• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR tarixidagi eng sirli rahbar: peshtaxtalarga arzon aroq chiqargan va keskin islohotlardan qo‘rqqan Yuriy Andropov taqdiri

    74 yil davomida bir-birining o‘rnini egallagan yetti nafar sovet yetakchisi orasida Andropov eng sirlisi hisoblanadi. U 1 yil-u 3 oy davomida hokimiyat tepasida o‘tirgan bo‘lsa, 10 oydan kamroq ishladi, qolgan vaqtlari kasal yotdi. Ayrimlar uni yangi Stalin deb atagan bo‘lsa, ba’zilar uchun u sovet Den Syaopini edi. Aslida esa u har ikkisiga ham o‘xshamasdi. Andropovni ko‘pchilik liberallar qatoriga qo‘shar edi, chunki u she’rlar yozar, jazzni yaxshi ko‘rar va ziyolilarni ishga jalb qilardi. Bularning barchasi siyosatchiga konservativ qarashlarini saqlab qolish va yordamchilar sifatida viloyatlik “raykom”larni tanlashda to‘sqinlik qilmadi.

    Yuriy Andropov
    Foto: Wikipedia

    Andropov shaxsiyati

    Yuriy Andropovning biografiyasida bir-biriga yopishmaydigan ma’lumotlar shu qadar ko‘pki, bir narsa ayon bo‘ladi: yoshligi haqidagi ma’lumotlar u yuqori lavozimni egallashida xalaqit bermasligi uchun yashirilgan. Andropov uzoq vaqt davomida ota-onasining shaxsini yashirib keldi, keyinchalik birinchi oilasi bo‘lgani ham ma’lum bo‘ldi. Noqobil o‘g‘li karyerasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirlanib, birinchi ayoli bilan aloqani butunlay uzib yubordi: yigitcha ko‘cha bolalarga qo‘shilib qolgan, ko‘p ichar va bir necha bor qamalib chiqqandi.

    Andropov o‘z ishining ustasi edi: 1967-yilda u “KGB” boshlig‘iga aylandi. Tarixchilarga ko‘ra, aynan uning davrida ushbu tashkilot o‘zining ulkan qudratiga ega bo‘lgan. Stalin davrida davlat xavfsizligi organi ham qudratli edi, ammo elitar emasdi, boz ustiga xodimlari soni ham kamroq edi. Andropov “KGB” ishtirokisiz birorta jiddiy masala ko‘rib chiqilmasligiga erishdi. Uning davrida davlat xavfsizligi organlari ichiga kirish qiyin bo‘lgan yopiq klubga aylandi: xizmatga chaqiriladigan nomzodlarda katta talablar qo‘yilardi, ammo ular katta maosh va ulkan imtiyozlar bilan ta’minlandi.

    Andropov 68 yoshida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibiga aylandi. U Brejnev boshqaruvining oxirgi yillarida sovet odamlari ancha erkin bo‘lib qoldi, shu sababdan ularni tartib-intizomga o‘rgatish kerak deya hisoblardi. Hokimiyat tepasiga kelishi bilan u gaykalarni qotira boshladi: 1982-yil dekabrda do‘konlar, hammomlar, restoranlar, kinoteatrlar, sartaroshxonalarda reydlar boshlandi — u yerlarda ishlash o‘rniga shaxsiy yumushlari bilan yurganlar qo‘lga olinardi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Bunday chora-tadbirlar xalq orasida hali qo‘llanilmagan edi. Noroziliklarni biroz pasaytirish uchun do‘konlardagi peshtaxtalarni yangi aroqlar egalladi. Uning narxi 10 foizga — 50 tiyinga yaqin arzonlashdi. Brejnev boshqaruvining so‘nggi yillarida ushbu alkogol mahsuloti ancha qimmatlashgan edi, shu sababdan yangi mahsulotlarning paydo bo‘lishi ko‘pchilikka ma’qul keldi — aroqlar tezda “andropovka” nomini oldi. Arzon aroq bir muddatdan keyin yo‘qolib qolgan bo‘lsa-da, u uzoq vaqt xalq ongida saqlanib qoldi.

    Sirli yetakchi

    Sochlariga oq tushgan, ko‘zoynak taqqan holda biroz engashib yuradigan erkak ko‘proq professorga o‘xshardi — u o‘z nutqlarini ham o‘qituvchilarga xos ohangda o‘qirdi. Andropov yosh va ta’sir doiraga ega amaldorlarga asosiy e’tiborini qaratdi, iqtisodiy islohotlar o‘tkazdi, mashinasozlikni rivojlantirishga urindi.

