FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi Qashqadaryo viloyatida 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 11:29 da zilzila sodir bo‘lgan. Episentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. Zilzila koordinatalari: 38,78 gradus shimoliy kenglik; 64,94 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,6. Chuqurlik 8 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 457 kilometr janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball.
1-mart kuni Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatilgandi. Undan oldin esa Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida 22-yanvar va 30-yanvar kunlari sodir bo‘lgan zilzila kuchi ham O‘zbekistonda sezilgandi.
Izoh (0)