, keyinchalik birgalikda Belgrad universitetining yuridik fakultetiga o‘qishga kirgan. Miraning ham o‘z oilaviy siri bor edi — qizning onasini 1942-yilda partizanlar qatl etgan. Ularning ta’kidlashicha, asirga olingan ayol partizanlarning barcha harbiy sirlarni sotib qo‘ygan. Miloshevich rafiqasi atrofidagilar Mirani doim bir savol qiynab kelgani haqida aytadi: “uning onasi rostdan ham xoin edimi?”

    Slobodon Miloshevich rafiqasi Mira bilan 
    Foto: Google Images

    Ayol Slobodanning ruhiyatiga qattiq ta’sir ko‘rsatgan. Ko‘pchilikning hisoblashicha, aynan u erkakning prezidentga aylanishida muhim rol o‘ynagan. Aslida esa Miloshevichning omadli chiptasi Ivam Stambolich bilan do‘st tutinganida edi. Uning amakisi Yugoslaviya kommunistik partiyasi rahbarlaridan biri bo‘lgan. 1980-yillar o‘rtalarida Stambolich Serbiya Kommunistlar ittifoqi rahbariga aylanadi va do‘sti Slobodanni Belgrad partiya tashkiloti rahbarligiga tayinlaydi.

    Ikki yildan keyin Ivan Stambolich davlat rahbari bo‘ldi va Miloshevichni o‘zining oldingi lavozimiga ko‘tardi: u qo‘l ostidagi shaxs iqtisodiyot bilan shug‘ullanishiga umid qilgandi. Buning o‘rniga Slobodan turli fitnalarni yuzaga keltirdi va do‘stini Yugoslaviya yetakchisi lavozimidan ag‘dardi. Stambolichning o‘rnini egallagan Miloshevich sobiq do‘sti bilan butunlay aloqalarni uzib yubordi. 2000-yil 25-avgust kuni sobiq prezident sirli tarzda yo‘qolib qoladi. Uch yildan keyin uni maxsus operatsiya bo‘linmalarining sakkiz nafar ofitseridan iborat guruh o‘ldirgani aniqlanadi. Bu boradagi buyruqni esa shaxsan Slobodan Miloshevich bergandi.

    “Seni mayda-mayda qilib arralab, bo‘laklaringni daryoga tashlayman”

    Prezident etib tayinlangach, Slobodan oilasining hashamatli hayotini ta’minlashga kirishadi. Birinchi navbatda u Belgradda ulkan villa xarid qiladi — buning uchun prezident 1112 dollar to‘laydi xolos. Aslida qarorgohning qiymati 110 ming dollarni tashkil etardi, ammo yirik davlat banklaridan biri narxdagi tafovutni qoplab beradi. Natijada ko‘plab firibgarliklar, katta miqdorda davlat mablag‘larining o‘g‘irlanishi oshkor bo‘ladi.

    Miloshevich o‘z ishlarini aka-uka Karichlar orqali amalga oshira boshlaydi — sobiq ko‘cha mashshoqlari juda tez moliyaviy imperiya egalariga aylanadi. Keyinchalik tergov Slobodan o‘ziga tanish bo‘lgan shaxslar, offshor kompaniyalar orqali ish olib borib, serb valyutasi devalvatsiyasini spekulyatsiya qilganini aniqlaydi.

    Shveysariya hukumatining ma’lum qilishicha, Slobodanga yaqin bo‘lgan shaxslarning muzlatilgan hisoblarida 100 million frank topilgan, sobiq prezident esa mamlakatdan 5 milliard dollarga yaqin mablag‘ o‘margan — bu Miloshevich 10 yil davomida boshqargan mamlakat tashqi qarzining deyarli yarmidir.

