• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Garri Trumen — atom bombasiga ega fermerning o‘g‘li. Halokatli quroldan ilk bor foydalangan AQSH prezidenti taqdiri

    “Agar biz Germaniya yutayotganini ko‘rsak, Rossiyaga, agar Rossiya yutsa, Germaniyaga yordam berishimiz darkor, har qanaqa holatda ham Gitlerni g‘olib sifatida ko‘rishni istamasam-da, ular imkon boricha bir-birini ko‘proq qirishsin”.

    Mazkur so‘zlar The New York Times nashrining 1941-yil 24-iyun kungi sonida paydo bo‘ladi. Missuri shtatidan saylangan senator shu orqali Amerikaning urushdagi manfaatlari haqida fikr bildiradi.

    AQSHning 33-prezidenti Garri Trumen 
    Foto: Wikimedia Commons

    “Yovvoyi va vahshiylar”

    Oradan to‘rt yil o‘tgach, bu inson tarixda birinchi marta atom bombasini qo‘llash bo‘yicha buyruq beradi. “Bomba bolalar va ayollarga nisbatan emas, harbiy obyektlar, askar va dengizchilarga qarshi qo‘llanilsin. Yaponlar qanchalik yovvoyi va vahshiy bo‘lmasin, biz dunyo yetakchilari sifatida ushbu dahshatli bombani eski poytaxt (Kioto) yoki yangisiga (Tokio) tashlash olmaymiz… Ikkimiz ham bunga kelishdik. Faqat harbiy maqsad bor va yaponlarni hayotlarini saqlab qolish uchun taslim bo‘lishga chaqiramiz. Ular bunday qilmasliklariga ishonchim komil bo‘lsa-da, ularga bunday imkoniyatni beramiz”, — deb yozgandi u o‘z kundaligiga.

    Bu inson yolg‘on yozgandi. Hech kim Xirosima aholisini ogohlantirmaydi. Atom bombasining kuchi oqibatida 75 ming kishi halok bo‘ladi: ayollar, bolalar, qariyalar…

    Osonlik bilan bu kabi qirg‘in keltiruvchi rejalarni tasdiqlagan siyosatchi Garri Trumen edi. U sakkiz yil davomida Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimida faoliyat yuritdi.

    Jangga otlangan yigit

    Trumen 1884-yil 8-mayda Missuri shtatidagi Lamare shahrida, fermerlar oilasida dunyoga kelgan. Oila o‘rtacha hayot kechirar, yaxshi daromad maqsadida bir necha bor ko‘chishga majbur bo‘lgan edi. Garri esa to‘ng‘ich farzand sifatida yoshligidan fermerlarning mashaqqatli mehnati bilan shug‘ullana boshlaydi.

    Maktab yillari u deyarli hech kimning e’tiborida bo‘lmaydi. Qalin ko‘zoynak taqib yurgani sabab Garri do‘stlari bilan sport o‘ylarida faol qatnasha olmasdi, shu boisdan kitob o‘qish va fortepyano chalishni o‘rganish orqali vaqt o‘tkazadi.

    O‘qishdan keyin u kollejga kirishni istaydi, ammo puli yo‘qligi sabab bu fikrdan qaytishiga to‘g‘ri keladi. Garri harbiy karyera haqida orzusida Vest-Poynt akademiyasiga hujjat topshiradi, biroq ko‘rish qobiliyatidagi nuqson sabab tibbiy komissiya tekshiruvdan o‘ta olmaydi.

    Foto: Wikipedia

    Milliy gvardiya tizimida esa tibbiy tekshiruv u qadar qattiq bo‘lmagani bois Trumen artilleriyaga xizmatga chaqiriladi va olti yil davomida kapral unvonini olishga muvaffaq bo‘ladi.

    AQSH Birinchi jahon urushiga qo‘shilgach, Garriga leytenant unvoni beriladi. 1918-yil o‘rtalarida Trumen Amerika ekspeditsiya korpusi tarkibida Yevropaga yo‘l oladi. U artilleriya va piyodalar diviziyasi tarkibida janglarda qatnashadi. Uyiga sog‘-omon qaytgan kapitan Trumen xizmatdan ketib oila quradi va o‘zini bisnesda sinaydi. Ammo 1922-yilgi inqiroz uning iqtisodiy ahvolini yo‘qqa chiqaradi.

