Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida 30-yanvar kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan 03:27 da Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,2 gradus shimoliy kenglik; 78,79 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=6,1. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 800 kilometr janubi-sharqda.
O'zbekiston hududia sezilish kuchi:
- Andijon viloyatida — 2 ball,
- Farg‘ona viloyatida — 2 ball,
- Namangan viloyatida — 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida 22-yanvar kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi ham O‘zbekistonda sezilgandi.
Izoh (0)