    Slobodan rafiqasi, o‘g‘li va qizi bilan
    Foto: AP Photo

    Shu bilan birga, Slobodan va uning rafiqasi barchaning ko‘z o‘ngida kamtar insonlar sifatida ko‘rinish berardi. Ular Belgradda faqatgina davlat villasida yashashlarini ta’kidlar, ba’zida prezidentning rasmiy qarorgohida vaqt o‘tkazishlarini aytardi. Dam olish uchun faqatgina istisno — bu Gretsiyaning Egey dengizi qirg‘og‘idagi hashamatli villada yashashlari edi.

    Miloshevichlar oilaning asosiy daromadini sotsiologiya professori hisoblangan Miraning ko‘p sonli maqolalari chop etilishidan kelayotgandek o‘zini tutardi. Prezidentning rafiqasi kitoblar chiqarar, Yugoslaviya va xorijda 100 minglab tirajli gazetalarda ilmiy maqolalar chop etardi.

    Miloshevichning farzandlari — qizi Mariya va o‘g‘li Marko — hech qachon juda badavlat ekanliklarini yashirmagan. Mariya Yugoslaviya poytaxtidagi badavlat insonlar yashaydigan dahada joylashgan hashamatli kvartirada yashardi. Poytaxt radio va telestansiyasi unga qarardi.

    Marko esa so‘nggi urfdagi kiyim-kechaklar bilan savdo qiluvchi do‘konlar, novvoyxonalar, ko‘ngilochar bog‘lar va Pojarevesdagi eng katta tungi klubga egalik qilardi. Muxolif serb OAVlari Marko benzin va tamaki kontrabandasiga, shuningdek, givohvand moddalar va qurol savosiga bog‘liqligi haqida yozardi.

    Miloshevichlarning Belgraddagi villasi
    Foto: Global Look Press

    Miloshevichning o‘g‘li Marko do‘stlari bilan “Zarba” harakatining a’zosi bo‘lgan bir faol talabani o‘g‘irlab, unga tahdid qilganlikda ayblangan. Asir bo‘lgan yigit keyinchalik Slobodanning o‘g‘li “Zarba”ga kim homiylik qilishini aniqlamoqchi bo‘lganini aytgandi. “Harakatga keltirilgan benzoarrani yuzim oldida o‘ynatib, ‘O‘zim seni mayda bo‘laklarga arralab tashlayman va bo‘laklaringni daryoga oqqizaman’, degandi”, — deya eslaydi faol. Oxir-oqibat Markoga hech qanday chora ko‘rilmaydi, jinoyat ishi yopiladi.

    Moskvaga qochish

    2000-yilda Miloshevich saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, Voislav Koshtunitsa prezidentga aylanadi. Slobodan Yugoslaviya sotsialistlari yetakchisi sifatida siyosiy karyerasini davom ettirishni xohlaydi. Ammo 2001-yil aprelda sobiq davlat rahbari o‘z villasida hibsga olinadi. Mamlakat bosh vaziri Zoran Jinich siyosatchini yashirin ravishda harbiy jinoyatlar bo‘yicha Xalqaro tribunalga topshirib yuboradi. Bu ko‘plab serblarning, xususan, prezident Koshtunitsning g‘azabini qo‘zg‘aydi.

    Gaagada Yugoslaviyaning sobiq prezidenti 1999-yilda Kosovoda harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanadi — bu insoniyatga qarshi jinoyatlar edi. Miloshevich ishi bo‘yicha jarayonlar yakunlanishga ulgurmaydi — sudlanuvchi 2006-yilda qamoqxonada vafot etadi.

    Miloshevich rejimi qulagach, Marko rafiqasi va o‘g‘lini olib Moskvaga qochib ketadi. Bunda unga Borislav — Slobodanning Rossiyadagi Yugoslaviya elchixonasiga rahbarlik qilgan to‘ng‘ich akasi yordam beradi. Marko Barvixda yashaydi, keyinroq uni Xitoy, Qozog‘iston va Kubada ham ko‘rishadi. Oqibatda uning izi yo‘qotib qo‘yiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, u yana bir bor uylangan — bu safar rossiyalik ayolga va ularning qiz farzandi bor.

