• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jahonning top universitetlariga kirish mavzusiga bag‘ishlangan “Ibrat Camp” oromgohiga start berildi

    2023-yilning 1-may kuni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilinayotgan, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishga qaratilgan navbatdagi “Ibrat Camp” start oldi. “Ibrat Camp”ning ushbu yangi mavsumi jahonning top universitetlariga kirish uchun kerakli maslahat, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. 

    6–20-aprel kunlarida oromgoh tashkiliy jamoasi 7 000 ga yaqin talabgorlardan arizalarni qabul qilib oldi. Ikkinchi bosqichga saralangan 600 nafar nomzod suhbatdan o‘tkazilib, 400 nafar ishtirokchi tanlab olindi.    

    Oromgoh ikki qismdan iborat bo‘lib, bir haftalik dastur davomida bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Yana bir haftalik mashg‘ulotlar magistratura bosqichiga kirish uchun zarur bilim va ma’lumotlar ulashadi. 

    Bu safargi “Ibrat Camp” trenerlari jamoasi Freshman Academy mutaxassislari, Yevropa va AQSHda tahsil olib qaytgan o‘zbekistonlik yoshlardan tarkib topgan. 

    Seminar va amaliy mashg‘ulotlardan tashqari taniqli ekspertlar bilan master klasslar, jamoani jipslashtiruvchi o‘yinlar, bahs-munozara va notiqlik bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

    Ma’lumot uchun: o‘zbekistonlik yoshlar orasida rivojlangan mamlakatlardagi universitetlar, xususan, jahonning QS va Times Higher Education (THE) kabi reyting bo‘yicha kuchli yuztalikka kiruvchi bilim yurtlariga hujjat topshirish va kirish hozircha ommalashmagan. Birgina Britaniyaning Oksford universiteti misolida, aksariyat aholisi yoshlardan tashkil topgan 36 millionlik O‘zbekistondan bor-yo‘g‘i 5 nafar talaba ushbu universitetida o‘qiydi.

    Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatimiz Bangladesh (52), Pokiston (71), Ruminiya (132), Nigeriya (102) va Misr (26) kabi mamlakatlardan ortda turibdi. Loyiha maqsadi shunday universitetlarga kirish orzusini targ‘ib qilish orqali rivojlangan mamlakatlarga borib, bilim va tajriba to‘plab kelish madaniyatini ommalashtirishdan iborat. 

    Eslatib o‘tamiz, arab, fors, hind, urdu va ingliz tillarini bilgan, ilk o‘zbek matbaachi ma’rifatparvarlaridan biri Is’hoqxon Ibrat hayot yo‘lidan ilhomlanib, 2021 yilning iyun oyidan boshlab o‘tkazilayotgan mazkur loyiha davomida 2 650 nafar yigit-qizlar qatnashdi. Oromgoh davomida paydo bo‘lgan g‘oya asosida 2022-yilda “Ibrat Farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi. Bugun “Ibrat Farzandlari” YouTube kanalini 250 mingta obunachi kuzatmoqda, 14 ta xorijiy til bo‘yicha tayyorlangan videodarslar 8 million martadan ko‘p marotaba ko‘rildi.

    04.05.2023, 13:14   Izoh (0)   4412
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senatorlar kasbiy xavf-xatardan himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiyani maʼqulladi

    04.05.2023, 13:03

    Timur Muhammadjonov “O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi

    04.05.2023, 13:00

    “Mahalla raislarini oqsoqol deyish mantiqan noto‘g‘ri” — Senat oqsoqol terminidan voz kechishni maʼqulladi

    04.05.2023, 12:41

    Yomg‘ir, do‘l, kuchli shamollar: “O‘zgidromet” noqulay ob-havodan ogohlantirdi

    04.05.2023, 12:38

    Farg‘onada voyaga yetmagan Nexia haydovchisi ikki bolani urib yubordi (video)

    04.05.2023, 12:26

    O‘zbekistonda asosiy stavka 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

    04.05.2023, 12:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.