• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    2024-yilda nemis tiliga o‘qigan 1000 nafar yoshlar Germaniyaga kasbiy taʼlim olish va ishlash uchun yuborilishi ma’lum qilindi

    Mutasaddilarning maʼlum qilishicha, 2024-yilda 10 ming nafar yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, ularning 1000 nafarini joriy yilda Germaniya Federativ Respublikasiga kasbiy taʼlim olish va ishga yuborish rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yoshlarning chet tillarini va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishida “Kelajak kasblari” loyihasi orqali 17 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rgangan bo‘lsa, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi Ibrat Academy mobil ilovasi yordamida mavjud 22 ta tilni 468 ming nafar foydalanuvchilar o‘rganmoqda. Ularning 20 ming nafari aynan nemis tilini o‘rganyapti. 

    Bu boradagi ishlarni kengaytirish, ishsiz yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatish, til biladigan, kasb-hunarli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlangan davlatlarda yuqori maoshli ish bilan taʼminlash va kasbiy taʼlim olishga (Ausbildung) qaratilgan “Germaniyada kasbiy taʼlim” pilot loyihasi ishga tushirildi. Loyihani amalga oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Germaniyaning  GfM Gruppe, Papenburg, OPASCA, GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) va Speerus tashkilotlari rahbarlari bilan muzokaralar olib borilib, hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

    Dastlab Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri 1- va 2-sonli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumlari tajribasi asosida respublika bo‘yicha jami 33 ta tibbiyot texnikumida bepul nemis tili kurslari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tibbiyot texnikumlarida bugungi kunda 818 nafar hamshiralar bepul nemis tili kurslarida til o‘rganishmoqda. Ularning 64 nafari B1 darajada, 173 nafari A2 darajada, 581 nafari A1 darajada tilni o‘zlashtirgan. 

    Nemis tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz yoshlardan 65 nafari saralanib, 6 oylik nemis tili kurslari xarajatlari qoplab berildi. Ularning 13 nafari bugungi kunda Germaniyada kasbiy taʼlim (Ausbildung) olmoqda. Birgina Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, “Madaniyat” mahallasida yashovchi Shuhratov Ahrorbek Germaniyaning Papenburg kompaniyasida mexatronika yo‘nalishida kasbiy taʼlim (Ausbildung) olib, har oyda oilasiga 500 yevro yuborishni boshladi. A.Shuhratovga 6 oylik nemis tili o‘quv kursi uchun agentlik tomonidan 5,6 mln so‘m to‘lab berilgan.

    Shuningdek, bugungi kunda 20 nafar nemis tili darajasini belgilovchi sertifikatiga (B1, B2) ega yoshlarni Germaniyaning GfM Gruppe tashkilotiga kasbiy taʼlim (Ausbildung) olish hamda yuqori maoshli ishlar uchun hujjatlari yuborildi. Suhbat jarayonlari tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Andijon viloyati, Izboskan tumani “Urganji” mahallasida nemis tilini yoshlarga chuqur o‘rgatish maqsadida 20 nafar yoshlar ishtirokida nemis tili o‘quv kursi tashkil etildi. “Urganji” mahallasi namunasi asosida 9 444 ta mahallada yoshlar yetakchilari tomonidan xatlov jarayonida Germaniyada o‘qish va ishlash istagi bor yoshlar aniqlanib, ularga nemis tilini o‘rgatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

    Rivojlangan mamlakatlarda kasbiy taʼlim olish (Ausbildung) va ishlash istagidagi yoshlar uchun zarur maʼlumotlarni o‘zida jamlagan, loyiha ishtirok etish uchun onlayn ariza qoldirish imkonini beruvchi www.xorijdaish.uz sayti ishga tushirildi. Loyiha doirasida 2+6 dasturi ishlab chiqilib, yangicha yondashuv asosida tilni o‘rgatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda talabgorlar 2 oy o‘z hisoblaridan o‘qiydi, shundan so‘ng tilni o‘zlashtirish qobiliyatidan kelib chiqib saralangan yoshlarning keyingi 6 oylik kurs xarajatlarini qoplab berish uchun Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

    Nemis tilini o‘rgangan yoshlarga til darajasini belgilovchi sertifikat olish jarayonlarida qulaylik yaratish maqsadida joy ajratilib, pavilyon tashkil etiladi, B2 til darajasini qo‘lga kiritgan yoshlarning ham imtihon xarajatlari qoplab berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Germaniyada kasbiy taʼlim olish, yuqori maoshli ish bilan taʼminlash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida doimiy ravishda targ‘ibot ishlari olib boriladi. Shuningdek, Germaniyaga kasbiy taʼlim olish (Ausbildung) hamda ishlash uchun yuborilgan yoshlarning yashash sharoitlari, faoliyatini ko‘rsatib berish maqsadida teleko‘rsatuv, motivatsion rolik hamda hujjatli film tasvirga olinadi.

    Agentlik tashabbusi bilan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni kengaytirish orqali 2024-yilda 10 ming nafar yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, ularning 1000 nafarini joriy yilda Germaniya Federativ Respublikasiga kasbiy taʼlim olish va ishga yuborish rejalashtirilgan.

    05.02.2024, 19:32   Izoh (0)   21916
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Til o‘rganib, orzularingiz xaritasini yarata olasiz” — Germaniyadagi eng yirik kompaniyalardan biridagi o‘zbekistonlik dasturchi bilan suhbat

    02.08.2022, 18:31

    Jahonning top universitetlariga kirish mavzusiga bag‘ishlangan “Ibrat Camp” oromgohiga start berildi

    04.05.2023, 13:14

    O‘zbekiston maktablarining yuqori sinflarida ikkinchi xorijiy til o‘qitiladi

    05.02.2024, 09:20

    Qashqadaryoda MIB traktorini noqonuniy olib qo‘ygan fermerga 355 mln so‘m kompensatsiya undirib berilishi belgilandi

    05.02.2024, 19:10

    Chinoz tumaniga yangi hokim tayinlandi

    05.02.2024, 18:12

    Saudiya Arabistoniga ishga ketishdan avval o‘zbekistonliklar til kurslarida o‘qitiladi

    05.02.2024, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.