    Gaagada sudlanayotgan Slobodan Miloshevich
    Foto: AP Photo

    Shuningdek, Mira ham Serbiyadan Moskvaga qochib ketadi. Vatanida u davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish va Ivanning o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblanadi. Serb hukumati Interpol orqali uning mamlakatga topshirilishiga harakat qiladi, ammo Rossiya buni rad etadi. Mira Miloshevich 2019-yilda Moskvada vafot etadi.

    Miloshevichning qizi Mariya Rossiyaga o‘tmaydi — u Setine degan shaharchadan qo‘nim topadi. 2002-yilda u o‘z yurtida sakkiz oy muddatga ozodlikdan mahrum etish va ikki yil shartli qamoq jazosiga hukm etiladi. U otasining izidan borib, siyosat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ladi, ammo buni eplay olmaydi. Buning uchun serb fuqaroligidan voz kechishi talab etilardi. Hozirda uni vatanida deyarli hech kim eslamaydi.

    Miloshevichning o‘limidan keyin oila o‘rtasida nizo kelib chiqadi. Bunga Yugoslaviya sobiq rahbarini qayerga dafn etish masalasi sabab bo‘lgandi. Rafiqasi va o‘g‘li Marko Miloshevichni Rossiyada so‘nggi manzilga kuzatishni istaydi, chunki Serbiyada ularga nisbatan jinoiyat ishi ochilgandi. Ular Belgradga borganida, hibsga olinishi tayin edi. Serb hukumati esa sobiq yetakchining yaqinlarini afv etish niyati emasligini bildiradi.

    Miloshevichning dafn marosimi
    Foto: Global Look Press

    Qizi Mariya esa Moskvaga borishdan bosh tortadi. Bu vaqtda u Chernogoriyada yashar va otasining dafn marosimi shu yerda o‘tkazilishi kerak deb hisoblardi. Slobodanning akasi Borislav esa uning Serbiya tuprog‘iga ko‘milishini xohlaydi. Qayerga ko‘mish borasida bahslar davom etayotgan bir paytda barcha qarindoshlarni faqat bir narsa birlashtirib turardi — Miloshevichning zaharlangan bo‘lishi mumkinligi. Murdani yorib ko‘rish asnosida u infarktdan o‘lgani ma’lum bo‘ladi.

    11.02.2024, 16:34   Izoh (0)   24252
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zini birinchi xonim deb hisoblardi”. Rafiqasini qamoqdan qutqarib qololmagan va xalq dushmaniga aylangan SSSR hukumati rahbari Molotov taqdiri

    27.01.2024, 21:08

    “Taxtdagi odamovi”. Saroyda yashashni istamagan va o‘zini oddiy professor hisoblagan yevropalik diktator — Salazar taqdiri

    31.01.2024, 19:57

    “Qora qirolicha”ning 30 yillik motami va Nostradamus bashorati: Medichilar avlodining eng shafqatsiz vakili — Yekaterina taqdiri

    10.02.2024, 20:16

    Tramp AQSH xorijiy davlatlarga shunchaki pul ajratishni to‘xtatishga chaqirdi

    11.02.2024, 15:10

    Qirol Charlz III da saraton kasali aniqlanganidan so‘ng ilk bor chiqish qildi

    11.02.2024, 12:38

    Vengriya prezidenti ortidan mamlakat Adliya vazirligi sobiq rahbari siyosatdan ketishini e’lon qildi

    11.02.2024, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Loyiha ortida AQSH, nishonda esa Xitoy” — katta geosiyosiy o‘yindagi yangi iqtisodiy koridor

    Dunyo | 31 may, 17:25

    Xiaomi o‘ta yupqa va magnit bilan yopishadigan yangi poverbank taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 may, 16:55

    Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 31 may, 16:45

    Samarqandda “tomosha ko‘rsatgan” qozog‘istonliklar xalqdan uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 16:20

    Mashhur rassom Benksi Fransiyada yangi graffiti chizib qoldirdi

    Qo‘ziqorin | 31 may, 15:44

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.