Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Iroq — Iordaniya uchrashuvi 29-yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim oxirida Iordaniya futbolchi Yazan al-Naymat hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Iroq hisobni tenglashtirdi. 68-daqiqada Saan Natiq o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 76-daqiqada Ayman Husseyn Iroqni hisobda oldinga olib chiqdi va gol nishonlayotganda o‘tirib, Iordaniya milliy taomini yeyayotgandek o‘zini ko‘rsatgani uchun hakam unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.
O‘yin oxiri esa dramatik ko‘rinish oldi. 90+5-daqiqada Yazan Alarab muvozanatni tikladi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, al-Rashdan Iordaniyaga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa Iordaniya 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Osiyo Kubogi
1/8 final bosqichi
29-yanvar, dushanba
Iroq — Iordaniya 2:3
Gollar: 0:1 – 45 al-Naymat, 1:1 – 68 Natik, 2:1 – 76 Husseyn, 2:2 – 90 Abu-Arab, 2:3 – 90 al-Rashdan.
Izoh (0)