    Pendergast qanoti ostida

    1920-yillarda AQSHda Birinchi jahon urushi faxriylari siyosat borasida omadli karyera qila boshlaydi. Buning uchun tabiiy ta’sir doirasi kuchli insonlar qo‘llab-quvvatlovi talab etilardi. Demokratlar partiyasining Missuri shtatidagi apparati rahbari Tom Pendergast Trumen hayotida shu kabi insonga aylanadi.

     Avvaliga uning yordami bilan Garri Jekson okrugi sudyasi etib saylanadi, 1926-yilda esa sud raisi bo‘ladi. Sakkiz yildan keyin Pendergast qanoti ostidagi yirik katta ishlar uchun pishib yetilganini tushunib yetadi. Tomning sa’y-harakatlari bilan Garri Trumen AQSH Senati a’zoligiga saylanadi.

    Bu vaqtga kelib Pendergast korrupsiyada ayblana boshlaydi va oxir-oqibat u qamaladi. Lekin bu vaqtda Trumen mustaqil figuraga aylanib ulgurgandi.

    Stalin va Trumen
    Foto: AP Photo

    Ikkinchi jahon urushi yillarida Milliy mudofaa dasturi bo‘yicha Senat qo‘mitasi rahbari sifatida u mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilmayotganini fosh etgach, butun mamlakat bo‘yicha shuhrat qozonadi.

    Kutilmagan prezident

    1944-yilda prezident Franklin Ruzvelt davlat rahbarligi uchun o‘tkaziladigan saylovlarga to‘rtinchi bor nomzodini qo‘yadi. Konservatorlar prezidentdan liberal Genri Uolles o‘rniga vitse-prezident lavozimiga Trumen nomzodini ilgari surish roziligini oladi. Amerika xalqining Ruzveltga bo‘lgan hurmati natijasida Trumen AQSH vitse-prezidentiga aylanadi.

    Ammo ushbu lavozimda u muhim masalalar muhokamasiga yaqinlashtirilmaydi va Trumen Ruzveltni tanqid qilishni boshlaydi. Xususan, u 1945-yilda o‘tkazilgan Yalta konferensiyasini “Jo amakining” Stalinga haddan ortiq yon bosishi deya baholaydi.

    Foto: Getty Images

    1945-yil 12-aprel kuni Yevoporada urush tugashidan bir necha hafta oldin Franklin Delano Ruzvelt vafot etadi. Garri Trumen esa Qo‘shma Shtatlarning 33-prezidenti sifatida qasamyod qabul qiladi.

    “Barchasi mening bo‘ynimda!”

    Trumen o‘z kundaligiga chiroyli jumlalarni yozishni yaxshi ko‘rgan. Bunga misol: “Xoh u Rossiya, Germaniya, Ispaniya, Argentina yoki Yaponiya bo‘lsin mening totalitar davlatlarga ishonchim yo‘q. Ularning barchasi yolg‘onga asoslanadi va maqsad vositalarni, huquqlarni oqlaydi hamda hukumat kuchini saqlab qolish zarur degan munofiqlar formulasiga ishonadi. Bu formula insoniyatda uning umidlarini amalga oshirishda yordam berishiga ishonmayman”.

    Trumen prezident lavozimini egallamagunga qadar Amerikaning atom loyihasi bilan yaqindan tanish emasdi. Undan xabar topgach esa hayratga tushadi. Trumen o‘zining qo‘lida naqadar ulkan kuch borligini tushunib yetadi.

    Nagasakiga tashlangan “Baqaloq” nomli atom bombasi
    Foto: Trumen Library

    Xirosimaga amalga oshirilgan atom zarbasi to‘g‘risidagi hisobotni olganida u “Bu tarixdagi mislsiz voqea!”, deydi. Uch kundan keyin esa uning buyrug‘i bilan bomba Nagasaki shahrining kulini ko‘kka sovuradi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, atom loyihasi rahbari Robert Oppengeymer AQSHning harakatlari to‘g‘riligidan shubhalanib, o‘z fikrlari bilan bo‘lishish maqsadida Trumen bilan yuzma-yuz uchrashishni so‘raganida rahbar unga “Barchasi mening bo‘ynimda”, deya javobni qaytaradi.

