Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak finalida Qatar 29-yanvar, dushanba kuni Falastinga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida Falastin futbolchisi Oday Dabbag ajoyib reyd bilan hujum qilib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxirida esa Hassan al Haydos muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa musobaqa mezbonlari penalti ishlab oldi. Akram Afif ushbu penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Qatar 2:1 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shu tariqa Qatar chorak finalda O‘zbekiston — Tailand juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Osiyo Kubogi
1/8 final bosqichi
29-yanvar, dushanba
Qatar — Falastin 2:1
Gollar: 0:1 – 37 Dabbag, 1:1 – 45 Al-Haydos, 2:1 – 49 Afif (penalti).
Qatar: Barsham, Ro-Ro, Lukas Mendes, Xuxi (Salmon, 46), Al-Ravi (Al-Janxi, 46), Abdulvahob, Gaber (Ali, 89), Fatahi, Afif, Al-Haydos (Hatem, 59), Ali.
Falastin: Hamadi, Saloh, Termanini, Saldanya, Mhagna, Kharoub (Bassim, 75), Al-Battat, Seyyam (Batran, 58), Dabbag, Kunbar (Qumbor, 83), Abu Varda.
Ogohlantirishlar: Seyyam (15), Saloh (48), Mhagna (85).
Izoh (0)