Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er-xotin is gazidan vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
3-mart kuni soat 06:30 larda tumanning Yangi bo‘ston ko‘chasidagi uyda yashovchi 68 yoshli erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertiza bo‘limining birlamchi ma’lumotnomasida ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish, miya va o‘pka shishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)