    Andropovning hamkasblari “Yuriy umuman dam olishni bilmaydi”, deya hazillashardi. U soat 09:00 da ishxonada bo‘lar, “Vremya” dasturi tugaganidan keyin soat 21:30 da uyiga ketardi. Ba’zida dam olish kunlari ham xizmatga kelardi. Ish joyida dam olish xonasi bo‘lsa-da, bosh kotib u yerga yaqinlashmas edi. Andropovga yaqin bo‘lgan shaxslarning aytishicha, u maksimum yumshoq kursida 20-30 daqiqa o‘tirib, orom olardi.

    Teatr va konsertlarda faqat ish yuzasidan borar, ko‘p kitob o‘qirdi. Haftada bir marotaba uning yoniga Lenin va Tarix kutubxonalaridan o‘nta kitob olishga kelishardi. U badiiy adabiyotdan tortib, ixtisoslik bo‘yicha adabiyotlar buyurtma qilardi.

    Andropovning kamtarligi zohidlikka o‘xshab ketar edi. Qo‘l ostida ishlagan xodimlarning eslashicha, u uzoq vaqt bitta kiyimda yurar, hatto ba’zan yangi kostyum yoki palto buyurtma qilish uchun uni ko‘ndirishga to‘g‘ri kelardi. Amaldor, shuningdek, o‘z avtomobili o‘tib ketishi uchun “GAI” xodimlari boshqa transport vositalari uchun harakatni cheklashidan xijolat tortardi. U Leonid Brejnevning mutlaqo aksi edi — hech qanaqa o‘tirishlar, banketlarga bormas, tug‘ilgan kunini nishonlamasdi. Odatda do‘stlari va hamkasblari bitta-bitta kelib, tabriklab ketardi.

    Foto: “TASS”

    Andropov o‘z farzandlari Igor va Irinani ham hashamatga o‘rgatmadi. U xodimlaridan farzandlari qilgan qo‘ng‘iroqlar va barcha iltimoslar bo‘yicha ma’lumot berishini talab qilardi. Hamkasblariga o‘g‘li uchun mashina berish va uni xizmat safarlaridan kutib olishni taqiqlardi. Qizi qo‘ng‘iroq qilib, teatrga bilet topishga yordam so‘raganida esa u kontramarka (tomosha joylariga kirish uchun bilet o‘rnida pulsiz beriladigan qog‘oz) berishdan bosh tortar, biroq pul evaziga bilet topishga yordam berardi.

    Agarda Andropovga konyak, vino, mevalar, idish-tovoq sovg‘a qilishsa, ularni maxsus bufetga, qimmatbaho sovg‘alarni “Goxran”ga yuborar, qolganlari stellajlardan joy olardi. Bir safar Nur Muhammad Taraqiy Afg‘onistondan Andropovga qimmatbaho gilam yo‘llaydi. Andropovning qizi shu vaqtda kvartira olgandi. Yig‘ilganlardan biri sovg‘ani unga berish taklifini o‘rtaga tashlaydi. “Bu davlat xodimining davlat xodimiga sovg‘asi, uning qiziga emas. ‘Goxran’ga yuborilsin!”, — deydi Andropov.

    Bosh kotibning taomnomasi ham jozibador emasdi. Buyraklaridagi og‘riq sabab shifokorlar unga tuzsiz diyetani buyurgan, shuning uchun ba’zida u yordamchilaridan shifokorlarga ko‘rsatmasdan ozgina selyodka olib kelishni so‘rab turardi.

    SSSR yetakchisining xonadoni

    Andropovning kvartirasi ancha bejirim bo‘lsa-da, oddiy sovet fuqarosi yashaydigandan farq qilardi — birinchi navbatda o‘lchamlari bilan. U ko‘pchilik orzu qilishi mumkin bo‘lgan katta dahlizga ega edi. Bosh kotibning divani, bir juft kursisi va jurnal stoli o‘sha yerdan o‘rin olgandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Mehmonxona esa dabdabadan asar ham yo‘q edi: silliqlangan stol, oddiy servant, chiroyli javon va lampa. Ish kabineti ham oddiy — shiftga qadar bo‘y cho‘zgan kitob javonlari va yozuv stoli. Andropov boshqa sovet yetakchilaridan keskin farq qilardi: u chekmas, ichmas, sog‘lom hayot tarziga rioya qilardi, chang‘i uchishni yaxshi ko‘rar, uyida, ish kabinetida bo‘lsa, doim tosh va shtangalar topilardi. Bundan tashqari, u siyosiy byuroning aksariyat keksa vakillaridan ziyoliroq edi. Aqli oldingidek bo‘lsa-da, siyosatchi sog‘lig‘idan aziyat chekardi. Butun umri davomida u buyragidagi muammodan qiynalib yashadi.

