Ijtimoiy tarmoqda bir erkak avtomobil yo‘lining o‘rtasiga stol qo‘yib, yegulik yeb o‘tirgani videosi tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Maʼlum qilinishicha, holat Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan. Viloyat IIB mazkur shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 138-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilganini taʼkidladi.
“2-yanvar kuni chorrahaga chiqib, videorolik ishladim va Instagram sahifamga qo‘ydim. Videorolik turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ming afsusdaman. Bu ish boshqa qaytarilmaydi”, — deydi huquqbuzar yigit.
Izoh (0)