Saudiya Arabistoniga ishga yuboriladigan o‘zbekistonliklarga til kurslari tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Saudiya Arabistoni ish beruvchi korxona rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini tibbiyot, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Shuningdek, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ketishdan oldin Saudiya Arabistoni standartlari asosida xorijiy til va kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.
Izoh (0)