Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Tojikiston — BAA uchrashuvi 28-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Tojikiston futbolchisi Vahad Hanonov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim ham deyarli teng kurashlar ostida kechdi. O‘yin oxiriga kelib esa BAA hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Xalifa al-Hammadi uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlarda ham davom etishini ta’minladi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.
Penaltilar seriyasida Tojikiston 5:3 hisobida zafar quchib, debyut musobaqasidayoq chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tojikiston keyingi bosqichda Iroq—Iordaniya juftligiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Kubogi
1/8 final bosqichi
28-yanvar, yakshanba
Tojikiston — BAA 1:1 (5:3)
Gollar: 1:0 – 30 Hanonov, 1:1 – 90 al-Hammadi.
Penaltilar seriyasi: 5:3
Tojikiston: Yatimov, Safarov, Hanonov, Jurabayev, Nazarov, Umarbayev (Davlatmir, 85), Panjshonbe, Shukurov, Jalilov (Hamrokulov, 72), Samiyev (Soirov, 72), Mabatshoyev (Muhammadjon, 85).
BAA: Essa, Hashemi (Idris, 46), al-Hammadi, Abdelaziz, Ramadan (Salmin, 16; Saleh, 61), Nader (Rashid, 73), al-Zaabi (Salmin, 90), Sultan (Ibragim, 61), Fabio Lima, Kayo, al-Gassani.
Ogohlantirishlar: al-Gassani (69), al-Zaabi (84), Hamrokulov (116).
Izoh (0)