    O‘ta ehtiyotkor shaxs

    Andropovni tanigan ko‘pchilik u ehtiyotkor, sovet tizimi xatolarni kechirmasligini bilgan holda ish tutganini yaxshi eslaydi. Bunga balki Vengriyada elchi bo‘lib yurganida 1956-yili ushbu mamlakatda ro‘y bergan inqilob voqealari sabab bo‘lgandir. Islohotchilar kurashi o‘shanda sovet tanklarining kiritilishi bilan yakunlangan. Andropov bularning barchasini Budapeshtdagi sovet missiyasi derazasidan kuzatib turgan.

    Sodir bo‘lgan voqealar uning rafiqasiga ta’sir qilgan bo‘lib, shundan keyin u xastalikka uchraydi. Bo‘lajak bosh kotibni taniganlar ushbu voqealarni Andropovning “venger sindromi” deb ataydi — u keskin o‘zgarishlardan qo‘rqib qolgandi.

    SSSR 1956-yilgi voqealarni bostirishda ishtirok etganiga qaramay, aynan Andropov Vengriya rahbariyati tepasiga ehtiyotkor, biroq energiyaga to‘la Yanosh Kadar kelishiga katta hissa qo‘shadi — hozirda ushbu siyosatchini Budapeshtda yaxshi so‘zlar bilan xotirlashadi. Kadar Vengriyani o‘sha davrdagi ijtimoiy lagerlar orasidagi biroz erkin mamlakatning eng rivojlanganiga aylantirdi.

    Zavod ishchilari bilan suhbatlashayotgan Andropov
    Foto: “TASS”

    Yangi yetakchining ko‘plab qadamlari olqishlanardi — Andropov davlat apparatida tozalashlarni tashkillashtirdi, uning davrida 18 nafar SSSR vaziri lavozimdan olindi, korrupsiyaga botgan qator sovet amaldorlariga qarshi jinoyat ishlari ochildi.

    1983-yil 1-sentyabr kuni Andropov oxirgi marta siyosiy byuro yig‘ilishini o‘tkazadi va Qrimga yo‘l oladi. U yerdagi toza havodan nafas olib davolangan bosh kotibning ta’tili uzoq cho‘zilmadi. Sayrlarning birida u o‘rindiqqa o‘tirib, kuchli qaltirashni his qiladi. Unga qalin kiyimini olib kelib berishadi, ammo bu ha yordam bermaydi — bosh kotib hech isina olmaydi. Shundan keyin u o‘rnidan turmadi.

    Andropov zudlik bilan Moskvaga yetkaziladi va shifoxonaga yotqiziladi. 20 ga yaqin akademik va professorlar jalb etilganiga qaramay, siyosatchining ahvoli og‘irlashib borardi. Sodir bo‘lgan voqeadan keyin “KGB”ning 9-boshqarmasi qo‘riqchilari sovet yetakchisi yaxshi e’tiborda bo‘lmay, uning sovuqda o‘tirishiga ruxsat bergani uchun ancha ta’na-dashnom eshitadi.

    Andropovning dafn marosimi
    Foto: “TASS”

    1984-yil 9-fevralda Andropovning yuragi urishdan to‘xtaydi. Oradan bir soat o‘tar-o‘tmay Konstantin Chernenko siyosiy byuroning majlisiga boshchilik qiladi. Uning bosh kotib lavozimidagi faoliyati yanada qisqa bo‘ldi — Chernenko bir yilga ham bormay yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etadi.

    17.12.2023, 19:50   Izoh (0)   44359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fahsh orasida o‘tgan bolalik, puflayverib yorilgan lablar va konsert arafasidagi o‘lim — “Jazz qiroli” Lui Armstrongning taqdiri

    15.11.2023, 08:54

    “Unda qomat va ayyorlikdan boshqa ayollarga xos jihat yo‘q edi”. Imperatorlar hayotini bag‘ishlagan Kleopatra taqdiri

    18.11.2023, 10:27

    Fir’avnlar hurmat qilgan va Gitlerni hayratga solib kelgan ayol: malika Nefertitining hayoti va sirli o‘limi

    16.12.2023, 14:45

    Pentagon Yaman husiylariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — OAV

    17.12.2023, 19:20

    “SSSR parchalanganidan keyin G‘arb Rossiyani yo‘q qilmoqchi edi” — Putin

    17.12.2023, 18:55

    Kuvayt amiri vafotidan so‘ng mamlakatga yangi amir tayinlandi 

    17.12.2023, 18:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.