    Xirosimaga tashlangan atom bombasi
    Foto: Wikipedia

    Trumen doktrinasi

    “Sovuq urush” ham Garri Trumen davrida, 1947-yil bahorida, uning Kongressdagi chiqishidan keyin boshlanadi. “Jodugarlar ovi” ham Trumenning siyosiy liniyasi sharofati bilan yuzaga kelgandi. Uning 1949-yilgi konsepsiyasi doirasida NATO bloki tashkil etiladi.

    Trumenning eng yaxshi xizmatlari sifatida “Marshal rejasi” qaraladi. U orqali AQSH Yevropaning urushdan keyin vayron bo‘lgan davlatlariga iqtisodiy yordam ko‘rsatishni boshlaydi. Koreya urushi esa Trumen obro‘siga putur yetkazadi — AQSH bu urushga Shimoliy Koreya kuchlarining Seulga hujumini to‘xtatish maqsadida aralashgan edi.

    AQSH va SSSR o‘rtasida mojaroni keltirib chiqarilgan urush Trumenning amerikaliklar orasidagi mashhurligiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi: boshqaruvining oxiriga borib uning reytingi XX asrdagi Amerika prezidentlari orasidagi tarixiy minimumga tushib ketadi. Urushga qarshi salbiy qarashlar harbiy harakatlarni to‘xtatishni va’da qilgan respublikachi nomzod general Duayt Eyzenxaurning g‘alabasini ta’minlaydi.

    Prezidentlik lavozimidan ketgach Trumen AQSH prezidentlaridan hech biri amalga oshirmagan ishga bel bog‘laydi — mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqadi. Sobiq prezident avtomobilni o‘zi boshqarib, yoniga rafiqasi Bessni o‘tqizgan holda yo‘lga otlanadi. Mashina Missuri shtatidan yo‘lga chiqib, Nyu-York tomonga otlanadi.

    Ular qo‘riqchilarsiz safarga yo‘l olgandi, har ehtimolga qarshi erkak yoniga revolver olgan. Er-xotin yo‘l-yo‘lakay motellar va do‘stlarinikida tunaydi. 1972-yil dekabrda Garri Trumen 88 yoshida vafot etadi.

    24.02.2024, 17:25   Izoh (0)   14884
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kastro klani himoyasi ostida”. O‘z hayotini sir saqlaydigan va komandante oilasiga sodiq prezident — Migel Dias-Kanelning hokimiyatga kelishi

    03.02.2024, 19:50

    “Qora qirolicha”ning 30 yillik motami va Nostradamus bashorati: Medichilar avlodining eng shafqatsiz vakili — Yekaterina taqdiri

    10.02.2024, 20:16

    O‘zidan oldingi prezidentni o‘ldirishni buyurgan Miloshevich — budjetdan milliardlab o‘margan Yugoslaviya yetakchisining taqdiri

    11.02.2024, 16:34

    AQSHdagi o‘zbekistonliklar Bayden ustidan sudga murojaat qildi

    24.02.2024, 17:11

    Parijda fermerlar Makron ishtirokidagi ko‘rgazmaga bostirib kirdi (foto)

    24.02.2024, 16:50

    Nyu-Dehli hindistonliklarni Rossiya Qurolli kuchlari safidan muddatidan oldin bo‘shatishni so‘radi

    24.02.2024, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CAEx HoReCa | O'zFPT ko'rgazmasi va ekspoforumida ishtirok etish uchun besh sabab 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Yangilangan HAVAL Jolion’ning Toshkentdagi taqdimoti: Zamonaviylik va qulaylikning yangi darajasi


    BYD O‘zbekistonda shahar elektromobilligi uchun yangi tanlov bo‘lmish e2 Luxe elektromobilini taqdim etdi


    Kontraktni to‘lashga mablag‘ yetmasa ham IT-universitetga kirishning yo‘li bor

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.